O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet413/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   409   410   411   412   413   414   415   416   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

Dori vositalar:
 
Nomi 
Kattalar uchun o’rtacha 
terapevtik doza, kiritish 
yo’li 
 
Chiqarilish shakli 
Fepranon─
Phepranonum
Ichish uchun 0,025 gr 
Draje 0,025 gr dan 
Sibutramin─
Sibutramine
Ichish uchun 0,005-0,015 
Kapsulalar 0,005 va 
0.01 gr dan 
Orlistat─
Orlistat
Ichish uchun 0,12 gr 
Kapsulalar 0,12 gr dan 
Ishtahani maxsus (MC
4
)retseptorlar bilan bog’lanuvchi 
melanokortin 
ham 
kamaytiradi. Eksperimentlarda ushbu retseptorlarning agonistlari ishtahani 
kamaytirishi, antagonistlari esa oshirishi aniqlangan. Tabiiyki agonistlari 
anaroksigen vositalar sifatida qo’llanilishi mumkin. Ishtahani kuchaytiruvchi 
oreksin 
peptidi ajratilgan. Oreksin retseptorlarini qamallovchi moddalar ishtahani 
kamaytirishi mumkin. Me’da ichak trakti hujayralari ishlab chiqaruvchi 
xolitsistokinin 
katta qiziqish uyg’otdi. U nafaqat me’da ichak traktining bezlari 


- 709 -
funksiyalariga ta’sir etadi, balki to’yinish omili sifatida faollik ko’rsatadi. Hozirgi 
vaqtda amaliyot uchun xoletsistokinin sistemasini faollashtiruvchi kelajagi porloq 
bo’lgan birikmalar ustida izlanishlar olib borilmoqda. 
13.Osteoporoz va podagrada qo’llaniladigan dori vositalar 
Osteoporozda suyaklarning massasi va zichligi kamayishi, ularning 
mikroarxitektonikasi o’zgarishi ularni mo’rtligini oshiradi va sinish xavfini 
ko’paytiradi va bu ko’pincha qari kishilarning nogiron bo’lib qolishi va muddatdan 
avval o’limiga sabab bo’ladi. Bunday bemorlarni davolash uzoq davom etadi va 
talaygina moliya sarfini talab qiladi. O’rta va katta yoshdagi odamlarda 
osteoporozni keng tarqalganligi ushbu patologiyani samarali davolash va oldini 
olishda qo’llaniladigan dori vositalarini yaratish bo’yicha izlanishlarini 
kuchayishiga olib keldi. 
Ma’lumki suyak to’qimasida doimo yangilanish jaroyoni ketadi. Umr 
davomida suyaklar rezorbtsiyalanadi (osteoklastlar faoliyati xisobiga) va yangi 
suyak to’qimasini hosil qiladi (osteoblastlar bilan).Suyak to’qimasining massasi 30 
yoshda eng katta darajaga yetadi va keyin asta sekin kamayadi, 75yoshda u 30-50 
% gacha kamayishi mumkin. 
Osteoporoz suyakning rezorbtsiyasi va uni hosil bo’lishi orasidagi dinamik 
muvozanatni buzilishi tufayli yuzaga keladi. Ushbu muvozanat ko’pgina endogen: 
jinsiy gormonlar,qalqonsimon bez oldi gormoni, o’sish gormoni, kortikosteroid, 
kaltsitonin, vitamin D va uning metabolitlari, osteoklastlar faolliklarini 
boshqaruvchi maxsus oqsillar (osteoprotegeparin va boshqa), sitokininlar, kaltsiy 
ionlari bilan boshqariladi. Bundan tashqari suyaklarning normal massasi va 
tuzilishini saqlanishida mexanik yuklamalar va nasliy omillar muxim rol o’ynaydi. 
Osteoporozda ijobiy ta’sir ko’rsatadigan dori vositalar quyidagi guruhlarga 
bo’linadi. 
I. 
Gormonlar, ularning analoglari va hosilalari. 
1. 
Jinsiy gormonlar (esterogen, androgen) 
2. 
Kaltsitoninlar 
II. 
Vitamin D
3
ning faol metabolitlari va unumlari ( alfakaltsidiol, kaltsitriol) 


- 710 -
III. 
Xayvon maxsulotlaridan tayyorlangan dori vositalar (ossein gidroksiapatit) 
IV. 
Sintetik birikmalar 
1. 
Bisfosfonatlar (etidronat, pamidronat, alendronat va boshqalar) 
2. 
Ftoridlar (natriy ftoridi, natriy monoftorfosfati) 
3. 
Kaltsiy tuzlari ( kaltsiy karbonati, sitrati va boshqalar) 
4. 
Strontsiy tuzlari (strontsiy ranelati) 
5. 
Anabolik steroidlar (retabolil, fenobolin) 
Yuqorida qayd etilgan moddalarning farmakoterapevtik samarodorligi 
ularning suyak hosil bo’lishi va ularning rezorbtsiyasi orasidagi buzilgan 
muvozanatni qay darajada tiklash xossalari bilan bog’liqdir. Dori vositalarning 
asosiy yo’nalishidan kelib chiqqan xolda ularni quyidagicha tasniflash mumkin. 
Suyak to’qimasini rezorbsiyasini 
to’xtatuvchi vositalar 
Suyak to’qimasini hosil bo’lishi va 
mineralizatsiyasiga imqoniyat yaratuvchi 
vositalar 
Esterogenlar,
Kaltsitonin,
Bifosfonatlar 
Ftor dori vositalari 
Anabolik steroidlar 
Ossein gidroksiapatit 
Kaltsiy tuzlari
1
Strontsiy tuzlari, 
vitamin D
3
1
ning faol metabolitlari va unumlari 
Osteoporoz odatda qari yoshdagi insonlarda rivojlanadi va asosan jinsiy 
gormonlar ishlab chiqarilishini kamayishi bilan bog’liq. Osteoporoz bilan ko’proq 
50-55 yoshdagi va undan kattaroq yoshdagi ayollar xastalanadilar. Bu menopauza 
davrida quzatiladigan esterogenlar yetishmovchiligi bilan bog’liq. Osteoporoz 
rivojlangan ayolarning 1/3-1/6 da suyaklarning sinishi kuzatiladi.
Ushbu holatlarda asosiy profilaktik vosita bo’lib,esterogenlar hisoblanadi. 
Ularni 5-10yil davomida qo’llab turish lozim. Estrogenlar osteoklastlarga salbiy 
ta’sir ko’rsatib, suyak to’qimasining rezorbtsiyasini kamaytiradilar. 


- 711 -
Bunda ko’krak bezi va bachadon rakining rivojlanishini ko’payishi 
tahminini inobatga olib, esterogenlarni gestagenlar bilan birgalikda qo’llash 
maqsadga muvofiq xisoblanadi. 
Ularni birgalikda qo’llash, qayd etilgan xavfli o’smalarning rivojlanish 
xavfini kamaytiradi deb xisoblandi. Menopauzadan keyingi osteoporozda vitamin 
D
3
ning faol metabolitlari, bisfosfonatlar, kaltsitonin, strontsiy tuzlari va suyak 
to’qimasi rezorbtsiyasini susaytiruvchi va uning hosil bo’lishini rag’batlantiruvchi 
boshqa dori vositalar ham qo’llanadi. Kaltsiy gomeostazini tabiiy 
boshqaruvchilardan biri bo’lib kaltsitonin gormoni xisoblanadi (qalqonsimon 
bezning maxsus hujayralari ishlab chiqaradi). Uning ta’siri asosan suyak 
to’qimasiga yo’naltirilgan: u osteoklastlar faolligini pasaytirib suyak 
rezorbtsiyasini kamaytiradi. Kaltsitoninni turli dori vositalari yaratilgan: 
sintetikinson kaltsitonini (sibakaltsin), cho’chqaning kaltsitonini (Kaltsitrin), 
lososni sintetik kaltsitonini (miakaltsik), ilon-baliq kaltsitonini (elkatonin). 
Tibbiyot amaliyotida miakaltsik keng ko’p qo’llaniladi. U teri ostiga, mushak 
ichiga va intranazal(sprey) kiritiladi. Kaltsitonin qonda kaltsiy miqdorini 
kamaytirganligi sababidan, kaltsiy tuzlarini qo’shimcha kiritish lozim. 
Miakaltsikni menopauzadan keyingi, senil, kortikosteroidlar ta’sirida yuzaga 
kelgan osteoporozda qo’llaniladi. Kaltsiy almashinuviga ta’siridan tashqari, 
kaltsitonin yaqqol og’riq qoldirish xossasiga ham egadir. Shu sababli kaltsitonin 
dori vositalarini og’riq bilan kechuvchi osteoporozlarda qo’llash maqsadga 
muvofiqdir. 
Noxush ta’sirotlari ko’pgina bo’lib, ko’ngil aynishi, ishtahani pasayishi, terining 
qizarishi va boshqalar kuzatilishi mumkin. Bir qancha bemorlarda dori vositaga 
rezistentlik rivojlanadi ( antitelolar hosil bo’lishi yoki miokaltsik ta’sir etuvchi 
retseptorlarni kamayishi tufayli) 
Davolashni tanaffus bilan o’tkazilsa dori vositaga chidamlilik rivojlanish 
extimoli kamayadi. Bu borada har-xil manbaalardan olingan dori vositalarni 
qo’llash mumkin. Teriparatidni (inson paratireoid gormoni aminokislotalardan 
tashkil topgan qismi PTGI-34) kichik dozada, bo’lib-bo’lib qo’llanganda 


- 712 -
osteoblastlarni rag’batlantiradi va suyak trabekulalarini zichligini oshirib, 
osteoporozning kechishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.Ammo bu ma’lumotlar 
qo’shimcha tekshiruvlarni talab qiladi.
Kaltsiyni boshqarishda vitamin 

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   409   410   411   412   413   414   415   416   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish