184
Muxolifatchilikning hayotiy zarurati, mas‟uliyati va burchi haqidagi eng adolatli
mulohazalarini o„rtaga tashlaydi.
Darhaqiqat, jahon demokratik jarayonlari huquqiy maqomi va konstitutsiyaviy
kafolatlari mavjud bo„lgan, o„z faoliyatini jamiyat taraqqiyoti va fuqarolar
osoyishtaligi asosida qurgan, uning butun mas‟uliyatini bo„yniga olgan, davlat
ravnaqini ta‟minlashga xolisona ko„maklashadigan, har tomonlama – ilmiy va hayotiy
jihatdan asoslangan dasturlarga ega bo„lgan muxolifatni tan oladi. O„zbekiston
hukumati muxolifatga xuddi ana shu xalqaro talablar nuqtayi nazaridan yondashadi.
Taraqqiy topgan mamlakatlarda va demokratik tamoyillar rivojlangan davlatlarda
muxolifatga shunday yondashishadi. Ana shu xulosalardan kelib chiqib Prezident
I.Karimov
«Biz rasmiy hokimiyat bilan g„oyaviy va amaliy jihatdan raqobatlasha
oladigan, amaliy takliflar kirita biladigan, jamiyatimizning turli siyosiy
qatlamlari manfaatlarining ifodachisi tariqasida maydonga chiqa oladigan
muxolifatni ko„rishni istaymiz»
, – deydi.
Oltinchidan
, sessiyada hokimiyat bo„linishi tamoyillariga qat‟iy amal qilish
demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishning muhim omili sifatida ko„rsatildi. Bu,
ayniqsa, o„tish davrida jamiyat boshqaruvini takomillashtirishga, uning barqarorligini
ta‟minlashga, fuqaro va jamiyat o„rtasidagi o„zaro bog„liqlikni chuqurlashtirishga
zamin yaratadi.
Qonun chiqaruvchi organ jamiyatni qonunlar tizimi bilan ta‟minlasa, ijro organlari
bevosita ishlab chiqarishni takomillashtirish, joylarda qonunchilikni joriy etish,
huquqiy demokratik davlat tizimini mustahkamlashni ta‟minlaydi.
Sud hokimiyati esa insonparvar fuqarolik jamiyati ma‟naviy qiyofasini
belgilaydigan muhim omillardan hisoblanadi. Endigina, mustaqillik davriga kelib sud
o„z vazifasini bajarishga kirishmoqda, o„z maqomi doirasida faoliyat ko„rsatishni
tamoyilga aylantirmoqda.
Yaqin o„tmishimizga nazar tashlaylik. Sud, prokuratura, ichki ishlar xizmati,
bizning tasavvurimizda qattol va beshafqat jazo organi, odamlarga tazyiq qiluvchi,
zo„ravonlik mahkamasi bo„lib ko„rinar edi. Ko„chada bir militsioner yoki prokuratura
xodimiga ko„zing tushsa, beixtiyor tovoninggacha muzlab ketarding, kishi. Chunki
qizil imperiyaning asosiy tayanchi, qonxo„r qilichi hisoblangan huquq-tartibot
organlari aslida o„z vazifalarini bajarmas edi. Ular davlat va qonunni ro„kach qilib,
fuqarolarni qo„rqitish, ularda tobelik va mutelik ruhiyatini singdirish, qalbini
jarohatlash, irodasini bukishni maqsad qilib olishgan edi. Aslini olganda bu
maqsadgina emas, balki davlat siyosatiga aylangan qudratli va fashistik xarakterdagi
hodisa edi.
Sessiya
Do'stlaringiz bilan baham: