Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

Birinchidan
, axborotlarning mafkuradan mutlaqo xoli bo„lishini nazarda tutgan 
holda aholi hamda jamiyatning xolisona, haqqoniy va xilma-xil axborotlariga 
ehtiyojini o„rganish va qoniqtirish; 
Ikkinchidan

mamlakat 
aholisini, 
shuningdek, 
chet 
el 
jamoatchiligini 
O„zbekistonning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy hayotida sodir bo„layotgan 
o„zgarishlar to„g„risida keng xabardor qilish va hokazolar. 
Aytish mumkinki, 1996-yilda respublikada ommaviy axborot vositalarining 
jamiyatdagi rolini oshirishga qaratilgan muhim amaliy choralar ko„rildi. Shu 1996-
yilning may oyida O„zbekiston ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va 
qo„llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg„armasi tashkil qilindi. Bu ommaviy axborot 
vositalari vakillarining mustaqil o„zini o„zi boshqaruvchi, hukumatga qarashli 
bo„lmagan ijtimoiy xayriya tashkiloti hisoblanadi. 
Jamg„arma o„z ishini O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, 
«O„zbekiston Respublikasi jamoat birlashmalari to„g„risida»gi Qonun, «Axborot olish 
erkinliklari va kafolatlari», «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to„g„risida» 
qonunlar va boshqa normativ hujjatlar asosida tashkil qiladi. 
Jamg„arma o„z faoliyatida quyidagi vazifalarni bajaradi: 
– ommaviy axborot vositalari amaliy faoliyatida demokratik jarayonlarni yanada 
rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish, jurnalistlar faoliyatini aktivlashtirish, 
gazetalar, jurnallar, radio va televideniyening moddiy-texnika bazasini rivojlantirish 
va mustahkamlash, bozor munosabatlariga o„tish sharoitida ularga moliyaviy yordam 
ko„rsatish; 
– ijodiy faoliyatda demokratik tamoyillarni joriy etish; 
– demokratiya va so„z erkinligining chinakam institutlari sifatida matbuot organlari 
roli va nufuzini kuchaytirish; 
– jurnalistlarning huquqiy, ijtimoiy, siyosiy va ijodiy huquqlarini, qadr-qimmatini, 
ularning davlat va jamoat organlari oldidagi, ommaviy axborot vositalarining 
ta‟sischilari va noshirlari oldidagi manfaatlarini himoya qilish; 
– mulkchilikning barcha shakllaridagi ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish 
yo„li bilan O„zbekistonda erkin demokratik axborot muhitini vujudga keltirish; 
– g„oyaviy yo„nalishi turlicha bo„lgan nashrlarda, radio va televideniyeda ishlovchi 
jurnalistlar hamkorligini ta‟minlash; 
– ommaviy axborot vositalari xodimlarining har qanday vaziyatda o„z fikrlarini 
erkin ifodalash, axborotlarni qonunlar bilan man etilmagan usullarda tarqatish 
huquqini ta‟minlash; 
– ommaviy axborot vositalari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tegishli davlat 
idoralariga takliflar kiritish; 


213 
– qonunda belgilangan tartibda chet el ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarni 
mustahkamlash, respublika matbuot vakillarining kasb mahoratini oshirish va tajriba 
almashish maqsadida ularning xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlarini uyushtirish. 
Vazirlar Mahkamasining yangi jamg„arma tuzishni qo„llab-quvvatlash yuzasidan 
qabul qilgan qarorida ommaviy axborot vositalarining faolligini oshirish, ularning 
demokratiya va so„z erkinligining haqiqiy minbari sifatidagi o„rni va ahamiyatini 
kuchaytirish, matbuot yangi tafakkurni shakllantirishning ta‟sirchan vositasiga, 
odamlar fikr va irodasining xolis ifodachisiga aylanishi uchun ularning erkin 
tayyorlanishi va tarqalishini ta‟minlash zarurligi alohida uqtiriladi. 
Hukumat erkin, demokratik axborot manbalarini yaratish maqsadida davlatga 
qarashli bo„lmagan, mustaqil nashrlar va axborot organlari tarmog„ini kengaytirish 
masalasini kun tartibiga qo„ymoqda. 
Bularning hammasi O„zbekistonda demokratik jarayonlar izchillik bilan 
rivojlanayotganidan dalolat beradi. Mamlakat iqtisodiyoti Mustaqillikning oltinchi 
yilida barqaror tus oldi. Yangi jamiyatimizning jahon andozalariga mos keladigan 
shakl-u shamoyili qad rostladi. Endi uni demokratik tamoyillar bilan mazmunan 
boyitish, g„oyaviy jihatdan chuqurlashtirish zarur. 
Matbuot chin ma‟noda mamlakat ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma‟naviy hayotining 
faol ishtirokchisi, yangiliklar jarchisi, ezgu ishlar da‟vatkori, jamoatchilik fikrining 
xolis ko„zgusiga aylanishining o„ziga xos shart-sharoitlari ham bor, albatta. 
Matbuot va so„z erkinligini tanlagan har bir jamiyat boshidan kechirishi va amal 
qilishi muqarrar bo„lgan talablar bor. Bu eng avvalo hamma uchun birday manfaatli 
bo„lgan mas‟uliyat hissi, javobgarlik tuyg„usi. 
Haqiqiy erkinlik yuksak intizom, qat‟iy talab, fuqarolik mas‟uliyati, qonunlar 
ustuvorligidir. 
1996-yil 19-dekabr kuni Prezident devonida respublika ommaviy axborot 
vositalarini demokratlashtirish va qo„llab-quvvatlash jamg„armasi vakillari qabul 
qilindi. Unda mamlakat rahbari bugungi kunda O„zbekiston matbuoti oldida turgan 
eng dolzarb vazifalar haqida to„xtalar ekan, mamlakatimiz istiqloli va ravnaqi, milliy 
va tafakkurni shakllantirish xalqimiz g„ururi va iymon-e‟tiqodining qay darajada 
mustahkamligiga har jihatdan bog„liq ekanini alohida ta‟kidladi. 
Shuningdek, jamiyatda bozor iqtisodiyoti munosabatlari shakllanayotgan bir 
paytda ma‟naviyatni mustahkamlash hamda ma‟rifatparvarlikni keng targ„ib etish 
lozimligi va bunda matbuotning roli katta ekani alohida qayd etildi. 
Uchrashuvda 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish