I bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) ko‘paytirilishi



Download 306,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/38
Sana16.04.2022
Hajmi306,56 Kb.
#556743
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38
Bog'liq
310-II-сон 06.12.2001. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida

16-modda. Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) ko‘paytirilishi
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirishga u to‘liq to‘langanidan keyingina yo‘l
qo‘yiladi.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish jamiyat ishtirokchilari umumiy
yig‘ilishining jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlari sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat
ko‘pchilik ovozi bilan (agar jamiyatning ustavida bunday qarorni qabul qilish uchun ovozlarning
bundan ko‘proq soni zarurligi nazarda tutilgan bo‘lmasa) qabul qilingan qaroriga binoan amalga
oshiriladi.
Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) ko‘paytirilishi jamiyatning mol-mulki hisobiga va
(yoki) jamiyat ishtirokchilarining qo‘shimcha hissalari hisobiga va (yoki), agar bu jamiyatning ustavi
bilan taqiqlangan bo‘lmasa, jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari hisobiga
amalga oshirilishi mumkin.
17-modda. Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) uning mol-mulki hisobiga
ko‘paytirish
Jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) jamiyatning mol-mulki hisobiga ko‘paytirish
to‘g‘risidagi qaror bunday qaror qabul qilingan yildan oldingi yil uchun jamiyatning buxgalteriya
hisoboti ma’lumotlari asosidagina qabul qilinishi mumkin.
Jamiyat ustav fondi (ustav kapitali) jamiyatning mol-mulki hisobiga ko‘paytiriladigan summa
jamiyat sof aktivlarining qiymati bilan ustav fondi (ustav kapitali) hamda zaxira fondi summasi
o‘rtasidagi farqdan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) ushbu moddaga muvofiq ko‘paytirilganda jamiyat
barcha ishtirokchilari ulushlarining miqdorlari o‘zgarmagan holda ular ulushlarining nominal
qiymati mutanosib ravishda ko‘payadi.
18-modda. Jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) uning ishtirokchilarining qo‘shimcha
hissalari va jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari hisobiga ko‘paytirish
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyat barcha ishtirokchilari tomonidan
qo‘shimcha hissalar qo‘shish hisobiga jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish
to‘g‘risidagi qarorida qo‘shimcha hissalarning muayyan umumiy qiymati, jamiyat har bir
ishtirokchisining qo‘shimcha hissasi qiymatining miqdori, ishtirokchilar tomonidan qo‘shimcha
hissalarni to‘liq qo‘shish muddati belgilanishi kerak.
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi jamiyat ishtirokchisining qo‘shimcha hissa
qo‘shish to‘g‘risidagi arizasi (jamiyat ishtirokchilarining arizalari) va (yoki), agar bu jamiyatning ta’sis
hujjatlarida taqiqlangan bo‘lmasa, uchinchi shaxsning (uchinchi shaxslarning) uni (ularni) jamiyatga
qabul qilish va hissa qo‘shish to‘g‘risidagi arizasi (arizalari) asosida jamiyatning ustav fondini (ustav
kapitalini) ko‘paytirish to‘g‘risida bir ovozdan qaror qabul qilishi mumkin.


Jamiyat ishtirokchisining arizasida va uchinchi shaxsning arizasida hissani qo‘shish tartibi,
miqdori, usullari va muddati, shuningdek jamiyat ishtirokchisi yoki uchinchi shaxs jamiyatning
ustav fondida (ustav kapitalida) ega bo‘lishni xohlagan ulush miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Arizada hissalarni qo‘shish va jamiyatga a’zo bo‘lib kirishning boshqa shartlari ham ko‘rsatilishi
mumkin.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish to‘g‘risidagi qaror bilan bir vaqtda
uning ta’sis hujjatlariga jamiyat barcha yoki ayrim ishtirokchilarining (ayrim ishtirokchisining)
qo‘shimcha hissalarini qo‘shish hisobiga va (yoki) jamiyatga uchinchi shaxsning (uchinchi
shaxslarning) qabul qilinishi, jamiyat ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymati tegishlicha
ko‘paytirilishi va (yoki) uchinchi shaxs (uchinchi shaxslar) ulushining nominal qiymati va miqdori
aniqlanishi munosabati bilan o‘zgartishlar, zarur hollarda, shuningdek jamiyat ishtirokchilari
ulushining miqdorlari o‘zgarishi bilan bog‘liq o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi
kerak. Bunda jamiyat ishtirokchisi ulushining nominal qiymati uning qo‘shimcha hissasi
qiymatidan ko‘proq summaga ko‘paytirilishi mumkin emas, jamiyatga qabul qilinadigan har bir
uchinchi shaxs tomonidan olinadigan ulushning nominal qiymati uning hissasi qiymatidan ortiq
bo‘lishi mumkin emas.
Qo‘shimcha hissalarni qo‘shishning muddati tugagan kundan e’tiboran bir oydan
kechiktirmay jamiyat ishtirokchilarining qo‘shimcha hissalarini va (yoki) uchinchi shaxslarning
hissalarini qo‘shish yakunlarini tasdiqlash haqida, shuningdek jamiyat ustav fondi (ustav kapitali)
miqdorini ko‘paytirish, qo‘shimcha hissalar qo‘shgan jamiyat ishtirokchilari ulushlarining nominal
qiymatini ko‘paytirish va (yoki) uchinchi shaxs (uchinchi shaxslar) ulushining nominal qiymati va
miqdorlarini aniqlash, zarur hollarda jamiyat ishtirokchilari ulushlarining miqdorlari o‘zgarishi bilan
bog‘liq o‘zgartishlarni jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritish to‘g‘risida jamiyat ishtirokchilarining
umumiy yig‘ilishi tomonidan qaror qabul qilinishi kerak.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
nazarda tutilgan hollarda, agar hissalar qo‘shishning
jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan belgilangan muddati o‘tganidan keyin,
belgilangan qo‘shimcha hissa bir yoki bir necha ishtirokchi tomonidan to‘liq yoki qisman qo‘shilgan
bo‘lmasa, umumiy yig‘ilishi:
qo‘shimcha hissalar umumiy qiymatining dastlabki belgilangan miqdorini jamiyat
ishtirokchilarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushini tegishlicha o‘zgartirib, amalda
qo‘shilgan hissasi miqdoriga qadar ular amalda qo‘shgan qo‘shimcha hissalarni hisobga olgan
holda kamaytirish to‘g‘risida;
qo‘shimcha hissalar umumiy qiymatining dastlabki belgilangan miqdorini jamiyat
ishtirokchilarining jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish to‘g‘risidagi oldingi yig‘ilishi
qarori bilan belgilangan ulushlarini saqlab qolish imkoniyatini beradigan miqdorgacha kamaytirish
to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir. Bu holda jamiyat o‘n kunlik muddat ichida oldingi yig‘ilish
qarori bilan belgilangan ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) jamiyat ishtirokchilarining ulushlari
oshib ketishiga olib kelgan o‘sha qo‘shgan pul hissalarini jamiyat ishtirokchilariga qaytarishi shart.
Ushbu moddaning 
beshinchi qismida 
nazarda tutilgan jamiyat ta’sis hujjatlaridagi
o‘zgartishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlar, shuningdek jamiyat ishtirokchilari
tomonidan qo‘shimcha hissalar va uchinchi shaxslar tomonidan hissalar to‘liq miqdorda
qo‘shilganligini tasdiqlovchi hujjatlar yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga ta’sis
hujjatlariga o‘zgartishlar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida tasdiqlangan kundan
e’tiboran bir oydan kechiktirmay taqdim etilmog‘i lozim. Ta’sis hujjatlaridagi mazkur o‘zgartishlar
jamiyat ishtirokchilari va uchinchi shaxslar uchun o‘zgartishlar yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazuvchi organ tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu moddaning 
beshinchi 
va 
yettinchi 
qismlarida nazarda tutilgan muddatlarga rioya
etilmagan taqdirda yoxud ushbu moddaning 
birinchi qismida
nazarda tutilgan qo‘shimcha hissalar
barcha ishtirokchilar tomonidan to‘liq qo‘shilmagan yoxud ushbu moddaning 
oltinchi qismida
nazarda tutilgan qo‘shimcha hissalar umumiy qiymatining dastlabki belgilangan miqdorini
kamaytirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinmagan taqdirda, jamiyat ustav fondining (ustav
kapitalining) ko‘paytirilishi amalga oshmagan deb e’tirof etiladi. Bu holda jamiyat o‘n kunlik
muddat ichida jamiyat ishtirokchilariga ular tomonidan kiritilgan qo‘shimcha pul hissalarini
qaytarishi shart.
Oldingi
 tahrirga qarang.


Pul hissalari ushbu modda oltinchi qismining
 uchinchi xatboshisida
, shuningdek 
sakkizinchi
qismida 
ko‘rsatilgan muddatda o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda, jamiyat qonunchilikda
belgilangan tartibda va muddatlarda foizlar to‘lashi shart.
(18-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Pulsiz hissalar qo‘shgan jamiyat ishtirokchilariga jamiyat ushbu modda oltinchi qismining
uchinchi xatboshisida
, shuningdek 
sakkizinchi qismida 
ko‘rsatilgan hollarda uch oylik muddatda
ularning hissalarini qo‘shilgan shaklida yoki ularning roziligi bilan pul shaklida qaytarishi, hissalar
ko‘rsatilgan muddatda qaytarilmagan taqdirda esa, hissa sifatida kiritilgan mol-mulkdan foydalana
olmaganligi oqibatida boy berilgan foydani ham qoplashi shart.

Download 306,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish