I bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Jamiyat ishtirokchisining jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi)



Download 306,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/38
Sana16.04.2022
Hajmi306,56 Kb.
#556743
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38
Bog'liq
310-II-сон 06.12.2001. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida

20-modda. Jamiyat ishtirokchisining jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi)
ulushining (ulushi bir qismining) jamiyatning boshqa ishtirokchilariga va uchinchi shaxslarga
o‘tishi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jamiyat ishtirokchisi jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o‘z ulushini yoki uning
bir qismini jamiyatning bir yoxud bir necha ishtirokchisiga sotishga yoki boshqacha tarzda ularning
foydasiga voz kechishga haqli. Bunday bitimni tuzish uchun, agar jamiyat ustavida boshqacha
qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, jamiyatning yoki jamiyat boshqa ishtirokchilarining roziligi talab
qilinmaydi.
Jamiyat ishtirokchisi, agar jamiyatning ustavida taqiqlangan bo‘lmasa, o‘z ulushini (ulushining
bir qismini) uchinchi shaxslarga sotishi yoki boshqacha tarzda ularning foydasiga voz kechishi
mumkin.
Jamiyat ishtirokchisining ulushi to‘liq to‘languniga qadar bo‘lgan davrda u faqat to‘langan
qismi bo‘yicha boshqa shaxsga o‘tkazilishi mumkin.
Jamiyat ishtirokchilaridan birortasi tomonidan sotilayotgan ulushni (ulushning bir qismini)
sotib olishda jamiyat ishtirokchilari uchinchi shaxslar oldida imtiyozli huquqdan foydalanadi.
Bunday huquqdan jamiyatning har bir ishtirokchisi foydalanishi mumkin. Agar jamiyatning
ustavida yoki jamiyat ishtirokchilarining kelishuvida imtiyozli huquqni amalga oshirish uchun
ulushni sotib olishning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan bo‘lsa, jamiyat ishtirokchilari
tomonidan ulushni (ulushning bir qismini) sotib olish ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o‘z
ulushlari miqdorlariga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
Agar jamiyatning boshqa ishtirokchilari jamiyatning ishtirokchisi tomonidan sotilayotgan
ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishda o‘zining imtiyozli huquqidan foydalanmagan bo‘lsa,
jamiyat mazkur ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ladi.
O‘z ulushini (ulushining bir qismini) uchinchi shaxsga sotish niyatida bo‘lgan jamiyat
ishtirokchisi ulushning (ulushning bir qismining) sotilish bahosini va boshqa shartlarni ko‘rsatgan
holda, bu haqda jamiyatning qolgan ishtirokchilarini va jamiyatning o‘zini yozma shaklda xabardor
qilishi shart. Jamiyatning ustavida xabarnoma jamiyat ishtirokchilariga jamiyat orqali yuborilishi
nazarda tutilishi mumkin. Ulushni (ulushning bir qismini) imtiyozli sotib olish huquqini amalga
oshirish istagida bo‘lgan jamiyat ishtirokchisi o‘z ulushini (ulushning bir qismini) sotishni taklif
etayotgan jamiyat ishtirokchisini yetti kunlik muddatda bu haqda xabardor qilishi, bunda sotishga
taklif etilayotgan ulushni to‘liq yoki uning muayyan qismini sotib olmoqchi ekanligini ko‘rsatishi
kerak. Agar kelib tushgan takliflarning umumiy miqdori sotilayotgan ulushning miqdoridan
oshmasa, ishtirokchilardan har biri ulushning o‘z xabarnomasida ko‘rsatgan qismini sotib oladi.
Agar ulushning qolgan qismi uchinchi shaxs ixtiyoriga o‘tkazilguniga qadar jamiyat
ishtirokchilaridan qo‘shimcha takliflar kelib tushmasa, bunday qism uchinchi shaxsga o‘tkazilishi
mumkin. Agar kelib tushgan takliflarning umumiy miqdori sotilayotgan ulush (ulushning bir qismi)
miqdoridan oshsa, ishtirokchilar, agar jamiyatning ustavida yoki jamiyat ishtirokchilarining
kelishuvida boshqacha taqsimlash nazarda tutilmagan bo‘lsa, ustav fondidagi (ustav kapitalidagi)
o‘z ulushlari miqdorlariga mutanosib ravishda sotib oladi.
Jamiyat ishtirokchilari va (yoki) jamiyat sotish uchun taklif qilinayotgan butun ulushni
(ulushning bir qismini) sotib olishda imtiyozli huquqdan shunday xabar berilgan kundan e’tiboran
bir oy ichida foydalanmagan taqdirda, agar jamiyat ustavida yoki jamiyat ishtirokchilarining
kelishuvida boshqa muddat nazarda tutilmagan bo‘lsa, ulush (ulushning bir qismi) jamiyatga va
uning ishtirokchilariga ma’lum bo‘lgan bahoda va shartlarda uchinchi shaxsga sotilishi mumkin.
Ulushni (ulushning bir qismini) jamiyat ishtirokchilari ulushlarining miqdorlariga
nomutanosib ravishda sotib olishning imtiyozli huquqini amalga oshirish tartibini belgilovchi
qoidalar jamiyat ustavida uni ta’sis etish chog‘ida nazarda tutilishi, jamiyatning barcha
ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan umumiy yig‘ilish qaroriga binoan jamiyatning
ustaviga kiritilishi, o‘zgartirilishi va jamiyatning ustavidan chiqarib tashlanishi mumkin.
Ulush (ulushning bir qismi) sotib olishning imtiyozli huquqi buzilgan holda sotilgan taqdirda,
jamiyatning istalgan ishtirokchisi va (yoki) jamiyat, agar jamiyatning ustavida ulushni (ulushning bir
qismini) sotib olishda jamiyat imtiyozli huquqqa ega ekanligi nazarda tutilgan bo‘lsa, bunday
buzilishni bilgan yoxud uni bilishi lozim bo‘lgan paytdan e’tiboran uch oy ichida sotuvchining


huquqlari va majburiyatlarini o‘ziga o‘tkazishni sud tartibida talab qilishga haqli. Mazkur imtiyozli
huquqdan boshqaning foydasiga voz kechishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Jamiyatning ustavida jamiyat ishtirokchisining ulushini (ulushining bir qismini) sotishdan
boshqacha tarzda uchinchi shaxslar foydasiga voz kechish uchun jamiyatning yoki jamiyat
ishtirokchilarining roziligini olish zarurligi nazarda tutilishi mumkin.
Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning bir qismidan) boshqa
shaxsning foydasiga voz kechish, agar uni notarial shaklda amalga oshirish to‘g‘risidagi talab
jamiyatning ustavida nazarda tutilmagan bo‘lsa, oddiy yozma shaklda amalga oshirilishi kerak.
Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning bir qismidan) o‘zganing
foydasiga voz kechishga doir bitimning ushbu moddada yoki jamiyatning ustavida belgilangan
shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy emas deb topilishiga olib keladi.
Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning bir qismidan) boshqa
shaxsning foydasiga voz kechilganligi haqida jamiyat bunday voz kechishning dalillari taqdim
etilgan holda yozma ravishda xabardor qilinishi kerak. Jamiyatning ustav fondidagi (ustav
kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) oluvchi mazkur voz kechish to‘g‘risida jamiyat yozma
ravishda xabardor qilingan paytdan e’tiboran jamiyat ishtirokchisining huquqlarini amalga oshiradi
va uning majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi.
Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) oluvchiga
jamiyat ishtirokchisining mazkur ulushdan (ulushning bir qismidan) boshqa shaxsning foydasiga
voz kechguniga qadar yuzaga kelgan barcha huquqlari va majburiyatlari o‘tadi.
Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlar jismoniy shaxslarning
merosxo‘rlariga va jamiyatning ishtirokchilari bo‘lgan yuridik shaxslarning huquqiy vorislariga o‘tadi.

Download 306,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish