Xitoyning loyihani amalga oshirishdagi ochiq-oydin manfaatlarini inkor etib bo‘lmaydi, biroq birovlar foydasiga o‘z manfaatlaridan voz kechish siyosatda hech qachon hurmat keltirmagan. Shuning uchun loyihada ishtirok etayotgan davlatlar unda o‘zi uchun iqtisodiy va siyosiy foyda keltiruvchi jihatlarini topishi lozim.
Markaziy Osiyo yuragida joylashgan O‘zbekiston Xitoy iqtisodiy kooperatsiyasi amalga oshirilishidan maksimum foyda olishi uchun jiddiy imkoniyatlarga ega. Respublikada dengizga chiqish imkonining yo‘qligini hisobga olsak, “Ipak yo‘li iqtisodiy kamari” u uchun katta qiziqish uyg‘otadi.
Joriy yilning may oyida Pekinda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi forumda O‘zbekiston Xitoy g‘oyasini amaliy ro‘yobga chiqarishga qaratilgan bir qator aniq takliflarni ilgari surdi. Shu jumladan, prezident Shavkat Mirziyoyev “Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston” temiryo‘li qurilishini tezroq boshlash ahamiyatiga urg‘u berdi.
Bundan tashqari, iyun oyida Ostonada bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida o‘zbek tomoni tashkilotga a’zo davlatlar, kuzatuvchilar va hamkor davlatlar temiryo‘l ma’muriyatlari rahbarlarining muntazam uchrashuvlarini yo‘lga qo‘yish tashabbusi bilan chiqdi. Yangi maydonchaning asosiy vazifalari shaffof transport tariflarini shakllantirish, yuk va yo‘lovchilar tashishning yagona xavfsizlik me’yorlarini o‘rnatishdan iborat bo‘lishi taklif qilinmoqda.
Shu tariqa, O‘zbekiston mahalliy mahsulotlarni yangi — Xitoy va boshqa mamlakatlar bozorlariga olib chiqish uchun XXR imkoniyatlari va manbalaridan foydalanishi, milliy iqtisodiyotning asosiy sohalariga investitsiyalar jalb qilish, logistik imkoniyatlarini yanada to‘liqroq amalga oshirishi mumkin.
Xitoyning xalqaro tashabbusi bo‘lib, u Markaziy Osiyo, Yevropa va Afrika mintaqasida joylashgan 60 dan ortiq mamlakatlarni o‘zaro bog‘lovchi iqtisodiy yo‘laklarni yanada takomillashtirish hamda yangi transport va savdo yo‘llarini yaratishga qaratilgan. Ushbu hududdagi davlatlar jahon yalpi ichki mahsulotining 55 foizini, global energiya zaxiralarining 75 foizini o‘zida jamlagan.
«Ipak yo‘li iqtisodiy kamari»ni shakllantirish g‘oyasi haqida ilk bor XXR raisi Si Szinpin 2013-yilning sentabrida Qozog‘istonga tashrifi chog‘i Nazarboyev universitetida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi. O‘shanda Xitoy rahbari uchta trans yevro Osiyo iqtisodiy yo‘lagi: Xitoydan Markaziy Osiyo, Rossiya orqali Yevropaga (Boltiq dengizga qadar); Xitoydan Markaziy Osiyo va G‘arbiy Osiyo orqali Fors ko‘rfazi va O‘rtaer dengiziga qadar; Xitoydan Janubi-sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo va Hind okeaniga qadar iqtisodiy yo‘lak barpo etishni taklif qildi.
Oradan bir oy o‘tib, u Indoneziya parlamentida so‘zlagan nutqida XXI asrning Buyuk ipak yo‘li haqidagi fikrlarini takrorladi. O‘sha-yilning oktabrida Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlariga tashrifi davomida Xitoy raisi «XXI asr Dengiz Ipak yo‘li»ni hamkorlikda qurish g‘oyasini ilgari surdi. U, o‘z navbatida, Xitoyning dengiz portlaridan Janubiy Xitoy dengizi orqali Hind okeani va Yevropaga qadar; Xitoy portlaridan Janubiy Xitoy dengizi orqali Tinch okeani janubiy akvatoriyasigacha bo‘lgan ikki yo‘nalishni o‘z ichiga olishi lozim edi.
2015-yili har ikkala tashabbus «Bir makon, bir yo‘l» nomi ostida umumiy strategik konsepsiyaga birlashtirildi hamda u mamlakatning tashqi iqtisodiy va siyosiy yo‘lining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi. 2017-yilning mayida Pekinda bo‘lib o‘tgan Xalqaro forumda 68 mamlakat va xalqaro tashkilot Xitoy bilan hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarni imzoladi.
«Bir makon, bir yo‘l» 60 dan ortiq mamlakatda 900 ga yaqin turli infratuzilma loyihalarini (avtomobil va temiryo‘llar, portlar, elektr stansiyalari, ko‘priklar va hokazo) o‘z ichiga oladi. Uni hayotga tatbiq etish uchun zarur investitsiyalarni ekspertlar 2 trilliondan 3,5 trillion AQSh dollargacha deb baholamoqda.
Loyihani moliyalashtirish maqsadida 2014-yili Xitoyda ikki yangi institut: 100 milliard dollar kapitalga ega bo‘lgan Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki va ustav kapitali 40 milliard dollarni tashkil etgan Ipak yo‘li jamg‘armasi tashkil etildi. Xitoy sanoat mahsulotlarini Ipak yo‘li orqali eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 30 milliard dollarlik ustav kapitaliga ega bo‘lgan alohida jamg‘arma tashkil etish Pekin rejalaridan joy olgan.
Iqtisodiy kamar va dengiz yo‘lini ro‘yobga chiqarishning asosiy moliyaviy mexanizmi infratuzilma loyihalarini amalga oshirish uchun Xitoy moliya institutlari tomonidan kreditlar taqdim etishdan iboratdir. Asosiy shart — Made in China qurilmalari, mahsulotlari, xizmatlari va ishchi kuchidan foydalanish.
2017-yil may oyida Pekinda o‘tkazilgan forumda Si Szinpin uch yil ichida «Bir makon, bir yo‘l»ga qo‘shilgan mamlakatlardagi Xitoy investitsiyasi 50 milliard dollarga yaqin mablag‘ni tashkil etganini ma’lum qildi. Yaqin-yillarda ushbu ko‘rsatkichni 150 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Hozirgi paytga kelib, XXR «Bir makon bir yo‘l» doirasida Vengriya , Mo ‘g‘uliston, Rossiya, Tojikiston va Turkiya bilan hamkorlik to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitimlarni imzolagan. Sharqiy Xitoyni Eron va Yevropa mamlakatlariga qadar bog‘lovchi temiryo‘l tarmoqlarining kengaytirilishi haqida e’lon qilindi. XXRdan Laos va Tailandga, Efiopiya — Jibuti, Vengriya — Serbiya yo‘nalishidagi temiryo‘l, Indoneziyaga tezyurar magistrallar qurilishi, XXR — Pokiston, Xitoy — Mo‘g‘uliston — Rossiya , Bangladesh — Xitoy — Hindiston — Myanma iqtisodiy yo‘laklarini shakllantirish, Gvadar (Pokiston) va Pirey (Gretsiya) portlarini modernizatsiya qilish to‘g‘risidagi kelishuvlarga erishilgan.
Tashabbus — dunyoning turli mamlakatlariga mahsulotlarni yetkazish bo‘yicha muqobil energetika va savdo yo‘nalishlarini barpo etish, mahsulotlarni haddan ortiq ko‘p ishlab chiqarishdan aziyat chekayotgan Xitoy sanoati uchun yangi bozorlar shakllantirish, tashqi bozorlarga qo‘shilgan qiymat bilan mahsulotlar eksportini oshirish, megaloyihalarni ro‘yobga chiqarish va ijtimoiy-madaniy almashinuvni rivojlantirish imkoniyatini yaratadi va u orqali Xitoyning dunyodagi ijobiy timsolini yaratishga ko‘maklashadi.
Shubhasiz, Xitoyning loyihani amalga oshirishdagi ochiq-oydin manfaatlarini inkor etib bo‘lmaydi, biroq birovlar foydasiga o‘z manfaatidan voz kechish siyosatda hyech qachon hurmat keltirmagan. Shuning uchun loyihada ishtirok etayotgan davlatlar unda o‘zi uchun iqtisodiy va siyosiy foyda keltiruvchi jihatlarni topishi lozim.
Markaziy Osiyo yuragida joylashgan O‘zbekiston Xitoy iqtisodiy kooperatsiyasi amalga oshirilishidan ko‘proq foyda olish uchun jiddiy imkoniyatlarga ega. Mamlakatimizda iliq dengizlarga chiqish imkonining yo‘qligini hisobga olsak, «Ipak yo‘li iqtisodiy kamari» bizda katta qiziqish uyg‘otadi. 2017-yil may oyida Pekinda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi forumda O‘zbekiston Xitoy g‘oyasini amaliy ro‘yobga chiqarishga qaratilgan bir qator aniq takliflarni ilgari surdi. Shu jumladan, Prezident Shavkat Mirziyoyev «Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishini tezroq boshlashning ahamiyatiga urg‘u berdi.
Bundan tashqari, 2017-yil iyun oyida Ostonada bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida O‘zbekiston tomoni tashkilotga a’zo davlatlar, kuzatuvchilar va hamkor davlatlar temiryo‘l ma’muriyati rahbarlarining muntazam uchrashuvlarini yo‘lga qo‘yish tashabbusi bilan chiqdi. Yangi maydonchaning asosiy vazifalari shaffof transport tariflarini shakllantirish, yuk va yo‘lovchilar tashishning yagona xavfsizlik me’yorlarini o‘rnatishdan iborat bo‘lishi taklif qilinmoqda. Buning isboti o‘laroq, 2018-yili ShHTga a’zo mamlakatlar temir yo‘l kompaniyalari rahbarlarining Toshkentda ilk uchrashuvi o‘tkazildi. Shu tariqa O‘zbekiston mahalliy mahsulotlarni yangi — Xitoy va boshqa mamlakatlar bozoriga olib chiqish uchun XXR imkoniyati va manbalaridan foydalanishi, milliy iqtisodiyotning asosiy sohalariga investitsiyalar jalb qilishi, logistik imkoniyatlarni yanada to‘liqroq amalga oshirishi mumkin.
Bir so‘z bilan aytganda, rasmiy Toshkent Markaziy Osiyo mintaqasini ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab olgan holda faol tashqi siyosat olib bormoqda. Mintaqada mutlaqo yangicha muhit qaror topdi. Hamkorlikning turli jabhalarida tarixiy natijalarga erishildi: chegaralar ochilmoqda, ko‘plab sohalarda, jumladan, transport kommunikatsiyalarini keng rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshirilyapti. Markaziy Osiyoning besh davlati mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida barcha sa’y-harakatini birlashtirmoqda. Shu ma’noda aytganda, Toshkent Xitoyning “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi bilan uyg‘un ravishda qadam tashlayapti. Bundan ikki-yil muqaddam Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan “Bir makon, bir yo‘l” forumida mazkur tashabbus har bir davlatning o‘z imkoniyatlaridan to‘la foydalanishi, iqtisodiy jihatdan bir-birini to‘ldirishi, savdo hamda investitsiyalarni rag‘batlantirishi, o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishi uchun keng yo‘l ochishini qayd etdi. Loyihaning ro‘yobga chiqishi dunyo tamaddunida Markaziy Osiyoning tarixiy mavqyeini qayta tiklashga zamin yaratadi.
Buyuk ipak yo‘li eramizdan avvalgi II asrda paydo bo‘lgan. Bu yo‘l Xitoydan boshlanib, Markaziy Osiyo mamlakatlari, Hindiston, Eron, Gretsiya, Kavkaz davlatlari orqali Yevropagacha yetib borgan. Rejaga ko‘ra, Xitoyni Yevropa bilan bog‘lovchi yangi Buyuk ipak yo‘li o‘tadigan mamlakatlarning infratuzilmalari rivojlanishiga Xitoy sarmoyalarini kiritish ko‘zda tutilgan. Bu borada hukumat mamlakatdagi kompaniyalarni rag‘batlantirish yo‘lida bir qator chora-tadbirlar ko‘rilishini e’lon qildi. Xitoy mamlakat bozorlarini uchta qita bilan bog‘lovchi infratuzilma barpo etish uchun maxsus jamg‘arma tashkil etishga qaror qildi. Tahlilchilarning so‘zlariga qaraganda, jamg‘arma mablag‘lari Xitoy viloyatlarida temiryo‘l va avtomobil yo‘llari, quvurlar yotqizilishiga sarflanadi. Bunda, birinchi navbatda, Xitoyning “ko‘hna qit’a” mamlakatlari bilan hamkorlik aloqalari uchun zarur bo‘lgan dengiz va quruqlikdagi yo‘llarni rivojlantirish strategiyasi inobatga olinadi.
Tashabbus asosida Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Janubiy Osiyo, Janubi-sharqiy Osiyo va Yevropaning ayrim mintaqalari moliyaviy ta’minlanadi. Tahlilchilarning fikricha, yangi Buyuk ipak yo‘lining tashkil qilinishi Xitoyni jahondagi yetakchi davlatlardan biriga aylantirishni maqsad qilgan. Shuningdek, “osmonosti mamlakati”ning Osiyo-Tinch okeani mintaqasida ham nufuzi ortadi, hamda mintaqadagi siyosiy va iqtisodiy ta’siri kengayadi.
“Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida tashkil etiladigan transport yo‘lagi Avstraliya va Indoneziyani, Osiyo mamlakatlarini, Yevropa, Afrika va Lotin Amerikasi orqali AQSh bilan bog‘laydi. Hisob-kitoblarga qaraganda, yangi Ipak yo‘li sayyoramiz aholisining yarmidan ko‘prog‘ini, to‘g‘rirog‘i 4,4 milliard kishi istiqomat qiladigan mamlakatlarni qamrab oladi. Yo‘lning quruqlikdagi qismida uchta temiryo‘l yo‘lagi barpo etiladi. Shimoliy yo‘lak Rossiya hududlaridan o‘tadi. Markaziy va janubiy yo‘lak esa Markaziy Osiyo mamlakatlari hududidan o‘tishi rejalashtirilgan. Keyinchalik temiryo‘l yo‘laklariga avtomobil yo‘llari ham qo‘shiladi. Yangi Ipak yo‘lining asosiy yo‘nalishi markaziy Osiyodan o‘tadi. Bu yo‘lakning uzunligi 6 ming 500 kilometrni tashkil qilib, uning 4 ming kilometri Xitoyning Tinch okeani sohillaridan shinjon — Uyg‘ur Muxtor O‘lkasigacha bo‘lgan yo‘ldir. U yerdan Qozog‘iston, O‘zbekiston, Turkmaniston orqali Eron, Iroq, Suriya va Turkiyaga boradi. U yog‘i esa Yevropaga bir qadam. Dengiz yo‘li ham xuddi qadimgi savdo yo‘li singari Guanchjoudan boshlanadi va Vetnam, Tailand, Malayziya, Singapur va Indoneziya orqali Qizil dengizga chiqib, Afrikagacha yetib boradi. Yangi transport yo‘lagi Xitoydan ortilgan yuklarni qisqa muddatda Yevropaga yetkazishni o‘z oldiga maqsad qilgan.
Bugungi kunda “osmon osti mamlakati” hoh xorijdagi, hoh o‘zidagi transport infratuzilmalarini rivojlantirish maqsadida mablag‘larni ayamayapti. Bir so‘z bilan aytganda Yangi Buyuk Ipak yo‘li Xitoy va boshqa mamlakatlarga taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlarni yaratib beradi.
2013-yildan buyon Xitoy «Bir makon, bir yo‘l» doirasida xorijiy mamlakatlar iqtisodiyotiga 50 milliard dollar sarmoya kiritdi. Pekin 900 ta investitsion loyihani amalga oshirish uchun 890 milliard dollardan ziyod mablag‘ sarflashni rejalashtirmoqda.
Shu yilning 25–27-aprel kunlari “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusiga bag‘ishlangan ikkinchi xalqaro forum o‘tkazilyapti. Unda O‘zbekiston davlat rahbarini ham qatnashmoqda. Forum ishida ko‘plab xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etayotir. Anjuman kun tartibidan mintaqadagi iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, uzoq muddatli taraqqiyotning yangi manbalarini izlab topish borasidagi sheriklikni faollashtirish, “yashil” iqtisodiyot va innovatsiyalarni ilgari surish, ustuvor infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari o‘rin olganki, bu masalalarning ijobiy yechimi ulkan mintaqada taraqqiyot ishiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |