O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet414/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   410   411   412   413   414   415   416   417   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

D

ning faol metabolitlari va unumlari 
kaltsi-triol, 
alfakaltsitriol muxim ahamiyatga ega. U ichaklardan kaltsiy va fosforni 
so’rilishiga, buyrak naychalaridan kaltsiyni reabsorbtsiyasiga imkoniyat tug’diradi. 
Bundan tashqari kaltsiy va fosforni suyaklardan qon zardobiga o’tishini 
rag’batlantiradi. 
Qon 
zardobining 
to’yinishidan 
keyin 
suyaklarning 
mineralizatsiyasi 
kuzatiladi. 
Yuqorida 
qayd 
etilgan 
dori 
vositalar 
gipokaltsimeyada, hamda osteoporozda qo’llaniladi. 
Kaltsitriol ichakdan yaxshi so’riladi. Qonda tahminan 10 s dan keyin 
kaltsiy ionlari miqdori maksimal ortishi kuzatiladi.Ta’sir davomligi 3-5 kun. 
Jigarda metabolizmga uchrab safro tarkibida ichakka ajraladi. Uni ichiladi va 
tomirga kiritiladi. 
Shunga o’xshash xossalarga alfakaltsidol ega. Ammo u kaltsitriolga 
nisbatan xaddan tashqari giperkaltsimeyaga kamroq olib keladi. Osteoporozda 
xayvonlarning suyak to’qimasidan olinadigan ossein-gidroksiapatit (osteogenon) 
kompleks dori vositasi ham qo’llaniladi. U osteoblastlarni faollashtirib, suyak hosil 
bo’lishini rag’batlantiradi, hamda osteoklastlarni ingibitsiyalab suyaklarni so’rilib 
ketishiga qarshilik ko’rsatadi. Lekin dori vositaning bunday ta’sir mexanizmi 
aniqlik kiritilishini talab qiladi. Noxush ta’sirlari deyarli yo’q. Odatda boshqa dori 
vositalar bilan birgalikda qo’llaniladi. 
Vitamin D

ning faol metabolitlari hamda kaltsiy tuzlari hosilalarining 
osteoporozda shifobaxsh ta’sir mexanizmlari aniq emas. Shubhasiz ushbu dori 
vositalar suyakni mineralizatsiyalanishuviga imqoniyat yaratadi, ammo bazi 
mualliflar ular antirezorbtiv ta’sir ko’rsatadilar deb xisoblaydilar. 
Boshqa dori vositalarning tuzilishini tegishli bo’limlarda keltirilgan (osteoporozda 
qo’llaniladigan). Osteoporozni davolashda sintetik dori vositalar ham ishlatiladi. 
Pirofosfor kislota hosilalaridan bisfosfonatlar (etidronat, pamidronat, alendronat va 
boshqa) keng ko’lamda qo’llanmoqda. Ushbu moddalar suyakning gidroksiapatiti 


- 713 -
kristallari bilan mustaxkam bog’lanadilar va kimyoviy hamda biologik 
barqarorliklari tufayli suyak to’qimasida ko’p oy va yillar saqlanadi. Suyak 
rezorbtsiyasida bisfosfonatlar lokal ajraladilar. Bunda ular osteoklastlarning 
faolligini va sonini kamaytirib, suyak rezorbtsiyasini tezligini kamaytiradi. 
Bisfosfonatlar osteoblastlarga ham ta’sir etadi va ularni osteoklastlarga 
rag’batlantiruvchi ta’sirini kamaytiradi 
Suyaklar kaltsifikatsiyasini, amaliy nuqtai nazardan, susaytirmaydigan va 
osteomalyatsiya rivojlantirmaydigan (masalan, alendronat) bisfosfonatlar eng ko’p 
qiziqish uyg’otdi. Shunday dori vositalarni nafaqat qisqa muddat balki davomli 
vaqt uzluksiz qo’llaniladi. 
Bisfosfonatlar ovqat hazm qilish traktidan yomon so’riladi (<10%) shu 
sababli ularni nahorda (och qoringa) qabul qilish kerak. So’rilgan moddalarning 
tahminan yarmi suyaklarda depolanadi, qolgan qismi o’zgarmagan holda buyrak 
orqali ajraladi. Dori vositalarni parenteral kiritish mumkin (vena tomiriga infuziya 
yo’li bilan). Bemorlar ularni yaxshi qabul qiladilar. Nojo’ya ta’sirlardan 
pamidronatda maxalliy ta’sirlash kuchli darajada namoyonligidan uni faqat 
parenteral yo’l bilan kiritiladi. Etidronat suyaklarni mineralizatsiyasini buzib 
osteomalyatsiyaga olib kelishi mumkin. Bu ma’noda II- va III- avlod 
bisfosfonatlari xavfsizroqdir. Jumladan alendronat katta dozalarda kuchsizroq 
darajada ta’sirlantirish xossasini namoyon qiladi, lekin bu uni davomli enteral 
qo’llanilishiga xalaqit bermaydi. 
Bisfosfonatlar nafaqat osteoporozda, balki Pedjetning suyak xastaligi, 
giperkaltsimiya, giperparoteriozda, hamda suyaklarning o’simtali xastaliklar 
tufayli jarohatlanishlarida qo’llaniladi. Asosan oxirgi xastalikda ayniqsa osteoliz 
og’riqlar bilan kechadigan holatlarda qo’llaniladigan dori vositalarning biri bu 
klodronat natriydir (bonefos) 
Ovqat hazm qilish traktidan u yomon so’riladi. Qonga o’tish darajasi 1-2% 
shu sababli dori vositaning katta konsentratsiyasini hosil qilish uchun uni vena 
tomiriga kiritiladi. U to’qimalarda tez tarqaladi. Suyaklarga yuqori darajada 
yaqinlikka ega. Organizmdan buyrak orqali (70% o’zgarmagan modda 1 kun 


- 714 -
davomida) ajraladi. vena tomiriga kiritiladi va ichiladi. Dori vositani bemorlar 
yaxshi qabul qiladilar.
Noxush ta’sirlari sifatida ko’proq dispepsiya ( ko’ngil aynish, qayt qilish, 
og’riq, diareya va boshqa) kuzatiladi. Suyaklar mineralizatsiyasini etidronatga 
nisbatan kamroq buzadi. 
Dinatriypamidronat (aredia) dori vositai ham asosan suyak to’qimasiga metastaz 
beruvchi ko’pgina xavfli o’simtalar (ko’krak bezi, nafas yo’llari raki, mielom 
xastaligi va boshqa), osteoliz va giperkaltsimeyada qo’llaniladi. Dori vosita 
suyaklarning rezorbtsiyasini susaytiradi va qon zardobida kaltsiy ionlarinini 
kamaytiradi. Bu o’sma ta’sirida suyaklarning shikastlanishini susaytiradi, og’riqni 
kamaytiradi. Dori vositani tomirga infuziya qilish yo’li bilan kiritiladi. Noxush 
asoratlar ko’rinishida isitmalash, dispeptik o’zgarishlar, mialgiya, limfotsitopeniya, 
anemiya, gipokaltsemiya, gipofosfatemiya, gipomagnemiya, allergikreaktsiyalar va 
boshqalar rivojlanishi mumkin. 
Uzoq vaqtdan beri qo’llanilishiga qaramay osteoporozlarda ftoridlarni 
qo’llash maqsadga muvofiqligi xaqida yaqqol fikr shu vaqtgacha yo’q. Shunga 
qaramay ko’pgina klinistlar ma’lum bir ijobiy siljish kuzatilishini inobatga olib 
ushbu dori vositani qo’llashni davom ettirmoqdalar. Bunday holat ularni 
osteoblastlarni rag’batlantirish va ularni proliferatsiyasini kuchaytirish bilan 
bog’liq. Terapevtik ta’sir kengligining katta emasligi ftoridlarni qo’llashni 
cheklovchi omillardan biridir. Bundan tashqari ular ko’pgina noxush asoratlarga 
egadirlar: suyak to’qimasining jarohatlanishi (flyuoroz), ovqat hazm qilish 
traktining (ko’ngil aynishi, qayt qilish, qon ketishi) shikastlanishi, og’riq, 
osteomalyatsiya va boshq. Ftoridlar guruhida eng kam zahar dori vosita natriy 
monoftor-fosfat xisoblanadi.
Osteoporozni davolashda strontsiy ranelat (bivalos) yangi dori vositadir. U 
suyaklar hosil bo’lish jaroyonini rag’batlantiradi va uni rezorbtsiyasini susaytiradi. 
Ovqat hazm qilish traktidan yaxshi so’riladi. Biologik o’tish darajasi 27% 
atrofida. Dori vositani bemorlar yaxshi qabul qiladilar. Bazan ko’ngil aynish, 
diareya, bosh og’rig’i kuzatiladi. Strontsiy ranelatni tabobatda qo’llashga ruxsat 


- 715 -
berilgan. Ammo dori vositani keng klinik sinovlardan o’tkazish talab etiladi, 
ayniqsa uni xavfsizligini. 
Anabolik steroidlar suyak to’qimasining massasini oshiradilar va shu tufayli 
osteoporoz rivojlanishini to’xtatadi, ammo shu bilan bir qatorda ko’pgina noxush 
holatlar yuzaga keladi( maskulinizatsiya, qon zardobida zichligi past lipoproteidlar 
miqdorini ortishi, zichligi yuqori bo’lgan lipoproteidlarni kamayishi, jigar 
funktsiyasining buzilishi va boshq). Shu tufayli ularni qo’llash cheklangan 
(ayniqsa postmenopauza davridagi ayollarda). Takidlash joizki osteoporozlarda 
ko’pincha ta’sir mexanizmi har- xil bo’lgan moddalarni birgalikda qo’llaniladi. 
Kombinatsiyalangan davolashda ko’proq ishlatiladigan tarkibiy qism bo’lib kaltsiy 
tuzlari xisoblanadi. 
Ushbu patologiyani davolashga bevosita aloqasi bo’lmagan ba’zi dori 
vositalar kaltsiy ionlari balansiga ta’sir ko’rsatishi mumkinligini inobatga olish 
ahamiyatga ega. Jumladan tiazid guruhidagi peshob haydovchi vositalar kaltsiy 
ionlari 
ekskretsiyasini 
kamaytiradi 
(buyrakning 
distal 
naylarda 
ularni 
reabsorbtsiyasini oshirish xisobiga bo’lsa kerak). Osteporozda tiazidlarni davomli 
qo’llanilsa (oylab) ular suyak zichligini oshirib ularning tez-tez sinishini 
kamaytiradilar. Diuretiklarning boshqa namunasi furosemid peshob ajralishini 
kuchli darajada oshirishi bilan bir qatorda Genle qovuzlog’ining ko’tariluvchi 
qismida kaltsiy ionlarini rezorbtsiyasini kamaytiradi va natijada kaltsiy ionlarini 
ajralishini oshiradi. Etakrin kislotasi ham xuddi shunday ta’sirga ega. Demak, turli 
xil peshob haydovchi vositalar kaltsiy ionlarini almashunuviga bir xil ta’sir 
etmaydi 

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   410   411   412   413   414   415   416   417   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish