9. Ma’ruza. Qotishmalarni eritishning umumiy tavsifi. Reja. Qotishmalarni vagrankada eritish jarayoni



Download 38,92 Kb.
bet1/2
Sana01.07.2022
Hajmi38,92 Kb.
#728096
  1   2

9. Ma’ruza. Qotishmalarni eritishning umumiy tavsifi.
Reja.
1.Qotishmalarni vagrankada eritish jarayoni.
2. Qotishmalarni elektr pechlarida eritib olish
3. Rangli qotishmalarni eritib olish


Qotishmalarni vagrankada eritish jarayoni.
Vagrankalarda istalgan eritish jarayoniga xos bo‘lgan operatsiya tegishli zonalarda amalga oshiriladi. Qizdirish zonasida qizigan gazlar metallni qizdiradi. Bunda metall gaz fazasi bilan o‘zaro ta’sir qiladi, buning natijasida metall oksidlanadi; koks qizib uchuvchan moddalarini yo‘qotadi va hokazo. Eritish operatsiyasi metallni qattiq holatdan suyuq xolatga o‘tishi va bu zonada murakkab o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi bilan xarakterlanadi. O‘ta qizish zonasida suyuq metall va hosil bo‘ladigan suyuq toshqol bir-biri bilan, shuningdek gaz fazasi, koks hamda pech ichki qoplamasi bilan reaksiyaga kirishadi. Va nihoyat, to‘planish zonasida suyuq. metall toshqol va koks bilan reaksiyaga kirishadi.
CHo‘yan elektr pechlarda eritilganida jarayon ikkita asosiy davrga bo‘linadi: qizdirish — eritish va o‘ta qizdirish, tobiga etkazish. Pech yuklangandan keyin bir yo‘la amalga oshiriladigan qizdirish va eritish operatsiyalari sodir bo‘ladi. SHixta odatda oldingi eritish jarayonidan qolgan suyuq metall qoldig‘iga solinadi, shuning uchun ham qizish va eritish suyuq metallning qattiq metall bilan o‘zaro ta’siriga bog‘liq. Bunda ishtirok etgan gaz fazasi metallni oksidlaydi. O‘ta qizdirish davrida barcha metall suyuq xolatda bo‘ladi, xamda pechning toshqoli va ichki qoplamasi bilan o‘zaro ta’sir qiladi. Jarayon oxirida suyuq qotishma hosil bo‘ladi.
Eritish jarayonida fazalarning bir-biriga ta’siri natijasida cho‘yanning kimyoviy tarkibi shakllanadi. Kimyoviy tarkibnnig shakllanishiga fazalarning o‘zaro ta’sirining quyidagi turlari ta’sir ko‘rsatadi: qattiq metallning gaz fazasi bilan oksidlanishi, metallning toshqol bilan oksidlanishi, elementlarni koks yoki karbyurizator uglerodi vositasida tiklash, uglerodning erishi, cho‘yan bitta elementini boshqasi bilan tiklanishi.
Natijada har qaysi zona yoki davr uchun qotishma kimyoviy tarkibining o‘zgarishini xarakterlovchi ko‘rinadigan jami massa uzatish koeffitsientini topish mumkin. Uning qiymatiga eritishdagi termodinamik sharoitlar (atmosfera, toshqol tarkibi va eritishning aniq usulini amalga oshirishga bog‘liq bo‘lgan jarayonlarning sodir bo‘lish mexanizmi) ta’sir etadi.
Birinchi zonada qattiq shixta ashyolari gaz fazasi bilan reaksiyaga kirishadi. Bunda atmosfera temirga ta’sir etib uni oksidlaydi:
Fe + SO2 = FeO+SO (9.1)
SHixta metall bo‘lakchalarining sirtida cho‘yanning boshqa elementlari ham oksidlanishi mumkin. Bundan tashqari metall gazdagi oltingugurt bilan to‘yinishi mumkin:
ZFe+O2=Fe+2FeO (9.2)
Bu zonada oxaktosh kuyidagi reaksiya bo‘yicha parchalanadi
SaSOz = SaO + SO2 (9.3)
Bunda yoqilg‘i namligi va uchuvchan moddalarini yo‘qotadi.
Ikkinchi zonada (eritish) shixtaning metall komponentlari eriydi va oksidlanish, oltingugurtga to‘yinish hamda uglerodsizlanish jarayonlari birinchi zonaga qaraganda ancha jadal kechadi. Bunda temir (II) oksidi FeO elementlarining ikkilamchi oksidlanish reaksiyasi sodir bo‘ladi. Temir (II) oksidi erigan metall bilan birgalikda oqib quyidagi reaksiyalar bo‘yicha Si, Mn va S bilan reaksiyaga kirishadi:
Me + FeO=Fe+MeO (9.4)
Uchinchi zonada (o‘ta qizish zonasi) suyuq metall koks bo‘lakchalari bo‘ylab tomchilar va okimlar ko‘rinishida oqib tushadi xamda o‘ta qiziydi. Natijada uglerodlanish, shuningdek S va S larning erib koksdan ajralish xamda elementlarning kuyidagi tipdagi reaksiya bo‘yicha tiklanish jarayonlari boshlanadi:
< S > + (MeO) = [Me] +{SO}. (9.5)
Bu zonada toshqol hosil bo‘la boshlaydi.
Erkin kislorod borligi tufayli Me-M1/202=MeO reaksiyasi bo‘yicha furmalar zonasida elementlar jadal oksidlanishi mumkin. Birinchi navbatda temir oksidlanadi. Bunda temir (II) oksidi Si, Mn, S larni oksidlaydi. Metall tomchilari koks bilan muloqatida yuqoridagi (4.20) ko‘rinishdagi reaksiya bo‘yicha elementlar qizg‘in uglerodlanadi va tiklanadi. Bundan keyin toshqol hosil bo‘lishi tugaydi.
To‘rtinchi zonada (to‘planish zonasi) metall va toshqol bir oz soviydi. Metall gornda to‘planadi va koks bilan muloqatda bo‘lib koksdagi uglerod hamda oltingugurtni eritadi. Vagrankalardan olingan cho‘yan tarkibida S va Si mikdori ortiqroq, bo‘ladi. Barcha fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida shixtadagi dastlabki miqdoriga qaraganda 15—25% Si va 25—30% Mn ko‘payadi. Natijada uglerod va oltingugurt miqdori ortadi. Temir miqdori ham bir oz kamayadi. Uning oksidlari, Si va Mn oksidlari, yoqilg‘i kuli hamda qoplamaning erigan sirti vagranka toshqolini tashkil etadi.
Quymaning talab etilgan xossalari uni metallurgiyada keyinchalik qayta ishlanmasligini ta’minlashi zarur bo‘lgani tufayli quymakorlikda tarkibida zararli aralashmalari juda kam bo‘lgan po‘lat olish ayniqsa muhimdir. Kislorod, oltingugurt va fosfor miqdorini kamaytirish ham juda muhimdir, chunki bu elementlar po‘latda oksid, sulfid va oksisulfid qo‘shilmalari hosil qiladi. Zararli aralashmalar miqdori qanchalik oz bo‘lsa po‘lat sifati shuncha yuqori bo‘ladi. Fosfor miqdori kamayganda metall matritsasi mustahkamlanadi, oltingugurt mikdori 0,03 dan 0,01% gacha kamayganda esa po‘latning zarbiy qovushoqligi 2—3 marta ortadi.
Tayyorlangan po‘lat eritish pechiga shixta solinadi, so‘ngra u qizdiriladi va eritiladi, natijada suyuq metall hamda toshqol hosil bo‘ladi. Bundan keyin suyuq metall toshqol ostida ishlanadi va bu toshqol chiqarib tashlanadi, undan so‘ng namuna olinadi va po‘lat talab etilgan tarkibgacha etkaziladi. Etkazish vaqtida masalan, zararli aralashmalarni chiqarib yuborish maqsadida yangi toshqol hosil qilish mumkin. Barcha xollarda yakunlovchi bosqichda po‘lat oksidsizlantiriladi. YUqori sifatli po‘lat olish uchun ular modifikatsiyalansa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Po‘lat tarkibining shakllanishi erigangan fazalarning o‘zaro ta’siri natijasida sodir bo‘ladi. Har qaysi davrni alohida-alohida ko‘rib chiqamiz. Po‘latni eritish uchun shixta tarkibida ko‘p mikdorda po‘lat parchalari bo‘ladi. Mashinasozlik korxonalarida 1 t yaroqli po‘lat quymalarga taxminan 150 kg qayta ishlanuvchi cho‘yan sarflanadi. Po‘lat parchasi qizdirish vaqtidayoq oksidlana boshlaydi, chunki metall bilan o‘zaro ta’sir qiladigan pech atmosferasining tarkibida birinchi navbatda temirni oksidlovchi gazlar — oksidlagichlar O2, SO2 va N2O bo‘ladi;
[Fe]+{1/202}=(FeO) (9.6)
[Fe]+ {CO2} = (FeO) + {SO} (9.7)
[Fe]+ {H2O}= (FeO )+ {H2} (9.8)

Gaz fazasi metall bilan o‘zaro ta’sir qilganda boshqa elementlar ham oksidlanadi:


[Si]+{O2}=( Si O2) (9.9)
[Si]+ {202} = (Si O2) + {2SO} (9.10)
[Si ]+ {2H2O}= (Si O2)+ {2H2} (9.11)
[Mn]+ {1/2 02}=( MnO2) (9.12)
[Mn]+ {SO, } = (MnO2) + {SO} (9.13)
[Mn+] {N20}^( MnO2) + {H2} (9.14)
[C]+{1/2O2}=( SO) (9.15)
[S]+{S01}=(2SO) (9.16)
[S]+{ N20}=(SO) + {H2} (9.17)

Temirga nisbatan kislorodga yaqin bo‘lgan elementlar temir (II) oksidi bilan oksidlanadi:


[Si ]+ {2FeO}= (SiO2) + {2Fe} (9.18)
[Mn] + { FeO} = (MnO ) + {Fe} (9.19)
[S]+ { FeO } = (SO) + {Fe} (9.20)
YUqoridagi reaksiyalar faqat asosiy elementlar uchun keltirilgan. Istalgan elementning oksidlanishi termodinamik jihatdan mumkin bo‘lsa, uni yuqoridagiga o‘xshash tavsiflash mumkin. Oksidlanish davri shlakning yuksak oksidlanish xossalari bilan xarakterlanadi. (9.8) - (9.10) reaksiyalar juda jadal o‘tadi. Oksidlash davri tugagandan so‘ng va ayniqsa tiklash jarayonlarini o‘tkazishda (masalan, ok, yoki karbidli toshqol ostida) ularning termodinamikasi keskin o‘zgaradi. Po‘lat eritishning prinsipial tafovuti xuddi shundan iborat.
Po‘lat eritish agregatining turi va shixta tarkibiga qarab (9.6) — (9.20) reaksiyalar turli aktivlik darajasiga ega bo‘ladi. Masalan, konvertor protsessi uchun (9.6), (9.9), (9.13), (9.15) reaksiyalar xarakterlidir. Marten pechida (9.7) va (9.8) reaksiyalar ancha aktiv sodir bo‘ladi, chunki pech atmosferasining tarkibida SO-, va N2O (gaz yoki mazut uglevodorodlari yonib shu gazlarni hosil qiladi) ko‘p bo‘ladi. Elementlarni temir (II) oksidi bilan oksidlanish (9.18)—(9.20) reaksiyalari metall oksid qatlami bilan qoplanayotgandagana rivojlanadi. Bu reaksiyalar o‘ta qizish davri va metallni oksidlovchi toshqol ostida nihoyasiga etkazish uchun xarakterlidir. Umumiy fizik-kimyoviy qonuniyatlarga muvofiq oksidlovchi shlak ostida (9.18) va (9.19) reaksiyalar bo‘yicha Si va Mn lar ancha aktiv qo‘yadi, so‘ngra (9.20) reaksiya bo‘yicha vannaning SO pufakchalarining ajralib chiqishi hisobiga qaynashi boshlanadi. Agar vannaning qaynashi uchun oldin hosil bo‘lgan FeO etarli bo‘lmasa, u holda pechga temir ruda kiritiladi. Po‘lat eritish jarayonining xiliga qarab (9.18) — (9.20) reaksiyalar yohud aralashmalarni to‘la oksidlanishigacha etkaziladi yohud qandaydir bosqichda to‘xtatiladi. Asosiy jarayonda oksidlovchi toshqol ostida fosfor chiqarib tashlanadi, buning uchun FeO va SaO lar bo‘lishi zarur:

2R+5FeO=R2O5 (9.21)


R2O5+ZFeO= (FeO)3 R2O5 (9.22)
(FeO)3R2O5+4SaO=(SaO)4R2 O5 +ZFeO (9.23)
Fosfordan muvaffaqiyatli tozalash uchun yuqori xarorat talab qilinmaydi. Po‘latni oksidlovchi toshqol ostida ishlash tugagandan so‘ng bu toshqol nasos bilan chiqarib tashlanadi. Pechda metallning o‘ta qizdirilishi va nihoyasiga etkazilishi berilgan kimyoviy tarkibdagi po‘lat olishga yordam beradigan maxsus hosil qilinadigan tiklovchi toshqollar hamda ferroqotishmalar ishtirokida amalga oshiriladi. Oltingugurtni chiqarib tashlash uchun yuqori asosli, ya’ni tarkibida SaO ko‘p miqdorda bo‘lgan toshqol hosil qilinadi. Bunda sulfidlar ko‘rinishida bo‘lgan oltingugurt toshqolga chiqarib yuboriladi:
[FeS] + (SaO) - (SaS) + (FeO), (9.24)
[MnS] +SaO= (SaS) + (MnO). (9.25)
Oltingugurtni ancha to‘la chiqarib tashlash uchun toshqol tarkibidagi SaO ning mikdori ancha yuqori bo‘lishi va yuqori xarorat talab etiladi. Bunda toshqol orqali metallni oksidsizlantirish mumkin. Buning uchun Si va S lar kiritish zarur, ular temir (II) oksidi bilan o‘zaro reaksiyaga kirib (9.18) va (9.20) reaksiyalar uning toshqoldagi mikdorini keskin kamaytiradi xamda taksimlanish muvozanati (FeO) = (FeO) o‘ngga siljitadi, ya’ni temir (II) oksidining metalldan toshqolga o‘tishiga yordam beradi.
Metallni toshqol ostida ishlash to‘gagandan so‘ng toshqol nasos bilan so‘rib olinadi, bundan so‘ng po‘lat pechdan chiqariladi. Po‘lat chiqarilayotgan vaqtda turli oksidsizlantirgichlardan foydalanib u oksidsizlantiriladi. Oksidsizlantirgichlar tarkibida Si, Mo va A1 bo‘ladi. Bunda kuyidagi reaksiyalar sodir bo‘ladi:

2FeO+Si=SiO+2Fe (9.26)


FeO+Mn=MnO+Fe (9.27)
ZFeO+2Al=A12O3+ZFe (9.28)

Element — oksidlantirgich [ER] miqdori bilan qoldiq kislorod [O] orasida aloqa bo‘ladi, u elementlarning oksidsizlantirish qobiliyati deb sharxlanadi.


Po‘latni eritishda sodir bo‘ladigan jarayonlar mexanizmi dastavval kislorodni gaz fazasidan va toshqolni metallga uzatilishi bilan bog‘liq. Oksidlanishda toshqol hosil qiluvchi birikmalarni hosil qiladigan kremniy, marganets, fosfor va boshqa elementlar ajralish sirtida sodir bo‘ladigan reaksiyalar bo‘yicha oksidlanadi.



Download 38,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish