Jamiyat ishtirokchisining arizasida va uchinchi shaxsning arizasida hissani qo‘shish tartibi,
miqdori, usullari va muddati, shuningdek jamiyat ishtirokchisi yoki
uchinchi shaxs jamiyatning
ustav fondida (ustav kapitalida) ega bo‘lishni xohlagan ulush miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Arizada hissalarni qo‘shish va jamiyatga a’zo bo‘lib kirishning boshqa shartlari ham ko‘rsatilishi
mumkin.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish to‘g‘risidagi qaror bilan bir vaqtda
uning ta’sis hujjatlariga jamiyat barcha yoki ayrim ishtirokchilarining (ayrim ishtirokchisining)
qo‘shimcha hissalarini qo‘shish hisobiga va (yoki) jamiyatga uchinchi shaxsning (uchinchi
shaxslarning) qabul qilinishi, jamiyat ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymati tegishlicha
ko‘paytirilishi va (yoki) uchinchi shaxs (uchinchi shaxslar) ulushining nominal qiymati va miqdori
aniqlanishi munosabati bilan o‘zgartishlar, zarur hollarda, shuningdek jamiyat ishtirokchilari
ulushining miqdorlari o‘zgarishi bilan bog‘liq o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida
qaror qabul qilinishi
kerak. Bunda jamiyat ishtirokchisi ulushining nominal qiymati uning qo‘shimcha hissasi
qiymatidan ko‘proq summaga ko‘paytirilishi mumkin emas, jamiyatga qabul qilinadigan har bir
uchinchi shaxs tomonidan olinadigan ulushning nominal qiymati uning hissasi qiymatidan ortiq
bo‘lishi mumkin emas.
Qo‘shimcha hissalarni qo‘shishning muddati tugagan kundan e’tiboran bir oydan
kechiktirmay jamiyat ishtirokchilarining qo‘shimcha hissalarini va (yoki) uchinchi shaxslarning
hissalarini qo‘shish
yakunlarini tasdiqlash haqida, shuningdek jamiyat ustav fondi (ustav kapitali)
miqdorini ko‘paytirish, qo‘shimcha hissalar qo‘shgan jamiyat ishtirokchilari ulushlarining nominal
qiymatini ko‘paytirish va (yoki) uchinchi shaxs (uchinchi shaxslar) ulushining nominal qiymati va
miqdorlarini aniqlash, zarur hollarda jamiyat ishtirokchilari ulushlarining miqdorlari o‘zgarishi bilan
bog‘liq o‘zgartishlarni jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritish to‘g‘risida jamiyat ishtirokchilarining
umumiy yig‘ilishi tomonidan qaror qabul qilinishi kerak.
Ushbu moddaning
birinchi qismida
nazarda tutilgan hollarda, agar hissalar qo‘shishning
jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan belgilangan muddati o‘tganidan keyin,
belgilangan qo‘shimcha hissa bir yoki bir necha ishtirokchi tomonidan to‘liq yoki qisman qo‘shilgan
bo‘lmasa, umumiy yig‘ilishi:
qo‘shimcha hissalar umumiy qiymatining dastlabki belgilangan
miqdorini jamiyat
ishtirokchilarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushini tegishlicha o‘zgartirib, amalda
qo‘shilgan hissasi miqdoriga qadar ular amalda qo‘shgan qo‘shimcha hissalarni hisobga olgan
holda kamaytirish to‘g‘risida;
qo‘shimcha hissalar umumiy qiymatining dastlabki belgilangan miqdorini jamiyat
ishtirokchilarining jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish to‘g‘risidagi oldingi yig‘ilishi
qarori bilan belgilangan ulushlarini saqlab qolish imkoniyatini beradigan miqdorgacha kamaytirish
to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir. Bu holda jamiyat o‘n kunlik muddat ichida oldingi yig‘ilish
qarori bilan belgilangan ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) jamiyat ishtirokchilarining ulushlari
oshib ketishiga olib kelgan o‘sha qo‘shgan pul hissalarini jamiyat ishtirokchilariga qaytarishi shart.
Ushbu moddaning
beshinchi qismida
nazarda tutilgan jamiyat ta’sis
hujjatlaridagi
o‘zgartishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlar, shuningdek jamiyat ishtirokchilari
tomonidan qo‘shimcha hissalar va uchinchi shaxslar tomonidan hissalar to‘liq miqdorda
qo‘shilganligini tasdiqlovchi hujjatlar yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga ta’sis
hujjatlariga o‘zgartishlar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida tasdiqlangan kundan
e’tiboran bir oydan kechiktirmay taqdim etilmog‘i lozim. Ta’sis hujjatlaridagi mazkur o‘zgartishlar
jamiyat ishtirokchilari va uchinchi shaxslar uchun o‘zgartishlar yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazuvchi organ tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu moddaning
beshinchi
va
yettinchi
qismlarida nazarda tutilgan muddatlarga rioya
etilmagan taqdirda yoxud ushbu moddaning
birinchi qismida
nazarda tutilgan qo‘shimcha
hissalar
barcha ishtirokchilar tomonidan to‘liq qo‘shilmagan
yoxud ushbu moddaning
oltinchi qismida
nazarda tutilgan qo‘shimcha hissalar umumiy qiymatining dastlabki belgilangan miqdorini
kamaytirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinmagan taqdirda, jamiyat ustav fondining (ustav
kapitalining) ko‘paytirilishi amalga oshmagan deb e’tirof etiladi. Bu holda jamiyat o‘n kunlik
muddat ichida jamiyat ishtirokchilariga ular tomonidan kiritilgan qo‘shimcha pul hissalarini
qaytarishi shart.
Oldingi
tahrirga qarang.
Pul hissalari ushbu modda oltinchi qismining
uchinchi xatboshisida
, shuningdek
sakkizinchi
qismida
ko‘rsatilgan muddatda o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda,
jamiyat qonunchilikda
belgilangan tartibda va muddatlarda foizlar to‘lashi shart.
(18-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Pulsiz hissalar qo‘shgan jamiyat ishtirokchilariga jamiyat ushbu modda oltinchi qismining
uchinchi xatboshisida
, shuningdek
sakkizinchi qismida
ko‘rsatilgan hollarda uch oylik muddatda
ularning hissalarini qo‘shilgan shaklida yoki ularning roziligi bilan pul shaklida qaytarishi, hissalar
ko‘rsatilgan muddatda qaytarilmagan taqdirda esa, hissa sifatida kiritilgan mol-mulkdan foydalana
olmaganligi oqibatida boy berilgan foydani ham qoplashi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: