O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov


Erkaklarning jinsiy bezlari gormonlari dori vositalari



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet404/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   400   401   402   403   404   405   406   407   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

Erkaklarning jinsiy bezlari gormonlari dori vositalari 
(androgenlar
1
) va antiandrogen vositalar 
Erkaklar jinsiy bezlaridagi Leydig (moyak glandulotsitlari) interstitsial 
hujayralari 
testosteron 
gormonini 
(steroid 
tuzilishli) 
ishlab 
chiqaradi. 
Testosteronning talaygina qismi ko‘pgina a'zolarda (masalan prostata bezi) 
degidrotestosteronga 
aylanadi. 

hujayra 
ichida 
joylashgan 
androgen 
retseptorlariga eng ko‘p affinitetga egadir. Androgenlarni retseptor ta'sir prinsipi 
boshqa steroidlarnikidek (bir xil).
Testosteron ta'sirida jinsiy a'zolar va ikkilamchi belgilar rivojlanadi, 
spermatogenez nazorati amalga oshiriladi. Testosteron oqsil sinteziga yordam berib 
(anabolik

ta'sir) oqsil olmashinuviga kuchli ta'sir ko‘rsatadi, buyrak naychalarida 
suvni, kalsiy, natriy, xlor ionlari va boshqalarni reabsorbsiyasini kuchaytiradi. 
Testosteron ishlab chiqarish gipofizning oldingi bo‘lagining gonadotrop 
(lyuteinizatsiyalovchi) gormoni bilan boshqariladi. Jigarda testosterondan 
(peshobda aniqlanadigan) androsteron (10 marta kam faol) hosil bo‘ladi. Qon 
zardobida aylanib yuruvchi testosteronning tahminan 65% jigarda sintezlanuvchi 
spetsifik globulin bilan bog‘langan bo‘ladi.
Androgenlarning faolligi ba'zan biologik yo‘l bilan aniqlanadi. Sinalayotgan 
dori vosita axta qilingan xo‘rozga kiritiladi va atrofiyaga uchragan toji 
soqolchasining tiklanishi kuzatiladi. Bitta ta'sir birligi (1 TB) faolligi bo‘yicha 0,1 
mg kristallik androsteronga mos keladi.
Tabobat amaliyotida sintetik (kimyoviy tuzilishiga qarang) yo‘l bilan 
olinadigan testosteronning efirlari: t e s t o s t e r o n p r o p i o n a t va t e s t e n a t 
(testosteron enantat) keng qo‘llaniladi. Ikala dori vosita kuchli androgenlik va 
anabolik faollikka egadir. Testenat testosteron propionatdan ta'sirining asta-sekin 
rivojlanishi, ammo anchagina davomliligi bilan farq qiladi. Testosteron propionatni 
ikki kunda 1 marotaba, testenatni esa 3-4 haftada 1 marta kiritiladi. Ikkala dori 


- 685 -
vositani ham yog‘li eritma shaklida mushakka kiritish uchun chiqariladi. 
Ichilganda ular kam samarador, chunki jigarda tez parchalanadi.
Sintetik androgen bo‘lgan m e t i l t e s t e r o n kimyoviy tuzilishi va biologik 
ta'siri bo‘yicha xuddi testosteronga o‘xshash, ammo faolligi bo‘yicha undan bir 
necha marta sustroq. 
Metiltestosteronning ustunligi uni ichilganda ham samarador ekanligidadir. 
Uni tabletkasini til ostiga (sublingval) tamomila so‘rilib bo‘lguncha saqlash eng 
ratsional (maqul) dir.
___________________________________________ 
1
Grekchadan andros -erkak kishi, genos – urug‘ 
2
Grekchadan anabole - ko‘tarilish 
Androgen faollikka ega bo‘lgan dori vositalarni erkaklar jinsiy bezlari 
funksiyasining yetishmovchiligida (jinsiy yetilmaganlik, impotensiya va boshqa 
buzilishlarda) hamda ayollarning sut bezlari va tuxumdonlar rakida, dismenoreya, 
klimakterik (60 yoshgacha) buzilishlarda qo‘llaniladi. Androgenlar noxush 
ta'sirotlar chaqirishlari mumkin. Ayollarda muskulinizatsiyalovchi
1
ta'sir 
(virilizm
2
) tovushni dag‘allashishi, tuklarni erkakcha tipda o‘sishi va boshqalar. 
Organizmda ortiqcha suv va natriy ionlarini ushlanib qolishi mumkin. 
Metiltestosteron ta'sirida sariqlik rivojlanishi mumkin.
___________________________________________ 
1
Lotinchadan masculinus - erkakcha 

Lotinchadan virilis - erkaklarga xos 
Androgen gormonlarning antagonistlari ham yaratilgan. Umuman olganda 
testosteron ishlab chiqarilishi gipotalamus gormon dori vositasi gonodorelin yoki 
uning sintetik analogi leuprorelin yordamida, agar organizmda ularni doimiy katta 
konsentratsiyalarini hosil qilish (dozalashning bunday uslubida ular gipofizning 
oldingi bo‘lagining gonodotrop gormonlarini hosil bo‘lishini to‘xtatadilar) bilan 
kamaytirish mumkin. Ushbu dori vositalarni prostata bezining giperplaziyasida 
qo‘llash mumkin. 


- 686 -
Androgenlar biosintezini keskin to‘xtatish qobiliyatiga zambrug‘larga qarshi 
vositalar ketokonazol va uning analoglari (steroidlar sintezida qatnaShuvchi P-450 
sitoxromini qamal-lash hisobiga) hamda s p i r o n o l a k -ton egadir.
Ammo androgenlar antagonistlari sifatida ikki guruh moddalar eng ko‘p 
diqqatga sazovordir.
1) androgen retseptorlarning qamallovchilar (siproteron atsetat, flutamid); 
2) 5α- reduktaza ingibitorlari, testosteronni degidrotestosteronga aylanishini 
susaytiruvchilar (finasterid). 
Siproteron atsetat progesteronning hosilasi bo‘lib, steroidlarga mansubdir. 
Periferik to‘qimalardagi testosteronga (digidrotestosteronga) sezgir «Nishon» 
androgenlar retseptorini qamal qilib, dori vosita spermatogenezni to‘xtatadi. Uni 
kiritishni to‘xtagandan keyin spermatogenez 4 oydan keyin tiklanadi. 
MNS dagi androgen retseptorlarini qamallab, u jinsiy hissiyotni susaytiradi 
va impotensiyaga olib kelishi mumkin. Antiandrogen ta'siridan tashqari siproteron 
atsetat arzimagan gestagenlik faolligiga ega ekanligi gonadotrop gormonlarni va 
Shu tufayli erkaklar jinsiy bezlaridan androgenlar ishlab chiqarilishini 
kamaytirishiga sabab bo‘ladi. Qon zardobida testosteron bilan bir qatorda 
lyuteinizatsiyalovchi va follekulo rag‘batlantiruvchi gormonlar miqdori ham 
kamayadi.
Siproteron atsetat ayollardagi og‘ir girsutizm, akne prostata bezining 
giperplaziyasi, erkaklarda juda kuchayib ketgan jinsiy intilishni davolashda 
qo‘llaniladi.Finasterid 5α-re-duktaza ingibitorlaridan biri hisoblanadi. Kimyoviy 
tuzilishi bo‘yicha bu geterotsiklik steroid (4- azasteroid)dir. Yuqorida nomi qayd 
etilgan ferment testosteronni degidrotestosteronga aylanishiga yordam beradi, bu 
ko‘pincha to‘qimalarda masalan, prostata bezi, sochlar follikulasida muntazam 
kechadi. Prostataning giperplaziyasida digidrotestosteron miqdori ko‘payib ketishi 
haqida ma'lumotlar mavjud. Digidrotestosteronning prostata bezidagi androgen 
retseptorlari bilan bog‘lanishi bezning gipertrafiyasiga sharoit yaratuvchi o‘sish 
omilini hosil bo‘lishini kuchaytiradi. Hujayra yadrosi membranasida joylashgan 
5α- reduktazaning raqobatli ingibitorlari bo‘lgan finasterid prostata bezining 


- 687 -
hujayralari 
ichidagi 
va 
qon 
zardobidagi 
digidrotestosteron 
miqdorini 
kamaytiradi.Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasini davolash uni qo‘llashga 
asosiy ko‘rsatmadir. Dori vosita bezning hajmini kamaytiradi va tahminan 1/3 
bemorlarda peshob ajratish jarayonini yaxshilaydi. Jinsiy mayllik va libidoga 
odatda ta'sir ko‘rsatmaydi. Ovqat hazm qilish traktidan dori vosita yaxshi so‘riladi 
(tahminan 60%). Jigarda parchalanadi. t
½ 
~ 8 soat. Ta'siri 24 soat davomida 
saqlanadi. Buyrak va ichak orqali ajraladi. Ushbu patologiyada 5α – reduktaza 
ikkala izoformasini faolsizlashtiruvchi dutasterid (avodart) juda ham samarador 
(finasterid ko‘roq 2-tipini faolsizlashtiradi). 

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   400   401   402   403   404   405   406   407   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish