90
yaxshilangan (doimiy), mustahkam zaminga qurilib yuqori
qoplamasi asfaltbeton yoki temirbetonli;
beton va temirbeton plitalaridan qum-tosh zamin ustiga
yotqizilgan;
profilli gruntli, qum, shag‘al,
mayda tosh bilan
mustahkamlangan;
vaqtinchalik temirbeton plitalardan tabiiy zamin ustiga
quriladigan.
Yo‘l qoplamalari konstruktsiyasi turini tanlash yo‘l bajaradigan vazifa, iqlim
sharoiti, yer osti suvlari sathi, yer polotnosi
gruntining turiga va ostiga
to‘shaladigan qatlam tavsifiga bog‘liq.
Qurilish maydonlaridagi yo‘llar berk va xalqasimon bo‘lishi mumkin, ularda
aylanib chiqib ketish maydonchalari va raz’ezd (qo‘sh izli o‘tish yo‘l) lari ko‘zda
tutilishi kerak. Avtomobil yo‘li qoplamasining kengligi bir yo‘lli (polosali)
harakatlanishda kamida 3,5 m, ikki yo‘lli (polosali ) harakatlanishda mashinalar
to‘xtab turganda yukini tushirish uchun 6 m gacha kengaytirilgan bo‘lishi kerak.
Og‘ir mashinalar va avtopoezdlardan foydalanganda, uzun o‘lchovli
yuklarni
yetkazib berishda o‘tish yo‘lining kengligi 8...12 m gacha kengaytiriladi. Odatda
yo‘llarning minimal burilish (qayrilish) radiusini 12 m deb qabul qilinadi, ammo
burilish joylarida o‘tish yo‘lining eni kengaytiriladi. Masalan, yo‘lning eni 3,5 m
bo‘lganda burilishda uning eni 5,0 m gacha kengaytiriladi.
Shahar tashqarisidagi avtomobil yo‘llari turlarining asosiy tarkibiy qismlari :
ajratilgan uzunchoq yer bo‘lagi( polosa)
– yo‘l qurilish uchun ajratilgan, eni
bo‘yicha uchastka;
yo‘lning qatnov qismi
– ajratilgan yo‘lning transport qatnovi amalga
oshirilgan o‘rta qismi;
yo‘l cheti
(obochina) – o‘tish yo‘lining ikkala tomonidagi polosa, ular yo‘l
kiyimi uchun tirgak (tayanch) bo‘lib xizmat qiladi va transportning to‘xtab turish
uchun mo‘ljallangan;
91
yo‘l polotnosi
– yo‘lning mashinalar yuradigan qismi chet (obochina) lari
bilan birgalikda;
kyuvetlar
– yo‘l polotnosi sirtidagi suvlarni oqib ketishi uchun bevosita yo‘l
chetidan tashqarida quriladigan 3% li minimal nishablikka ega, uchburchakli yoki
trapetsiya shaklidagi suv oqizadigan ariqlar;
obrezlar
– kyuvetlar chetidan ajratilgan yo‘lning chegarasigacha joylashgan
yer uchastkasi bo‘lib, u yo‘lni ta’mirlash vaqtida aylanib o‘tish va materiallarni
saqlash uchun xizmat qiladi;
virajlar
– yo‘lning burilish joylarida burilish markazi tomon qiya qilingan va
shu joyda yo‘lni 1...2 m ga kengaytirilgan bir tomonga qiya qilingan qismi.
Yer ko‘tarmasini namlanib qolish ta’siridan asrash uchun yo‘lning qatnov
qismiga o‘roqsimon ikki tomonga qiya ko‘ndalang profil ko‘rinish berilib grunt
yo‘llari uchun 3...5% li qiyalik va yaxshilangan yo‘llar uchun 1.5...2% li qiyalik
beriladi; yo‘l chetlari 5...6% qiyalikka ega bo‘ladi.
Avtomobil yo‘llari yer ko‘tarmasi (polotnosi) , yo‘l
qoplamasi hamda
muhandislik inshootlari – ko‘priklar, quvurlar va hokazolardan iborat.
Yer
ko‘tarmasi (polotnosi)
ko‘tarma yoki qazilmadagi gruntning profilashtirilgan
tekislangan yuzasidir (4.2-rasm). U temperatura va suv rejimlarining har qanday
o‘zgarishida ham yo‘l qoplamasining mustahkamligi
talablariga javob berish
kerak. Yo‘l qoplamasi yer ko‘tarmasini (polotnosini) qoplab turadi va unga
transport vositalaridan tushadigan yuklanishni uzatadi. Yo‘l qoplamasi yo‘lning
turiga qarab quriladi. Zamin ko‘pincha ikki qatlamdan iborat bo‘ladi. Betondan,
temirbetondan, shag‘al va toshdan qilingan yuqori qatlam
asosiy ekspluatatsion
yuklanishlarni qabul qiladi. Zarur ko‘taruvchi qobiliyatga ega pastki qatlam suvni
yaxshi drenaj qilishi kerak va u odatda shag‘al, tosh hamda qumdan quriladi.
4.2.– rasm. Avtomobil yo‘lining detallari:
a – ko‘ndalang kesim; b – yo‘l qoplamasining kesimi; 1 – kyuvet; 2 – yo‘l cheti; 3 – yo‘l
92
qoplamasi; 4 – yer ko‘tarmasi (polotnosi); 5 – yuqori qoplama; 6 – zamin; 7 – to‘shama-ostki
qatlam.
Temirbeton yo‘l plitalari sifatida rejada to‘g‘ri burchakli va ponasimon
shakldagi plitalar qo‘llaniladi. To‘g‘ri to‘rtburchakli yo‘l plitalaridan bajarilgan
qoplamalar (uzunligi 2,5...3 m, eni 1...1,5 m, qalinligi 0,14...0,22
m va massasi
0,63...1,8t) tuzilishida ancha sodda, yuqori yuklanishlarni qabul qilish mumkin
bo‘lib, yilning istagan paytida, har qanday ob-havo sharoitida foydalanish uchun
yaroqlidir. Yo‘llar ko‘pincha izli – bir va ikki yo‘lli raz’ezdli (to‘xtab o‘tiladigan
yo‘l) qilib quriladi. Ponasimon plitalar o‘tish yo‘lining qoplamasini bir yo‘la
yo‘lning butun eni bo‘yicha va burilishlarda istalgancha radiusli qilib (monolit
betonni yotqizmasdan) qurishga imkon beradi. To‘g‘ri uchastkali yo‘llarda
qoplamaning tor va keng tomonlari navbatma-navbat almashtirilib montaj qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: