O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov


Dori vositalarining organizmda parchalanishi (biotransformatsiyasi



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

1.3.Dori vositalarining organizmda parchalanishi (biotransformatsiyasi, 
metabolizmi) 
Kiritilgan ko‘pchilik Dori vositalari organizmda biotransformatsiyaga uchraydi. 
Faqat ayrim birikmalargina o‘zgarmagan holda chiqarib yuborilishi mumkin. 
Bularga asosan yuqori gidrofil ionizatsiyalangan birikmalar kiradi. Lipofil 
birikmalardan esa faqat ingalyatsion narkoz vositalarigina organizmda kimyoviy 
reaksiyalarga kirishmaganliklari tufayli nafas yo‘llari orqali o‘zgarmagan holda 
chiqarib yuboriladilar. Dori vositalarining parchalanishi katta ko‘pchilik 
holatlarda jigarda uning mikrosomal fermentlari ta’sirida amalga oshiriladi.
Ular organizm uchun yot bo‘lgan lipofil birikmalarni nisbatan gidrofillariga 
aylantirib beradilar. Bundan tashqari gidrofil birikmalarning parchalanishida 
organizmdagi nomikrosomal fermentlar (jigardagi, ichaklar devoridagi, qon 
zardobidagi va b.) hamma ma’lum darajada ahamiyatga ega. Dorilarning 
organizmda parchalanishining ikkita turi mavjud: metabolik transformatsiya; 
kon’yugatsiya. 
Metabolik transformatsiya – bu Dori vositalarining oksidlanish, qaytarilish 
va gidroliz yordamida bir turdan ikkinchi turga aylanishi. Bunda sof kimyoviy 
parchalanish 
reaksiyasi 
yuzaga 
chiqadi. 
Hosil 
bo‘lgan parchalanish 
mahsulotlariga 
metabolitlar 
deyiladi. Ular yoki chiqarib yuboriladi, yoki 
kon’yugatsiya jarayoniga uchrab, qayta parchalanadi va shundan keyingina 
organizmdan chiqarib yuboriladi. Konyugatsiya – bu biosintetik jarayon bo‘lib, 
u Dori vositasiga yoki uning metabolitlariga qator kimyoviy guruhchalarning 
yoki endogen birikmalar molekulalarining birikishi orqali yangi, organizmdan 
chiqarib yuborilishi yengillashgan birikmalarning paydo bo‘lishi bilan kechadi. 
Bunda dori vositalari metillanish, atsetillanish yoki glyukuron kislotasi, 
sulfatlar, 
glutation, 
aminokislotalar 
kabilar 
bilan 
birikishi 
orqali 
biotranformatsiyaga uchraydi.
Hosil bo‘lgan parchalanish mahsulotlariga 
kon’yugatlar 
deyiladi va ular 
boshqa kimyoviy jarayonlarga uchramasdan, organizmdan chiqarib yuboriladi. 


145 
Biologik biotransformatsiya jarayoniga uchragan Dori vositalari o‘zlarining 
biologik samaradorligini yo‘qotadilar. 
1.4-Sxema. Dori vositalarining organizmda parchalanish yo‘llari. 

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish