Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


«Inson ozod va hur tug„iladi va shunday yashashi lozim, –



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

«Inson ozod va hur tug„iladi va shunday yashashi lozim, – 
dedi 
Islom Karimov.
– Buning uchun esa u ana shu oliy ne‟matni asray va ardoqlay 
bilishi kerak. Xalqimiz ruhan to„la qayta uyg„ongan taqdirdagina bu qadriyatlar 
hayotimizdan mustahkam o„rin oladi».
Ushbu uchrashuv chog„ida jamg„arma faoliyatini yanada jonlantirish, uning 
«Hurriyat» nomli yangi gazetasini nashr etish, milliy matbuot markazi faoliyatini 
yo„lga qo„yish bilan bog„liq masalalar ham ko„rilib chiqildi. 


214 
O„zbekiston Respublikasida 2008-yil holatiga 967 ta ommaviy axborot vositasi: 
ulardan 681 ta gazeta, 189 ta jurnal, 4 axborot agentligi, 51 ta telestudiya, 14 ta 
radiostudiya bundan tashqari 49 ta kabel televideniyesi, 464 ta elektron axborot 
vositasi yoki Internet faoliyati ko„rsatib turibdiki, bu mamlakatimizda OAVlarni 
faoliyat yuritishi uchun, fuqarolarning axborot olish, axborot uzatish, so„z va e‟tiqod 
erkinligini amalga oshirishlari uchun yaratilganligidan dalolat beradi. 
Prezident I.A.Karimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2005-yil 
28-yanvardagi qo„shma sessiyasidagi ma‟ruzasida O„zbekistonda demokratik 
yangilanishlar 
jarayonini 
chuqurlashtirish 
va 
fuqarolarning 
erkinliklarini 
ta‟minlashning g„oyat muhim sharti bo„lgan ommaviy axborot vositalarini 
rivojlantirish uchun demokratik andozalarni joriy etish bo„yicha aniq va izchil 
choralarni amalga oshirish zarurligiga alohida e‟tibor berdi. 
«Bu boradagi asosiy 
vazifa – mamlakatimizda islohotlarni chuqurlashtirish jarayonining muhim 
tarkibiy qismi bo„lmish matbuot, televideniye, radio faoliyatini yanada 
liberallashtirish, ularning mustaqilligi va erkinligini ta‟minlashdan iborat»,
deb 
alohida uqtirdi. 
Mazkur ma‟ruzada belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan Prezident 
I.A.Karimov 2005-yil 10-martdagi «Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, 
mamlakatni islohot etish va modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga 
oshirish Dasturi to„g„risida» qaror qabul qildi. Qaror bilan «Ommaviy axborot 
vositalari 
faoliyatini 
demokratlashtirish 
sohasidagi 
islohotlarning 
ustuvor 
yo„nalishlarini amalga oshirish Konsepsiyasi» tasdiqlandi. Boshqacha qilib aytadigan 
bo„lsak bu – sohaga oid qonunchiligimiz bazasini xalqaro demokratik andozalar 
asosida qayta ko„rib chiqish va mustahkamlash vazifasi belgilangan muhim 
Konsepsiyadir. 
Shu bilan birga bir qator yangi me‟yoriy hujjatlar ham qabul qilindi. Jumladan:
– OAV vakillarini vakillik va ijro organlarida doimiy akkreditatsiyadan o„tkazish 
vositasida jurnalistlarning davlat idoralarining faoliyatidan xabardor bo„lib turish, 
vaqtida kerakli axborotlar olish hamda ularni tezkorlik bilan jamoatchilikka yetkazish 
imkonini beradi; 
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida hamda fuqarolarning o„zini o„zi 
boshqarish organlari rahbarlarining brifinglar o„tkazish tartibi bir tomondan davlat 
organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini mustahkamlaydi, ikkinchi tomondan 
ularning faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o„rnatishga asos bo„ladi; 
– O„zbekiston respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi 
akademiyasi qoshida «Ommaviy axborot vositalari xodimlarining malakasini oshirish 
kurslari»ning tashkil etilishi jurnalistlarimiz, OAV rahbarlarini, jurnalistikamizning 
saviyasini oshirish, jurnalistlarning sohaga oid zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, 
tezkorlik, xolislik, dadillik tamoyillarini qo„llashni o„rganishga sharoit yaratadi. Eng 
muhimi sohaning kadrlar tarkibini kuchaytirish imkoniyatini kengaytiradi;
– «Ommaviy axborot vositalarini qo„llab-quvvatlash va rivojlantirish sohasiga 
mahalliy, xorijiy va xalqaro tashkilotlar hamda jismoniy shaxslarning mablag„larini 


215 
jalb etish tartibi»ning ishlab chiqilishi bir tomondan hozirda iqtisodiy muhtoj lekin 
vatanparvar ruhdagi OAV qaddini tiklashga, erkin va samarali faoliyat ko„rsatishi 
uchun qonuniy asos bo„lib xizmat qiladi, ikkinchi tomondan bu sohada boqimandalik, 
qaramlik, sotqinlik, xiyonat kabi illatlarning oldini olishga imkon yaratadi; 
– milliy axborot bozorida haqiqiy raqobatni hosil qilish, monopoliya yoki yakka 
hokimlikka yo„l qo„ymaslik choralari ko„rildi. 
Me‟yoriy hujjatlar OAVni ro„yxatdan o„tkazishni birmuncha soddalashtirish, 
axborot mahsulotlarini monitoring qilish, tahririyatlarning xato va kamchiliklarini o„z 
vaqtida ko„rsatib, ularni qonunbuzarlik illatlaridan saqlab qolish, shu bilan birga 
jurnalistlarning o„z kasbiy faoliyatlarini qonun talablariga mos ravishda amalga 
oshirish uchun mas‟uliyatlarini kuchaytirishni ham nazarda tutadi. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 16-noyabrdagi Farmoni bilan 
«O„zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini 
qo„llab-quvvatlash jamoat fondi» tashkil topdi. Undan ko„zda tutilgan maqsad 
mamlakatimizda mustaqil, o„zini o„zi ta‟minlaydigan, zamonaviy demokratik 
talablarga javob beradigan, mulk shaklidan qat‟i nazar, har qanday bosma ommaviy 
axborot vositalarini shakllantirish jarayonini qo„llab-quvvatlash, ularning moddiy-
texnika bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlashga ko„maklashishdan iborat qilib 
ko„rsatildi. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish