Bog'liq Raqamli iqtisodiyot sharoitida ta’lim tizimini davlat-xususiy sherikchiligi
“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий журнали. №2, апрель, 2021 йил. ISSN: 2181-1016 6
Bu jarayondagi eng muhum jihat shuki, davlat mulkidan foydalanish samaradorligi
sezilarli darajada oshadi.
Maktabgacha ta’lim sohasida davlat - xususiy sheriklikni qo‘llab quvvatlash
orqali maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini yanada kengaytirish hamda
bolalarning maktabgacha ta’limi bilan kengroq qamrab olinishini ta’minlash
masalasiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Xususan, maktabgacha ta’limni
rivojlantirish borasida boshlangan islohatlar natijasida o‘tgan yili 5 ming 722 ta
davlat, xususiy, oilaviy bolalar bog‘chalari tashkil etildi. Shuning hisobidan
farzandlarimizni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi bir yil davomida
38 foizdan 52 foizga ko‘tarildi[11].
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo
vazirligi Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda
2020-2021 yillarda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim
tashkilotlarini tashkil etish uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli
kreditlarini (qarzlarini) jalb qilish choralari ko‘rilishi belgilab qo‘yildi.
Rivojlangan davlatlarning 130 dan ziyodi davlat-xususiy sherikchilik
loyihalari asosida ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. O‘zbekiston, to‘g‘risini
aytish kerak bu masalada ozroq kech qoldi. Shunga qaramay, ishlar tez
jadallashmoqda. Respublikamizda agentlik tashkil qilingandan 6 oy o‘tib, qonun
ishlab chiqildi. Mana endi biz ham qonunchilik shakllangan davlatlarga juda ham
yaqin keldik. Prezidentimiz tomonidan 2019 yil 29 aprelda 4300- sonli qarorda
15 ta yirik loyihalar qabul qilindi. 2 milliard dollardan oshiq bo‘lgan loyihalar
jumlasiga, aeroportlar, yo‘llar, suv ta’minoti, elektr energiyasi ta’minoti sohalari
bo‘ladi. Bu strategik ahamiyatga ega bo‘lgan sohalarda loyihalarni amalga oshirish
ko‘zda tutilgan. Investiyiyalarni jalb qilish uchun asos sifatida ishlar olib
borilmoqda. Davlat-xususiy sherikchilik sahasining bunga nima dahli bor?
Masalan, turizmni olaylik. Turizm uchun avvalo mexmonxonalar qurish kerak.
Yo‘llar yahshi bo‘lishi kerak, aeroportlar yahshi bo‘lishi kerak. Bular biznes uchun
infratuzilmaning sifatini oshiradi.
Davlat-xususiy sheriklikdan ko‘zlanadigan asosiy maqsad umumiylik va
o‘ziga hoslik shaklida namoyon bo‘ladi. Davlat bunday hamkorlikni bir qator
omillarni hisobga olgan holda o‘zi uchun foydali, deb hisoblaydi. Bu, birinchidan,
yuqori samaradorlik, ya’ni, ancha kam harajat, ancha yuqori hizmat darajasi,
tavakkalchilik hatarining pastligi bilan izohlanadi. Ikkinchidan, davlat boshqacha
yo‘li bo‘lmagan sharoitda muhim va tezkor loyixalarni amalga oshirish uchun
zarur kapital manbaiga ega bo‘la oladi. Hamkor o‘z foydasini olish uchun
belgilangan ishni tezroq tugatishdan ko‘proq manfaatdorligi davlat uchun
loyihaning o‘z vaqtida yakunlanishi va natijasiga nisbatan ko‘proq umidvorlik
kafolati bo‘lib hizmat qiladi[12].
Davlat tashqi qarzi hisobiga Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan
umumiy qiymati 70 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan “Davlat-xususiy sheriklik
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish” loyihasini