«Biz amalga
oshirayotgan ishlarning eng muhim yo„nalishlaridan biri – davlat tomonidan
ham, ijtimoiy tuzilmalar faoliyatini jadallashtirish bilan ham inson erki va
huquqlarini muhofaza etishning ishchan tartibini barpo etishdir. Inson
huquqlariga rioya etishning monitoringini va bu jarayon ustidan nazorat
o„rnatishni ta‟minlaydigan milliy muassasalarni mustahkamlash huquqni
himoya qiluvchi xalqaro tashkilotlar bilan aloqani kengaytirish muhim
vazifalardan sanaladi»
.
Bugungi kunda yer yuzining turli mintaqalarida inson huquqlari va erkinliklarini
himoya qilishning samarali mexanizmini yaratish yuzasidan amalga oshirilgan
tadbirlar, demokratiya va inson huquqlari sohasidagi huquqiy normalarga rioya etish,
parlamentlarning bu ishni nazorat qilishdagi alohida o„rni, bu borada hukumat bilan
bahamjihat olib borilayotgan ishlar O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Konrad
Adenauer nomli xalqaro fond va BMTning O„zbekistondagi rivojlanish Dasturi
vakilligi bilan birgalikda 1996-yil 15-noyabr kuni Toshkentda o„tkazilgan xalqaro
ilmiy-amaliy konferensiyaning asosiy mavzusi bo„ldi.
Konferensiyani O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Raisi E.Xalilov kirish so„zi
bilan ochdi. Konferensiyada inson huquqlari muammosiga mintaqaviy yondashish va
bu ishda parlamentning roli, inson huquqlari, demokratiya va shaxsni himoya
etishning tarixiy-siyosiy jihatlari xususida fikrlashib olindi.
Jahon davlatchiligi nazariyasi va amaliyotining dalolat berishicha, ombudsman
to„g„risidagi qonunning qabul qilinishi jamiyatda demokratiya yuksak darajada
rivojlanganligining, davlat bilan fuqarolarning o„zaro munosabatlari inson huquqlari
192
va erkinliklari ustuvor ekanligining ko„rsatkichidir. Mamlakatimiz mustaqillikning
tarixan qisqa davri ichida demokratiya va huquqiy rivojlanishning ana shunday jahon
tan olgan yuksak darajasiga chiqa oldi. Bunga shubha yo„q. Chunki, qator xalqaro
tashkilotlar, dunyoning ko„zga ko„ringan yirik siyosat va davlat arboblari
O„zbekistondagi mavjud demokratik jarayonlarni, inson huquqlarini himoya
qilishning xalqaro tamoyillarga va me‟yorlarga mos usuli shakllanayotganini yuqori
baholamoqdalar hamda qo„llab-quvvatlamoqdalar.
Oliy Majlisning «Inson huquqlari bo„yicha vakili (ombudsman) to„g„risida»gi
Qonuni Oliy Majlis VI sessiyasida o„rtaga qo„yilgan vazifalar va istiqbol rejalarining
amalga oshayotganidan, sog„lom ma‟naviy-huquqiy muhit barqarorlashayotganidan
dalolat beradi. Mazkur qonun umumxalq muhokamasiga qo„yilib, keng jamoatchilik
fikr-mulohazalari o„rganildi.
Qonun loyihasi xorijiy davlatlarning O„zbekistondagi vakolatxonalari,
elchixonalari, nufuzli xalqaro tashkilotlar, hukumatga va davlatga qarashli bo„lmagan
organlar hamda jamg„armalarning e‟tiborini tortdi. Ularda katta qiziqish uyg„otdi.
Qonun loyihasining muhokamasida mamlakat fuqarolari, ijtimoiy-siyosiy
tashkilotlar, shuningdek, chet ellik hamkorlarimiz ham faol ishtirok etishdi. Ular
kiritgan takliflar va bildirgan mulohazalar mazkur hujjatni maromiga yetkazishda,
uning mazmunan boyib, mohiyatan chuqurlashishida katta yordam berdi. Loyihani
mamlakatimiz va jamiyatimiz rivojlanishining hozirgi bosqichi realliklariga muvofiq-
lashtirish, millatimizning tarixiy an‟analari, turmush tarzi, aqidalari va aql-zakovatini
ifodalagan umumxalq tomonidan e‟tirof etilgan normalar bilan to„ldirish imkonini
berdi.
Qonun loyihasining umumxalq muhokamasi chog„ida Oliy Majlis va ishchi guruh
nomiga 200 ga yaqin mulohaza va taklif tushdi. Bu taklif va mulohazalarning barchasi
puxta o„rganildi, muhokama etildi. Ular loyihaning yangi tahriri uchun asos bo„ldi.
Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish bo„yicha mamlakat komissiyasi
yig„ilishida inson huquqlari bilan bog„liq ishlar, to„plangan tajribalar va mavjud
muammolar ahvoli o„rganib chiqildi va demokratik jarayonlarni takomillashtirish
vazifalari to„g„risida atroflicha fikr almashildi.
Qonun loyihasi bo„yicha davlat organlarining rahbarlari va mutaxassislar, sudyalar,
yurist olimlar, jamoat birlashmalarining vakillari ishtirokida ilmiy-amaliy
konferensiya o„tkazildi. Unda hali bizning tajribamizda bo„lmagan, endigina
hayotimizga kirib kelayotgan ombudsman masalalari nazariy fikrlar va jahon
amaliyoti hisobga olingan holda keng muhokama etildi. Bir qancha chet davlatlarning
elchilari va diplomatiya xodimlari, xalqaro tashkilotlarning, shu jumladan, Birlashgan
Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, Amerika
huquqshunoslar uyushmasi ekspertlari ishtirokida qonun loyihasi har tomonlama
chuqur ko„rib chiqildi. Shuningdek, mazkur hujjat Oliy Majlis qo„mitalarining,
siyosiy partiyalar fraksiyalarining majlislarida ham batafsil muhokama etildi. Natijada
20 moddadan iborat yangi tahrirdagi qonun loyihasi tayyorlandi.
193
Vakil Oliy Majlisning yordamchi instituti bo„lib, u ijtimoiy manfaatlarning
muvozanatiga, inson huquqlarini himoya qilish bo„yicha eng maqbul davlat tizimi
yaratilishiga ko„maklashadi. Qonun ombudsman institutining umumiy konsepsiyasi
va jahon amaliyotining uyg„unlashgan shakli sifatida inson huquqlari vakili
faoliyatining asosiy qoidalari – qonuniylik, oshkoralik, adolatparvarlik, inson-
parvarlik, har bir kishi uchun ochiqlik ekanligini tasdiqlaydi.
Jamiyat taraqqiyotida eng muhim huquqiy vosita bo„lgan ombudsman institutining
ahamiyati bugun tobora oshmoqda va u kundalik turmush tarzimizga chuqurroq kirib
bormoqda.
Ombudsman fuqarolarning ariza va murojaatlarini ko„rib chiqishda, zarur
axborotni talab qilib olishda mansabdor shaxslar va davlat organlari bilan hamkorlik
qilmoqda.
O„zbekistonda Inson huquqlari bo„yicha vakil instituti amal qilishining o„ziga xos
jihati shundan iboratki, faqatgina bizning mamlakatda Vakil fuqarolarning
konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish bo„yicha komissiya faoliyatini tashkil etadi
va unga boshchilik qiladi. Vakilning lavozim vakolatlarini yanada kuchaytirish
maqsadida uning faoliyatini budjet hisobidan pul bilan ta‟minlashni, malakali
mutaxassislardan iborat Kotibiyat tashkil etilishi mumkinligi nazarda tutilgan.
Qonun qabul qilingunga qadar ham Inson huquqlari bo„yicha vakil mamlakat
Konstitutsiyasi doirasida faoliyat ko„rsatar edi. Jumladan, birgina 1996-yilda Inson
huquqlari bo„yicha vakil hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va
erkinliklariga rioya etilishi bo„yicha komissiya a‟zolari 700 dan ortiq murojaatni
ko„rib chiqdi.
Shikoyatlarning eng ko„pi fuqarolar sud hukmlaridan, shu jumladan, mulkiy
masalalar, xususan uy-joy masalalari bo„yicha chiqarilgan qarorlardan norozi
ekanliklarini bildirganlar. Ular huquq-tartibotni muhofaza qilish organlari
xodimlarining qo„polligini bayon etishadi. 46 nafar arizachi asossiz ravishda
ushlanganlik va ayb qo„yilganlik xususida shikoyat bergan. Murojaatlarda keltirilgan
ayrim dalillar prokuratura organlari tomonidan tekshirish vaqtida o„z tasdig„ini topdi,
ular yuzasidan tegishli choralar ko„rildi.
Fuqarolik ishlari bo„yicha murojaatlar ham anchagina. Ular mansabdor
shaxslarning g„ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilishadi. 38 kishi
ishdan noto„g„ri bo„shatilganligi yoki ishga tiklash asossiz rad etilganligi xususida
yozib, dalillarni tekshirish iltimosi bilan murojaat qilingan. Ana shunday arizalarning
16 tasidagi dalillar o„z tasdig„ini topgan va zarur choralar ko„rilgan.
Fuqarolarni shikoyat yozishga majbur etgan sabablardan biri turli bo„g„inlarda
huquqiy nigilizm va insonga loqayd munosabatda bo„lish hanuz barham
topmaganligi, ko„p hollarda u yoki bu qiyinchiliklar emas, balki idoraviy, hududiy
organlarning, ijtimoiy institutlarning mavjud vaziyatni puxta o„rganishni, arizachiga
ahvolni batafsil tushuntirish va boshiga kulfat tushgan kishiga ozgina bo„lsa-da,
yordam berishni istamasliklari sabab bo„lmoqda.
194
Ayrim sudlarda fuqarolar ishlarini bir tomonlama, yuzaki, ayblov tomonga qaratib
ko„rib chiqish faktlariga hanuz barham berilmagan. Tergovni qo„pollik bilan,
shaxsning huquqlari, sha‟ni va qadr-qimmatini kamsitadigan usullarda olib borish
hollari mavjud. Ayrim mansabdor shaxslar «Fuqarolarning murojaatlari to„g„risida»gi
Qonunga, Mehnat kodeksi va boshqa hujjatlarga amal qilmayaptilar.
O„zbekiston Respublikasi qatnashayotgan xalqaro shartnomalar va bitimlar ijro
etilishi ustidan nazorat qilish ham Inson huquqlari bo„yicha vakil faoliyatining muhim
yo„nalishidir.
Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to„g„risidagi Xalqaro Pakt hamda qiynoqlarga
solishga, muomalada bo„lish va jazolashning boshqa shafqatsiz, g„ayriinsoniy va
qadr-qimmatni tahqirlovchi turlariga qarshi Konvensiya qanday bajarilayotganligi
Inson huquqlari bo„yicha vakilning o„tgan davrdagi faoliyatida muhim o„rin tutadi.
Ushbu hujjatlarda bayon etilgan normalar sud islohoti va huquqni tatbiq etish
amaliyotini, xususan qamoqqa olish yoki nazorat ostida saqlash oqibatida ozodlikdan
mahrum etish vaqtida sudning rolini oshirishni talab etadi. Vakil «Fuqarolarning
huquqlari va erkinliklarini buzuvchi xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga
murojaat qilish to„g„risida»gi O„zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosidagi sustkashlik
mavjudligini ko„rsatadi.
«Oliy Majlisning Inson huquqlari bo„yicha vakili (ombudsman) to„g„risida»gi
Qonunga muvofiq va 1996-yilgi ish tajribasiga asoslanib, O„zbekiston Ombudsmani
o„z faoliyati uchun keyingi yillarda quyidagi ustuvor yo„nalishlarni belgilab oldi:
– O„zbekiston Respublikasining inson huquqlari masalalariga doir qonun
hujjatlariga (shu jumladan xalqaro konvensiyalarga) rioya etilishida nazoratni
ta‟minlash va ularni takomillashtirishga ko„maklashish;
– shikoyatlar ko„rib chiqilishining aniq mexanizmini yaratish va fuqarolar
huquqlarining tiklanishi uchun samarali choralarni ko„rish;
– Ombudsmanning fuqarolar, nohukumat tashkilotlari va ommaviy axborot
vositalari bilan inson huquqlari monitoringi sohasidagi hamkorligini mustahkamlash;
– fuqarolarning turli toifalari o„rtasidagi axborot-ma‟rifat faoliyatini amalga
oshirish;
– Ombudsmanning inson huquqlari masalalari bo„yicha xalqaro tashkilotlar bilan
hamkorligini rivojlantirish.
Aholining nozik qatlamlari bo„lmish bolalar, xotin-qizlar, qariyalar, nogironlar va
boshqalarning huquq hamda erkinliklariga rioya etilishini ta‟minlash va ularni himoya
qilishga alohida e‟tibor qaratilganini ta‟kidlash lozim.
Inson huquqlari bo„yicha vakil to„g„risidagi Qonunning 1-moddasiga muvofiq,
Vakilning qonun hujjatlarini takomillashtirilishiga ko„maklashishi qonun loyihalari
o„rganilishi jarayonida ularning inson huquqlari sohasidagi xalqaro mezonlarga qay
darajada muvofiq ekanligini ko„rib chiqish orqali amalga oshirilmoqda.
Birgina 1997-yilda Vakil tomonidan Insonning konstitutsiyaviy huquq va
erkinliklariga rioya etilishi bo„yicha komissiyaning, Oliy Majlis qo„mitalarining
a‟zolari, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, huquqni muhofaza qilish
195
organlari, jamoat tashkilotlari, inson huquqlari bo„yicha boshqa milliy tuzilmalar
vakillari bilan birgalikda «Fuqarolarning murojaatlari to„g„risida», «Fuqarolarning
huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlari va qarorlar ustidan sudga
shikoyat qilish to„g„risida»gi qonunlarga, Toshkent viloyatida «Bola – huquqlari
to„g„risida»gi konvensiyaga, Sirdaryo viloyatida esa «Xotin-qizlarni kamsitishning
barcha shakllariga barham berish to„g„risida»gi konvensiyaga, Toshkent shahri va
Toshkent viloyatida «Mehnat kodeksi»ga qay darajada rioya etilayotganligi
to„g„risida tekshirish o„tkazildi, mutasaddi tashkilotlar bilan ko„rib chiqildi,
aniqlangan muammolarni bartaraf qilishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo„yicha vakili BMTning Inson huquqlari
bo„yicha markazi, Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining demokratik
institutlar va inson huquqlari bo„yicha byurosi bilan yaqin hamkorlikni yo„lga
qo„ygan. Natijada, chet el delegatsiyalari bilan 24 uchrashuv o„tkazildi.
Inson huquqlari bo„yicha vakil BMTning Inson huquqlari bo„yicha
komissiyasining Jenevada bo„lib o„tgan 52-sessiyasining majlisida qatnashdi va
so„zga chiqdi. Chet ellarga xizmat safari davomida Inson huquqlari bo„yicha vakil
BMT seminarida, BMTning Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlaridagi
vakillarining mintaqaviy uchrashuvida so„zga chiqdi. Yevropada Xavfsizlik va
Hamkorlik Tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning bir qator kengashlari hamda
seminarlari ishida qatnashdi.
Shunday qilib, mustaqil O„zbekistonda inson huquqi va erkinliklarini ta‟minlash
uchun keng imkoniyat yaratildi. Bu O„zbekistonda qurilajak adolatli, demokratik,
fuqarolik jamiyatining muhim omilidir.
2006-yilda Inson huquqlari bo„yicha vakili O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi qo„mitalari, O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
taqdim etgan bir qator qonun loyihalarining inson huquqlarini ta‟minlash va himoya
qilish maqsadida huquqiy ekspertizadan o„tkazdi. Chunonchi, Ombudsman instituti
«Aholini ish bilan ta‟minlash to„g„risida»gi O„zbekiston Respublikasi Qonuniga,
O„zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga hamda O„zbekiston Respublikasining
Uy-joy kodeksiga qo„shimchalar kiritish haqida»gi, «O„zbekiston Respublikasining
Oila kodeksiga o„zgartish va qo„shimchalar kiritish to„g„risida»gi, «O„zbekiston
Respublikasining Soliq kodeksiga qo„shimchalar kiritish to„g„risida»gi qonun
loyihalariga va boshqa qonun loyihalariga oid o„z takliflarini taqdim etdi.
2006-yilda Ombudsman institutiga 7655 ta, shu jumladan markaziy idoraga 4753
ta, mintaqaviy vakillarga 1377 ta, takroran 878 ta murojaat tushdi, ishonch telefoni
orqali 647 ta murojaat bo„yicha yuridik maslahat va tushuntirishlar berildi. Inson
huquqlari bo„yicha vakil nomiga fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlari buzilayotganligi haqida kelgan murojaatlardan 1434 tasi nazoratga olindi.
Hisobot davrida 351 ta murojaat ijobiy hal qilindi, qolganlari ko„rib chiqilmoqda.
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo„yicha vakiliga pochta
orqali 3444 ta, qabul vaqtida 1309 ta murojaat tushdi. Murojaat qilganlarning 2439
196
nafarini xotin-qizlar, 1858 nafarini erkaklar tashkil etdi, shuningdek, 456 ta jamoaviy
shikoyat tushdi.
Ombudsman tomonidan shaxsan 14 ta qabul o„tkazilib, ularda 118 nafar fuqaro
qabul qilindi, 72 ta murojaat nazoratga olindi, 46 ta murojaat bo„yicha tushuntirish
berildi. Vakil tomonidan mamlakat mintaqalariga, shu jumladan Samarqand, Xorazm,
Buxoro, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpog„iston Respublikasiga borib, fuqarolar
qabuli ham o„tkazildi. Xotin-qizlarning mehnat huquqlarini ta‟minlash monitoringini
o„tkazish jarayonida Ombudsman Andijon, Namangan va Farg„ona viloyatlaridagi
to„qimachilik sanoati korxonalarida ishlaydigan xotin-qizlar bilan uchrashdi. Joylarga
borilgan vaqtda mahalliy hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar
ishida inson huquqlarini ta‟minlash, mintaqaviy vakillar faoliyati samaradorligini
oshirish masalalari muhokama qilindi. Viloyatlar va huquqni muhofaza qiluvchi
tuzilmalar rahbarlari bilan uchrashuvlar hamda suhbatlar tashkil etildi, penitensiar
muassasalar monitoringi o„tkazildi.
Hisobot davrida inson huquqlari bo„yicha vakil tomonidan 17 ta xulosa
tayyorlanib, shularning 10 tasi O„zbekiston Respublikasi Oliy sudiga, 4 tasi
O„zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga, 1 tasi Samarqand viloyat
prokuraturasiga va Samarqand viloyat hokimligiga, 1 tasi jinoyat ishlari bo„yicha
Jizzax viloyat sudiga va 1 tasi Jizzax viloyat prokuraturasiga yuborildi.
Parlament
Ombudsmani
nomiga
mamlakatning
barcha
mintaqalaridan
fuqarolarning turli masalalar va muammolar bayon etilgan murojaatlari keldi.
Fuqarolarning eng ko„p murojaatlari Toshkent shahridan, Surxondaryo, Qashqadaryo,
Samarqand va Toshkent viloyatlaridan yo„llangan.
Fuqarolarning murojaatlarida ko„proq ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarni ta‟minlash –
1563 ta (33 foiz), yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga, insoniy
muomalaga va qadr-qimmatni hurmatlash huquqiga rioya etish – 1104 ta (23 foiz),
sudda ishni adolat bilan ko„rish huquqiga – 1009 ta (21 foiz) rioya etish bilan bog„liq
masalalar ko„tarildi.
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo„yicha vakili turli
davlat organlari, ijtimoiy tuzilmalar, chet ellik sheriklar bilan faol hamkorlik qilib,
ularga 3634 ta murojaatni, shu jumladan hal qilish uchun nazoratga olingan
murojaatlarni yo„lladi.
Mamlakatimiz fuqarolari tomonidan yo„llangan shikoyatlardan tashqari chet
davlatlardan ham 45 ta murojaat tushdi.
Hisobot davrida takroriy murojaatlar soni oldingi yildagiga qaraganda kamaydi
(2005-yilda – 1004, 2006-yilda – 878). Bu hol Ombudsmanga yuborilgan
shikoyatlarni hal qilish natijadorligi birmuncha oshganligidan dalolat beradi.
Ombudsman bu shikoyatlarni davlat hokimiyati organlari, sud va huquqni muhofaza
qilish tuzilmalari bilan hamkorlikda o„rganib bordi. Amalga oshirilayotgan ma‟muriy
islohotlar jarayonida mansabdor shaxslarning Ombudsman murojaatlarini ko„rib
chiqish borasidagi mas‟uliyati oshdi, ular ariza beruvchilar tomonidan ko„tarilayotgan
muammolarni ancha e‟tibor bilan va tezkor ravishda hal etib, fuqarolarning
197
shikoyatlarini ko„rib chiqish natijalari haqida Vakilni o„z vaqtida xabardor qila
boshladilar.
Biroq, ayrim mansabdor shaxslarning Ombudsman murojaatiga javob berish
muddatlarini buzishi, murojaatlarni hal qilish uchun quyi pog„onalarga yuborib,
so„ngra ularning ijrosini nazorat qilmasligi yoki masalaning mohiyatiga daxldor
bo„lmagan axborotni jo„natishi, ba‟zan esa arizachining dalillarini tekshirmasdan,
rasmiyatchilik yuzasidan yoki nomigagina javob berishi kabi holatlar ham mavjud.
2006-yilda Ombudsmanning 120 ta murojaati bo„yicha javoblar o„z vaqtida taqdim
etilmaganligi munosabati bilan 35 ta so„rov, shu jumladan Ta‟lim vazirligiga 2 ta,
Oliy va o„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi vazirligiga 2 ta, hokimliklarga 22 ta, sud
organlariga 26 ta, prokuratura organlariga 53 ta fuqarolar shikoyatlari yuzasidan
so„rov yuborildi. Ushbu hol «O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson
huquqlari bo„yicha vakili (Ombudsman) to„g„risida»gi O„zbekiston Respublikasi
qonunining 22-moddasi to„liq ishlamayotganligidan dalolat beradi. Bu esa o„z
navbatida milliy qonun hujjatlarini mazkur qonunga muvofiqlashtirish zarurligini
ko„rsatadi. Ombudsman haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun mansabdor
shaxslarni ma‟muriy javobgarlikka tortish mumkinligi o„z manfaatlarini
himoyalashning hamma huquqiy mexanizmlaridan foydalangandan keyin Inson
huquqlari bo„yicha vakilga murojaat qilayotgan arizachilarga tezkorlik bilan javob
berish va ularning muammolarini hal qilish imkonini beradi.
2006-yilda O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo„yicha
vakiliga tushgan murojaatlarni sinchiklab tahlil qilish inson huquqlari va erkinliklari
buzilishiga olib keluvchi sabablarga barham berish yuzasidan ehtiyot choralarini
ko„rish borasidagi ishlar quyidagi hollarda samarali bo„lishini ko„rsatmoqda:
Do'stlaringiz bilan baham: |