Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

Ikkinchidan
, jamiyatni demokratlashtirish bu bevosita iqtisodiy islohotlardan 
tortib huquqiy, siyosiy va ma‟naviy yangilanishlarga bevosita tayangan voqelikdir. 
Sessiyada ta‟kidlanganidek «demokratiyalash jarayonining ayni ana shu huquqiy, 
siyosiy va ma‟naviy jarayonlari iqtisodiy taraqqiyotdan orqada qolmoqda». Bu «talay 
muhim qonunlar, tegishli qonun hujjatlari bilan mustahkamlanmaganligida, qabul 
qilingan huquqiy me‟yorlar va kafolatlarni ro„yobga chiqarishning aniq mexanizmi 
yetarli darajada ishlab chiqilmagan»ida ko„rinadi. 
Ayni ana shunday qarashning o„zi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi 
va sud tizimlari hamda jamoat tashkilotlari keng miqyosli faoliyatini kuchaytirish, 
ta‟sirchanligini va ish samaradorligini oshirish zarurligini ko„rsatadi. Yoki aniqroq 
qilib aytganda ular faoliyatini inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning 
butun bir tizimini yaratishga, bu sohada uzoq muddatli pirovard maqsadlarni inobatga 
olgan strategik dasturlarni ishlab chiqishga, uni hayotga izchillik va sobitqadamlik 
bilan joriy etishga shu yo„l bilan odamlar tafakkurida o„zgarish yasab, jamiyat 
ma‟naviy qiyofasini shakllantirishga safarbar etish lozimligini ko„rsatadi. 
Uchinchidan
, qonun ustuvorligiga erishish, qonun oldida barchaning tengligini 
ta‟minlash lozim. Eng avvalo huquq-tartibot ishlarini, qonunlar va boshqa me‟yoriy 
hujjatlarni xalqaro mezon va andozalarga moslashtirish zarur. Ma‟lumki, ayni paytda 
jahonda mazkur masalaga doir yetmish xil andoza mavjud. Bularning hammasi jahon 
hamjamiyatida tan olingan tamoyillar hisoblanadi. O„zbekiston hozir ana shu 
andozalardan o„n beshtasiga qo„shilganligi uning juda qisqa muddatda demok-
ratiyaning turmush tarziga va uni doimiy ishlab turadigan mexanizmga aylantirish 
borasida amalga oshirilgan katta yutug„i hisoblanadi. 
Hukumat mustaqillik davrida bosib o„tilgan yo„l, to„plangan tajribalar va 
imkoniyatlarni tahlil qilar ekan, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini 
qaytadan ko„rib chiqish, uni jahonning eng ilg„or tajribalari bilan boyitish kerakligini 
uqtiradi.
Sessiyada inson huquqlarini kafolatlash va bu sohadagi normativlarni amalga 
oshirish ustidan nazoratni kuchaytirishning eng zamonaviy shakllarini vujudga 
keltirish zarur, deb ko„rsatdi. Jumladan, Oliy Majlisning inson huquqlari bo„yicha 
vakili instituti hamda huquqparvar jamoat tashkilotlarining mavqeyi va maqomini 
ko„tarish, inson huquqlarini himoya qilish Ombudsman instituti, Jamoatchilik fikrini 
o„rganish markazi, Amaldagi qonunchilik Monitoringi instituti, Inson huquqlari milliy 


182 
markazi singari tashkilotlar ishini rivojlantirish, takomillashtirish hamda boshqa bir 
qator institutlarni tashkil etish zarurligini ko„rsatdi. 
Prezident I.Karimov masalaning xuddi ana shu jihatiga alohida e‟tibor berar ekan, 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish