I bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish



Download 306,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/38
Sana16.04.2022
Hajmi306,56 Kb.
#556743
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38
Bog'liq
310-II-сон 06.12.2001. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida

19-modda. Jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jamiyat o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirishga haqli, ushbu Qonunda nazarda
tutilgan hollarda esa, jamiyat o‘z ishtirokchilarining jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi)
ulushlarining nominal qiymatini kamaytirish va (yoki) jamiyatga tegishli ulushlarning haqini to‘lash
orqali o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirishi shart.
Jamiyatning barcha ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatini kamaytirish yo‘li bilan
jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish jamiyatning barcha ishtirokchilari ulushlari
miqdorlari saqlab qolingan holda amalga oshirilishi kerak.
Jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir yil ichida uning ustav fondi (ustav
kapitali) to‘liq to‘lanmagan taqdirda, jamiyat o‘zining ustav fondini (ustav kapitalini) amalda
to‘langan miqdorgacha kamaytirishini e’lon qilishi va uning kamaytirilganligini belgilangan tartibda
ro‘yxatdan o‘tkazishi yoki jamiyatni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak.
Agar ikkinchi va har bir keyingi moliya yili tugaganidan keyin jamiyat sof aktivlarining qiymati
uning ustav fondidan (ustav kapitalidan) kam bo‘lib qolsa, jamiyat o‘z ustav fondi (ustav kapitali)
o‘zining sof aktivlari qiymatidan oshmaydigan miqdorgacha kamaytirilishini e’lon qilishi va bunday
kamaytirishni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi shart.
(19-moddaning birinchi — oltinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-
531-sonli 
Qonuniga 
asosan birinchi — to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jamiyat sof aktivlarining qiymati qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
(19-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Jamiyat o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan
sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) kamaytirilgani va uning
yangi miqdori haqida jamiyatning o‘ziga ma’lum bo‘lgan barcha kreditorlarini yozma ravishda
xabardor qilishi, shuningdek qabul qilingan qaror to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida xabar
e’lon qilishi shart. Bunda jamiyat kreditorlari o‘zlariga xabarnoma yo‘llangan sanadan e’tiboran o‘ttiz
kun ichida yoki qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabar e’lon qilingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun
ichida jamiyat tegishli majburiyatlarini muddatidan ilgari tugatishini yoki ijro etishini hamda o‘zlari
ko‘rgan zararning o‘rnini qoplashini yozma ravishda talab qilishga haqlidirlar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish bilan bog‘liq ta’sis hujjatlaridagi
o‘zgartishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kreditorlar ushbu moddada belgilangan tartibda
xabardor qilinganligi dalillari taqdim etilgan taqdirdagina qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(19-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda jamiyat o‘z ustav fondini (ustav kapitalini)
kamaytirish yoki o‘zining tugatilishi to‘g‘risida uch oylik muddatda qaror qabul qilmasa, kreditorlar
jamiyat majburiyatlarini muddatidan ilgari tugatishini yoki ijro etishini va o‘zlari ko‘rgan zararning
o‘rnini qoplashini talab qilishga haqlidir. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ
bunday hollarda jamiyatni tugatish to‘g‘risida sudga talabnoma taqdim etishga haqlidir.



Download 306,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish