Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


«jamiyatimiz tuzilmalarida



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

«jamiyatimiz tuzilmalarida 
muvozanatni saqlaydigan kuchli ommaviy, jamoat birlashmalari bo„lmas ekan, 
davlat hokimiyatining barcha bo„g„inlarida o„zboshimchalik, voluntarizm, 
avtoritar tafakkur va boshqaruv apparatining korrupsiyasi singari illatlar paydo 
bo„lmasligiga jiddiy kafolat ham bo„lmaydi»
, – deydi. 


183 
Beshinchidan
, demokratiya va muxolifat xususida. Ma‟lumki, bizning muxolifat 
haqidagi tushunchalarimiz hali-hamon jo„n va sodda. Chunki, biz uchun muxolifat 
yangi davrning mahsuli sifatida istiqlol arafasidagina tilimizda paydo bo„ldi. Buning 
o„ziga xos omillari bor. Jumladan, qadimda Sharq davlatchiligida adolat 
tamoyillarining ustun turganligi, qonun oldida barchaning tengligi, davlat va fuqaro 
o„rtasidagi munosabatlarning nihoyatda sodda, ayni paytda samimiy tizimi mavjudligi 
butun jamiyatda har tomonlama barqarorlikka asos bo„lgan. Qolaversa, muxolifat 
tushunchasi umuman jahon davlatchiligi tajribasida ham XX asr «ixtirosi» sifatida 
demokratik jarayonlarning tobora chuqurlashishi sharoitida vujudga kelgan hodisadir. 
Muxolifat mavjud siyosiy kuchlarni taroziga solib turadigan, jamiyat taraqqiyoti 
muvozanatini saqlab turadigan, uning ravnaqi yangidan-yangi tamoyillarini ishlab 
chiqishga da‟vat etadigan ijobiy voqelik. Biroq, biz ana shu voqelikning haqiqiy 
mazmunini kashf etolganimiz yo„q. 
Ochig„ini aytganda bizda hozirgacha muxolifat bo„lmagan va hozircha yo„q. 1980-
yillarning oxiri va 90-yillarning boshlarida demokratiya o„yinlari avj olgan paytda bir 
guruh kishilar o„zlarini turli tomonga urishdi. Ularning ayrimlari shon-shuhrat va 
amalga intilish orzu-istagida bo„lsa, bir qismi yuqori partiyaviy kurslarda ishlab, 
uning imtiyozlaridan foydalangan va keyinchalik ana shu imkoniyatlardan quruq 
qolib, oldingi kiborona hayotini qo„msab qolgan kishilar edi. Ularga ergashganlar esa 
hayotdan norozi bo„lgan, turmushda o„z o„rnini topolmagan, jamiyatga nimadir 
berishdan ko„ra undan ko„proq narsa olishga ishtiyoqmand bo„lganlardir. Umuman 
olganda muxolifat deb atalgan bu guruhlarni muxolifatchilar emas, balki hayotdan 
norozilar, deb atash mumkin. Bundaylar esa, taassufki, har qanday sharoitda, har 
qanday jamiyatda va hatto eng rivojlangan mamlakatlarda ham mavjud. Bu tabiiy 
hodisa. Chunki, mavjud siyosat, tartib-qoidalar, qonunlar qaysidir jihati bilan 
cheklangan bo„ladi. Ular aholi barcha tabaqasining talab-ehtiyojlarini to„la qamrab 
ololmaydi. Qisqa qilib aytganda, tartib-intizomning chegarasi bor, ehtiyojlar esa 
nihoyasizdir. Ana shu holatning o„zi qonunlarni doimo takomillashtirib, 
qo„shimchalar bilan boyitib borishni taqozo etadi. Demak, hech qachon mukammal 
demokratik hayot mavjud bo„lmaydi. U doim fuqarolar talabi, hayot ehtiyoji va 
yangidan-yangi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ta‟sirida o„zgarib, rivojlanib, boyib 
boraveradi. 
Prezident 
I.Karimov 
muxolifat 
tushunchasi 
xususida 
gapirar 
ekan, 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish