I bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Jamiyatning foydasini jamiyat ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash



Download 306,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/38
Sana16.04.2022
Hajmi306,56 Kb.
#556743
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38
Bog'liq
310-II-сон 06.12.2001. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida

25-modda. Jamiyatning foydasini jamiyat ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash
Jamiyat yilning har choragida, yarim yilda bir marta yoki bir yilda bir marta o‘zining sof
foydasini jamiyat ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
Jamiyatning jamiyat ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanadigan foydasi qismini aniqlash to‘g‘risidagi
qaror jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jamiyat foydasining uning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash uchun mo‘ljallangan qismi
(dividendlar) ularning jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda
taqsimlanadi.
(25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Dividendlarni to‘lash muddati va tartibi jamiyatning ustavida yoki ishtirokchilarning umumiy
yig‘ilishi qarorida belgilanadi. Bunda dividendlarni to‘lash muddati jamiyat ishtirokchilari o‘rtasida
foydani taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran oltmish kundan oshmasligi
kerak.
(25-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli 
Qonuniga 
asosan
uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-
son)
26-modda. Jamiyatning foydasini jamiyat ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlashdagi
cheklashlar. Jamiyatning foydasini jamiyat ishtirokchilariga to‘lashdagi cheklashlar
Jamiyat quyidagi hollarda o‘z foydasini jamiyat ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risida
qaror qabul qilishga haqli emas:
jamiyatning butun ustav fondi (ustav kapitali) to‘liq to‘langunga qadar;
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda jamiyat ishtirokchisi ulushining (ulushi bir
qismining) haqiqiy qiymati to‘langunga qadar;


agar bunday qarorni qabul qilish paytida jamiyat qonunga muvofiq bankrotlik belgilariga
javob bersa yoki agar mazkur belgilar jamiyatda shunday qaror qabul qilinishi natijasida paydo
bo‘lsa;
agar shunday qarorni qabul qilish paytida jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav
fondidan (ustav kapitalidan) va zaxira fondidan kam bo‘lsa yoki shunday qaror qabul qilinishi
natijasida ularning miqdoridan kamroq bo‘lib qolsa;
Oldingi
 tahrirga qarang.
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
(26-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisida O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Jamiyat o‘z ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan quyidagi
hollarda jamiyat ishtirokchilariga foydani to‘lashga haqli emas:
agar to‘lash paytida jamiyat qonunga muvofiq bankrotlik belgilariga javob bersa yoki agar
mazkur belgilar jamiyatda to‘lov natijasida paydo bo‘lsa;
agar to‘lash paytida jamiyatning sof aktivlari qiymati uning ustav fondidan (ustav kapitalidan)
va zaxira fondidan kam bo‘lsa yoki to‘lash natijasida ularning miqdoridan kamroq bo‘lib qolsa;
Oldingi
 tahrirga qarang.
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
(26-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu moddaning 
ikkinchi qismida
ko‘rsatilgan holatlar tugaganidan keyin jamiyat o‘z
ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan foydani to‘lashi shart.

Download 306,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish