Fan: Matematika
Mavzu: Sonning ulushini so‘zlar yoki sonlar yordamida tasvirlash 1-6-mm.
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga sonning ulushini so‘zlar yoki sonlar yordamida tasvirlashni o’rgatish;
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni ona vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni erkin fikrlarini rivojlantirish
Tayanch va fanga oid kompetenshiyalar:
Tayanch kompetensiya: o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini (maqsadini) topa olish, ifodalay olish va qismlarga ajrata olish;
Fanga oid kompetensiya: kundalik hayotda uchraydigan koordinatalar sistemalarini real obyektlar (masalan teatrdagi tomoshabin, samolyotdagi yo‘lovchi, shaxmat figurasi) joylashuvini aniqlashda qo‘llay oladi;
Dars turi: Yangi bilim berish
Dars usuli: Yakka tarribda ishlash
Dars jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, tarqatmalar, test savollari, 2-sinf matematika darsligi
Darsda vaqt taqsimoti:
T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
2 daqiqa
|
2
|
Uy ishini tekshirish
|
4 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni tashkil etishga o’tish
|
2 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni yoritish
|
14 daqiqa
|
5
|
Yangi bilimlarni tekshirish va mavzuni
|
10 daqiqa
|
6
|
O’rtog’ingni tekshir bellashuvi
|
10 daqiqa
|
7
|
Darsni yakunlash va o’quvchilarni baholash
|
2 daqiqa
|
8
|
Uyga vazifa
|
1 daqiqa
|
9
|
Jami
|
45 daqiqa
|
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
- O’quvchilar bilan salomlashish;
- Xonani va o’quvchilarni darsga tayyorliklarini tekshirish;
- Navbatchi axborotini tinglash
- Darsda siyosiy daqiqa o’tkazish
- Darsda o’quvchilarni ruhiyatini ko’tarish (psixologik o’yin)
II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:
O’quvchilar kichik guruhlarga ajratilinadi, uy vazifalari tekshirilib, o’tilgan mavzu bo’yicha savol-javob o’tkaziladi.
6. Hisoblang:
4•4 + 23=16+23=39 15 : 3 + 45=5+45=50 59 – 29 + 18=30–18=12
2•9 + 12=18+12=30 21 : 3+13=7+13=20 35 + 35 – 70=70–70=0
III. Yangi mavzu bayoni:
1. Har bir doira necha qismga bo‘lingan? Doiraning qanday qismi bo‘yalgan? Uchdan bir qismi raqam bilan qanday yoziladi? To‘rtdan bir qismi-chi? Beshdan bir qismi-chi?
2. Aziza ko‘ylak tikish uchun 12 metrlik gazlamadan bo‘lagini qirqib oldi. Aziza bitta ko‘ylakka necha metr gazlama qirqib olgan?
Yechish: 12:4=3 Javob: 3
3. Agar har bir ko‘ylakka 3 m gazlama ketgan bo‘lsa,ikkala to‘pdan nechta ko‘ylak tikish mumkin?
Yechish: 12:3=4 15:3=5 4+5=9 Javob: 9
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
4. Tasmalarning uzunliklarini o‘lchang. Yashil tasma ko‘k tasmadan necha marta uzunligini aniqlang.
5. Uzunligi 16 sm bo‘lgan arqon oling. Uning bir bo‘lagini, to‘rtdan bir qismini buklash yo‘li bilantoping.
Yechish: 16:4=4 Javob: 4
6. Har bir qismi qanday hosil qilindi? Kesmaning belgilangan qismini o‘qing.
O’quvchilar ishini nazorat qilish qiynalgan o’quvchilarga yordam berish.
Qo’shimcha tarqatmalar bilan shug’ullanish
V. Dars yakuni:
O’quvchilarni o’zlashtirishlariga va darsdagi faoliyatiga qarab 5,4,3 baholar qo’yish. Darsda faol qatnashmagan o’quvchiga keying darsda faol bo’lishini so’rash.Uyga vazifalar berish
Uyga vazifa: 7-masala, 8-misol.
7. Sayohatchilar 2 soat yo‘l yurdilar. Ular bu vaqtninguchdan birini daryoni kesib o‘tishga, qolganini piyoda yurishga sarfladilar. Sayohatchilar qancha vaqt piyoda yurganlar (vaqtni minutlarda ifodalang)?
Yechish: 2 soat =120 minut. 120:3=40 Javob: 40
Do'stlaringiz bilan baham: |