O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet412/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   408   409   410   411   412   413   414   415   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

kannabiod retseptorlarini (SV-1) qamallovchilarga 
mansub bo’lgan, yangi tipi taklif qilingan. Bu guruhning birinchi dori vositai 
pirazol hosilasi – rimonabant (akomplia) hisoblanadi. Dori vositani biologik 
o’zlashtirilish darajasi yaxshi. Yarim ajralish davri(t
1/2
) tana massasi indeksiga 
bog’liq (6-9dan 16 kungacha). Zardob oqsillari bilan 100% bog’lanadi. Jigarda 
metabolizmga uchraydi. Tahminan 86% ichak va 3% buyrak orqali ajraladi. 
Rimonabantni bemorlar yaxshi qabul qiladilar. Asosiy noxush ta’siroti – ko’ngil 
aynishi, ich ketishi, bosh aylanishi, depressiya holatlari va boshqalar. 


- 707 -
Yog’ to’qimasining adipotsitlarida β
3
- adrenoretseptorlar mavjud ekanligini 
ixtiro qilinishi va ularni lipoliz va termogenezga rag’batlantiruvchi ta’sirini 
aniqlanishi ushbu retseptorlar antagonistlari semizlikni davolash vositalarini 
yaratish bo’yicha izlanishlarga sabab bo’ldi. Bu tipdagi dastlabki dori vositalar 
yaratildi va ular klinik sinovlardan o’tkazildi. Ushbu dori vositalarni qo’llash 
bemorlarning yuqori tana vaznini kamaytiradi.Ammo ushbu dori vositalarni 
semizlikni davolashdagi kelajagini baxolash ancha qiyin. 
Semizlikni davolashni yo’llaridan biri bu ichak dan yog’larni so’rilishini 
kamaytirish hisoblanadi. Bu ovqat tarkibidagi yog’larni so’rilishi uchun zarur 
lipaza fermentlarini ingbitsiyalash hisobiga amalga oshirilishi mumkin.Shunday 
dori 
vositalardan 
biri 
orlistat (ksenikal) xisoblanadi. U me’da va ichakda lipazani qaytmas bloklaydi va 
shu tufayli ovqat tarkibidagi triglitseridlarni erkin yog’ kislotalari va 
monoglitseridlargacha gidroliziga to’sqinlik qiladi.Dori vositani kuniga 3 marta 
ichilganda yog’larni (triglitserid va xolesterin) so’rilishi tahminan 30% ga 
kamayadi. Bunda yog’da eruvchi vitaminlarni so’rilishi birmuncha buziladi. 
Orlistatni o’zi juda kam darajada abtsorbsiyalanadi. Dori vositaning 83% ichak 
orqali o’zgarmagan holda ajraladi. Buyrak orqali 2% modda ajraladi. Orlistat 3-5 
kunda to’liq eliminatsiyalanadi. Noxush ta’sirlar kam darajada yuzaga keladi va 
asosan ozuqa tarkibidagi yog’larni miqdoriga bog’liq. Odatda bular tez-tez 
defekatsiyaga, qorinda og’riq, qaytqilish , ko’ngil aynish , diareya. 
Bundan tashqari MIT dan yomon so’riladigan yoki kaloriyasi past bo’lgan 
yog’lar o’rniga ishlatiladigan moddalar qo’llaniladi.Organoleptik xossalari va 
konsistentsiyasi bo’yicha yog’larni eslatadi va shu sababdan pazandalikda 
muvafaqqiyat bilan qo’llanmoqda. Ana shunday dori vositalardan biri ichakdan 
umuman so’rilmaydigan olestra hisoblanadi. U 6-8 ta yog’ kislotalari ko’rinishida 
yon bosh zanjir tutgan sukoroza poliesterinning hosilasidir. 
Olestra yog’da eruvchi vitaminlarni so’rilishini (shuning uchun uning 
tarkibiga A,D,E,K vitaminlari qo’shiladi) hamda xolesterin va safro kislotalarini 
absorbtsiyasini kamaytiradi. Qonda ZPLP miqdorini tushiradi.


- 708 -
Noxush ta’siri : qorin soxasida spastik og’riqlar, diareya.
Ozuqalarni quvvatini kamaytirish uchun ancha vaqtdan beri qandni qabul 
qilishni cheklash yoki uning o’rniga uglevod bo’lmagan (saxarin, aspartamga 
o’xshash) ta’mi shirin bo’lgan past kaloriyali va MITdan so’rilmaydigan moddalar 
tavsiya etilgan. Bu juda ham samarador yo’l ,chunki uglevodlar (glyukoza) 
organizmda yog’lar sintezining muhim manbaaidir. Semizlikni davolash uchun 
yangi vositalarni yaratish asosan anoreksigen faollikka ega moddalar qatorida olib 
borilmoqda. Jumladan yog’ to’qimasi hujayralaridan ishtahani susaytiruvchi 
leptin 
garmonini ajratilishi rekombinant leptinni yaratilishiga olib keldi. Semizlikka 
duchor bo’lganlarda uni qo’llash tana vaznini kamayishiga imkoniyat tug’diradi. 
Ammo bunday natija faqat endogen leptin yetishmovchiligida kuzatilgan. Tana 
vaznini boshqarishda ishtahani oshiruvchi 
neyropeptid Y 
ning katta ahamiyati 
aniqlangan. Shu sababli ushbu peptid antagonistlarini yaratishda jadal izlanishlar 
olib borilmoqda. 

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   408   409   410   411   412   413   414   415   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish