O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet405/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   401   402   403   404   405   406   407   408   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

12.2.4. Anabolik steroidlar 
Yuqorida qayd etilganidek, androgenlar oqsil sintezini kuchaytiradilar, ya'ni 
anabolik faollikka egadirlar. Bu skelet mushaklari, qator parenximatoz a'zolar, 
suyak to‘qimasi vaznini ortishida namoyon bo‘ladi. Tananing umumiy vazni bunda 
ortib ketadi. Organizmdan azot, fosfor va kalsiyning ajralishi sekinlashadi. 
Erkaklar jinsiy bezlari gormon dori vositalarining androgenlik faolligi ularning 
anabolik ta'siridan foydalanishni cheklaydi. Shu sababli and-rogen faolligi kuchsiz 
anabolik xossalari ortiqroq bo‘lgan sintetik vositalar yaratilgan. Ular steroid 
brikmalardir. Ushbu brikmalarning asosiy biologik ta'siridan va tuzilishidan kelib 
chiqqan holda ularni anabolik steroidlar deb atashgan. Ushbu dori vositalar 
faolligini biologik yo‘l bilan aniqlash mumkin. Ushbu uslublardan biri axta 
qilingan kalamushlarning m. levator ani massasini ortishini aniqlashga asoslangan. 
Tabobat amaliyotida qator anabolik steroidlar qo‘llaniladi. Faol va davomli ta'sir 
ko‘rsatuvchi dori vositalarga fenobolin (nandrolon fenilpropionat, durabolin, 
nerobolil) va retabolil (nandrolon, dekanoat, dekadurabolin) mansubdir. Fenobolin 
7-15 kun, retabolil – 3 hafta ta'sir ko‘rsatadi. Ularning ta'siri asta sekin rivojlanadi 
(fenobolinniki 1-2 kundan keyin, retabolilniki 2-3 kundan keyin). Dori 
vositalarning yog‘li eritmalari mushakga kiritiladi. Metandrostenolon (dianabol, 
nerobol) davomsiz ta'sir ko‘rsatadi. Uni tabletkalar ko‘rinishida 1 kunda 1-2 marta 
beriladi Boshqa anabolik steroidlar – oksandrolon, stanozol, etilestrenol, silabolin 
ham sintezlangan. Anabolik steroidlar oqsil sinteziga imkoniyat tug‘diradilar. 


- 688 -
Ularni qo‘llaganda ishtaha yaxshilanadi, tana vazni ortadi. Osteoporozda 
suyaklarning kalsifikatsiyasi tezlashadi. Ushbu moddalar regeneratsiya jarayoniga 
ijobiy 
ta'sir 
etadilar. 
Anabolik 
steroidlarni 
kaxeksiya, 
asteniya, 
glyukokortikoidlarni davomli qo‘llaganda, nur bilan davolashdan so‘ng, 
osteoporozda, regeneratsiya jarayonlarini kuchaytirish uchun (masalan suyaklar 
singanda) qo‘llaniladi. Qayd etilgan dori vositalarni qo‘llaganda ularning gormonal 
faolliklari bilan bog‘liq bo‘lgan noxush ta'sirlarni rivojlanishi mumkin. Ayollarda 
maskulinizatsiyalovchi ta'sirot odatda kamroq darajada namoyon bo‘ladi. Ko‘ngil 
aynash, shishlar, suyaklarda ortiqcha kalsiy to‘planishi, ba'zan jigar funksiyasining 
buzilishi mumkin. Anabolik steroidlarni homiladorlik, emizish davrida, prostata 
bezining raki, jigar xastaliklarida qo‘llash taqiqlangan. 

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   401   402   403   404   405   406   407   408   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish