142
Biologik to‘siqlarga quyidagilar kiradi: kapillyarlar devori;
hujayralar
(sitoplazmatik) membranasi; gematoensefalik to‘siq; yo‘ldosh to‘sig‘i
(homiladorlik paytida). Odatda mayda teshikchali (2 nmgacha o‘lchamli)
kapillyarlar devori orqali ko‘pchilik birikmalar oson o‘tadi. Faqat oqsillar va
ular bilan birikkan dori vositalar mazkur to‘siq orqali o‘ta olishmaydi.
Gidrofil birikmalar kapillyarlar devori orqali oson o‘tadi
va interstitsial
suyuqliqqa tushadi, ammo ular hujayralar membranasi orqali o‘ta olishmaydi.
Chunki mazkur membrana oqsil-fosfolipidlardan tashkil topgan. Gidrofil
birikmalar ular orqali faqat hujayraning transport mexanizmlari orqaligina
o‘tishlari mumkin. Lipofil birikmalar esa
kapillyarlar devori orqali ham,
hujayralar membranasi orqali ham yaxshi o‘ta oladilar.
Ko‘pchilik Dori vositalarining gematoensefalik to‘siq orqali o‘tishlari o‘ta
qiyin. Bu narsa miya kapillyarlarining o‘ziga xos tuzilishi bilan chambarchas
bog‘liq.
Chunki ularning endoteliylarida tirqishlar mavjud emas.
Shuningdek,
ularda pinotsitoz jarayoni umuman bo‘lmaydi.
Hamda miya kapillyarlarida
qo‘shimcha lipid membrana vazifasini bajaruvchi kapillyarlarni tashqi
tomonidan o‘rab turuvchi glial qismlar (astragliyalar) o‘ziga xos muhim o‘ringa
ega. Gematoensefalik to‘siq orqali qutbli birikmalar yomon o‘tadi. Lipofil
birikmalar esa miya to‘qimasiga nisbatan osonroq o‘tadilar. Mazkur to‘siq orqali
moddalar asosan diffuziya yo‘li bilan o‘tadilar, faqat ayrim birikmalargina aktiv
transport usuli yordamida o‘tishlari aniqlangan. Bosh
miyaning ayrim kichkina
bo‘laklarida (epifizda, gipofizning orqa bo‘lagida, uzunchoq miyada va b.)
gematoensefalik to‘siq deyarlik bo‘lmaydi. Shuni ham e’tiborga olib qo‘yish
lozimki,
ayrim
patologik
holatlarda
(masalan,
miya
pardalarining
yallig‘lanishlarida) ko‘pincha mazkur to‘siqning o‘tkazuvchanligi oshib ketadi.
Gematoensefalik to‘siq orqali moddalarning o‘tishi P-glikoproteinli
transporter orqali ham amalga oshiriladi. U moddalarning miya to‘qimasidan
143
qonga o‘tishini ta’minlaydi, ammo ayrim birikmalarning miya to‘qimasiga
kirishiga esa to‘sqinlik qiladi.
Faqat homiladorlik paytidagina faoliyat ko‘rsatadigan yo‘ldosh to‘sig‘ining
biologik ahamiyati juda beqiyosdir. Undan asosan lipofil birikmalar diffuziya
usuli orqali o‘tadilar. Ionlangan qutbli birikmalar yo‘ldosh to‘sig‘i orqali yomon
o‘tadilar. Mazkur to‘siqda ham P-glikoproteinli transporter faoliyat ko‘rsatishi
aniqlangan.
Dori moddalarining organizmda taqsimlanishi
avvalo dori vositaning
qaysidir a’zo yoki to‘qima bilan o‘xshashligiga bog‘liq. Bundan tashqari a’zo va
to‘qimalarning qon bilan ta’minlanish darajasi ham o‘ziga xos ahamiyatga ega.
Ko‘pchilik dori dori vositalari ularning organizmdan ajratilish joylarida
to‘planish xususiyatiga egalar. Shuningdek organizmda faoliyat ko‘rsatadigan
depolar ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etadilar. Ularning 2 turi mavjud:
hujayradan tashqari (ekstratsellyulyar) depo; hujayra (sellyulyar) deposi.
Ekstratselyulyar depolarga zardob oqsillari (asosan albuminlar)ni kiritish
mumkin. Ular bilan ko‘pchilik birikmalar juda kuchli bog‘lanishadi (hatto 90 %
dan ham yuqori). Shuningdek, unga biriktiruvchi to‘qima deposi (ayrim qutbli
birikmalar, Shu jumladan, to‘rtlamchi ammoniyli tuzlar ham),
suyak deposi
(tetratsiklinlar), yog‘ deposi (lipofilbirikmalar), uglevod deposi ham kiradi.
Ayrim dori vositalar (akrixin) yuqori konsentratsiyalarda hujayra deposida
aniqlanadi. Ularning hujayralardagi bog‘lanishlari oqsillar, nukleoproteinlar va
fosfolipidlar hisobiga amalga oshirilsa kerak.
Dori vositalarning depolanishi odatda qaytar bog‘lanish
orqali amalga
oshiriladi. Ularning to‘qima depolarida ushlanib qolish davri anchagina katta
bo‘lishi mumkin.