I bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining vakolatlari jumlasiga kiruvchi



Download 306,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/38
Sana16.04.2022
Hajmi306,56 Kb.
#556743
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38
Bog'liq
310-II-сон 06.12.2001. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida

37-modda. Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining vakolatlari jumlasiga kiruvchi
masalalar yuzasidan jamiyatning yagona ishtirokchisi tomonidan qarorlar qabul qilinishi
Bir ishtirokchidan tarkib topgan jamiyatda jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi
vakolatlari jumlasiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar jamiyatning yagona ishtirokchisi
tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi va yozma ravishda rasmiylashtiriladi.
38-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlari
Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlari ushbu Qonunga muvofiq jamiyatning ustavi bilan
belgilanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jamiyatning ustavida jamiyatning kuzatuv kengashi vakolatlari jumlasiga jamiyatning ijro
etuvchi organlarini tuzish, ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, ichki audit xizmatini
tashkil etish va uning xodimlarini tayinlash, ushbu Qonunning
44-moddasida 
nazarda tutilgan
hollarda yirik bitimlar tuzish to‘g‘risidagi masalalarni hal qilish, jamiyat ishtirokchilarining umumiy
yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish, uni chaqirish va o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni hal qilish,
shuningdek ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal etish kiritilishi nazarda
tutilishi mumkin. Agar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish, uni
chaqirish va o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni hal qilish jamiyatning ustavi bilan jamiyat kuzatuv
kengashining vakolatlari jumlasiga kiritilgan bo‘lsa, jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat
ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini talab qilish huquqiga ega
bo‘ladi.
(38-modda ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 23-iyuldagi O‘RQ-104-sonli 
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 297-modda)
Jamiyatning kuzatuv kengashini tuzish va uning faoliyati tartibi, shuningdek jamiyat kuzatuv
kengashi a’zolarining vakolatlarini va jamiyat kuzatuv kengashi raisining vakolatini tugatish tartibi
jamiyatning ustavi bilan belgilanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining hamda kollegial ijro etuvchi
organining, uning sho‘ba va tobe xo‘jalik jamiyatlari boshqaruv organlarining a’zolari, jamiyat
tomonidan tashkil etilgan unitar korxonaning rahbari hamda ayni shu sho‘ba, tobe xo‘jalik
jamiyatlarida va unitar korxonada mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlayotgan shaxslar
jamiyat kuzatuv kengashining a’zosi bo‘lishi mumkin emas.


(38-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan jamiyat kuzatuv kengashining
a’zolariga haq to‘lanishi va (yoki) ularning o‘z majburiyatlarini bajarishlari bilan bog‘liq xarajatlari
qoplanishi mumkin. Haqlar va tovonlarning miqdorlari jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining
qarori bilan belgilanadi.
Jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi
organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs va jamiyatning kollegial ijro etuvchi organining
jamiyatning ishtirokchilari bo‘lmagan a’zolari jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida
maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishlari mumkin.
Jamiyat kuzatuv kengashi a’zosining ovoz berish huquqini o‘zga shaxslarga, shu jumladan
kuzatuv kengashining boshqa a’zolariga o‘tkazishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Download 306,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish