O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov


Estrogen va antiestrogen dori vositalar



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet401/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   397   398   399   400   401   402   403   404   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

Estrogen va antiestrogen dori vositalar 
Kimyoviy tuzilishi jihatidan estrogen
1
dori vositalar steroid (tabiiy gormonlar 
va ularning hosilalari) va nosteroid (sintetik dori vositalar) birikmalarga 
bo‘linadilar. (8 jadvalga va kimyoviy tuzilishiga qarang). 
Steroid tuzilishli 
estrogenlardan
tibbiyot amaliyotida homilador ayol yoki homilador jonivorlar 
peshobidan olinadigan estron (follikulin), hamda estradiol qo‘llaniladi.
Estradiolni benzoat, dipropionat, valeriat bilan efir ko‘rinishida ishlatiladi. 
Estradiol dipropionat estrondan faolliroq va anchagina davomliroq ta'sir etadi. 
Agar estronni har kuni kiritilsa, estradion dipropionatni 2-4 kunda bir marta 
kiritiladi.. Estron va estradiolning efirlarining moyli eritmalarini mushak ichiga 
kiritiladi. Ichilganda ular samarasiz, chunki jigarda tez parchalanadi.
Nomi yuqorida qayd etilgan vositalardan yarim sun'iy dori vosita etinilestradiol 
(mikrofollikulin) tubdan farq qiladi. U eng faol estrogen. Agar estron ning 
faolliligini 1 deb hisoblansa etinil estradiol faolligi 50 ga mos keladi. Bundan 
tashqari, etinilestradiol ichilganda ham samarador, chunki etinil guruhi uni jigarda 
parchalanishdan saqlaydi. Dori vositaning ta'siri davomli emas (kuniga 1-2 marta 
qabul qilinadi). Yarim sintetik estrogen bo‘lgan mestranol organizmda 
etinilestradiolga aylanadi. U ichiladi. U ko‘pincha kontratseptivlar tarkibiga 
kiradi. Enteral yo‘l bilan kiritilganda nosteroid tuzilishli, estrogenlik faollikka ega 
bo‘lgan sintetik vositalar ham samradordirlar. Ulardan biri geksan hosilasi 
bo‘lgan s i n i s t r o l (geksestrol)dir. Faolligi bo‘yicha u estrondek. Uni ichiladi 
va mushakga kiritishga (tavsiya etiladi) buyuriladi. 
 
Jinsiy gormonlar, ularning dori vositalari, sintetik analoglari va ularni o‘rin 
bosuvchilari, antagonistlari. 
Guruh 
Estrogenlar va 
ularning 
antagonistlari 
Gestagenlar 
va 
ularning 
antagonistlari 
Androgenlar va 
ularning 
antagonistlari 


- 676 -
Tabiiy gormonlar va 
ular 
almashinuvi 
mahsulotlari(steroidlar) 
Estradiol 
Estron 
Estriol 
Progesteron 
Pregnandiol 
Testosteron 
Androsteron 
Jinsiy gormonlar prepa 
ratlari va ularni analog 
lari (steroidlar) 
Estron 
Estradiol 
dipropionat 
Etinil estradiol 
Progesteron 
Pregnin 
Oksiprogesteron 
Kapronat 
Testosteron 
Propionat 
Testosteron 
enantat 
Metil testosteron 
Gormonal faollikka ega 
bo‘lgan 
sintetik 
vositalar (nosteroidlar) 
Sinestrol 
Jinsiy 
gormonlar 
antagonistlari 
Klomifen 
sitrat 
Tamksifen 
sitrat

Mifepriston 
(RU 486) 
Siproteron atsetat 
Flutamid 
Finasterid
** 
*Tamksifen xar-xil to‘qimalarda yo antiestrogen ta'sir (sut bezida), yo estrogen 
(suyaklar va boshqalar) ta'sir ko‘rsatadi. Bunday dori vositalarni estrogen 
retseptorlarining modulyatorlari deb ataldadi. Klomifen barcha to‘qimalarda faqat 
antiestrogen ta'sir ko‘rsatadi
** digidrotesteron sintezining ingibitori 
_________________________________________ 
1
Estrus- oqma (grekchadan oistros –xoxish istak, genos – tug‘ilish)
Estrogenlarni tuxumdonlar funksiyasini yeishmovchiligida (hayz ko‘rish 
siklini buzilishlarida –aminoreya
1
, dismenorya
2
axta qilingandan keyingi 
buzilishlarda) tug‘ruqdan keyingi davrda laktatsiya (sut ajralishini) to‘xtatish 
uchun qo‘llaniladi. Estrogenlarni (masalan, sinestrol) prostata bezi raki hamda sut 
bezi rakini (60 yoshdan katta ayollarda) kompleks davolashda qo‘llaniladi. 
Estrogenlar murakkab (kombinatsiyalangan) kontratseptiv vositalar tarkibiga 
kiradi. 
O‘rniga-o‘rin ishlatishga asoslangan gormon terapiya klimakterik buzilishlar 
yoki tuxumdonni jarroxlik usuli bilan olib tashlangan hollarda qo‘llaniladi. Bu 
maqsadda yo sof estrogen dori vosita-proginova-21 (tarkibida estradiol valerat), 
klimara (tarkibida estradiol bo‘lgan kerakli ta'sirni 7 kun ta'minlovchi plastir) yo 
estrogenlar bilan gestagenlar tutgan (gestogenlarni endometritning giperplaziyasini 


- 677 -
oldini olish uchun qo‘shiladi) dori vositalar qo‘llaniladi. Shu kabi 
kombinatsiyalangan dori vositalardan biri klimanorm (9 ta tabletkasi estradiol 
valerat, 12 ta tabletkasi estradiol valerat+levonorgestrel tutadi) hisoblanadi. Bu 
dori vositalarda estrogen va gestagenlar Shunday dozada tanlab olinganki, u 
estrogenlarning lipidlar almashinuviga, yurak-tomir va MNS ga ijobiy ta'sirini 
saqlab qolish, ularning suyaklarga antirezorbtiv ta'sirini kuchaytirish va bir 
vaqtning o‘zida endometriyni giperplastik jarayonlar rivojlanishidan himoya qilish 
imkoniyatlarini beradi.
Premenopauzada yoki yoshlik davrida tuxumdonlarni jarroxlik yo‘li bilan olib 
tashlagan hollarda odatda 2 fazali dori vositalarni uzuq-uzuq rejimda beriladi. 
Postmenapauzada uzluksiz rejimda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bu maqsad 
uchun tarkibida bir xil miqdorda estradiol valerat va yangi gestagen bo‘lmish –
modda almashinuviga ijobiy ta'siri va yaxshi o‘zlashtirilishi bilan ajralib turuvchi 
dienogest tutgan k l i m o d i e n dori vositasi mavjud. 
Klimakterik davrdagi estrogen yetishmovchiligida d i v i t r e n , d i v i n a, i n 
d i v i n (estradiol valerat va medroksiprogesteron atsetatni har xil dozalarda tutadi) 
va d i v i g ye l (transdermal gel shaklida estradiol gemigidratlar tutadi) 
qo‘llaniladi.
O‘rniga ishlatishga asoslangan gormonoterapiya nafaqat klimakterapiya 
belgilarini kamaytirish yoki bartaraf etishga imkoniyat yaratadi, balki estrogenlar 
yetishmovchiligi tufayli yuzaga keluvchi osteoporozni oldini oladi va unga 
davolovchi ta'sir ko‘rsatadi.
Estrogenlarni davomli qo‘llaganda bachadondan qon ketishi yuzaga kelishi 
mumkin. Shu bilan bir qatorda estrogenlar qon ivishini kuchaytiradi va u 
tromboemboliya rivojlanishining sababi bo‘lishi mumkin. Ba'zan shishlar 
kuzatiladi. Estrogenlar ichilganda ko‘ngil aynish, qayt qilish, ich ketish bo‘lishi 
mumkin. Erkaklarda estrogenlar feminizatsiya
3
, libidoni
4
susayishi, jinsiy 
bexollikni rivojlantiradi.60 yoshgacha bo‘lgan ayollarda jinsiy a'zolar, sut bezi 
o‘simtalari bo‘lgan hollarda estrogenlarni qo‘llash man etiladi. Endometriyada, 
bachadondan qon ketishiga moyillik bo‘lgan hollarda ham ularni qo‘llashga 


- 678 -
ko‘rsatmalar berilmaydi. Estrogenlarni buyrak, jigar xastaliklarida ehtiyot bo‘lib 
qo‘llash lozim. Keyingi yillarda amaliyot shifokorlari xazinasida yangi guruh dori 
vositalari – 
antiestrogen vositalar
paydo bo‘ldi. Ular nosteroid tuzilishli sintetik 
moddalardir. 
_______________________________________ 
1
Jinsiy voyaga yetgan (balog‘atga yetgan) qizlarda hayz ko‘rishni bo‘lmasligi. 
Grekchadan a- bo‘lmasligi, men-oy, rhco- oqadi. 
2
Hayz ko‘rishni buzilishi. Dis- (grekchadan)- funksiya buzilishini qayd etuvchi 
pristavka.

Erkaklarda ayollarning ikkilamchi jinsiy belgilarini rivojlanishi
4
Libido - lotinchadan jinsiy mayl
Ularning ta'sir prinsipi spetsifik retseptorlar bilan bog‘lanishlari tufayli 
estrogenlarga xos bo‘lgan ta'sirotlarni yuzaga keltirishdan iboratdir (3-chizma). 
Jumladan, ular gipotalamus (lyuteinizatsiyalovchi va follikulo rag‘batlantiruvchi 
rilizing omillarni ajralishi) va gipofiz (gonadotrop gormonlarni ajralishi) 
funksiyasini boshqarishda qatnashuvchi estrogen retseptorlarini qamal qiladilar. 
Bunda manfiy teskari bog‘lanish buziladi va bu sistema faollashadi. Natijada 
gonadotrop gormonlar ajralishi ortadi, bu o‘z navbatida tuxumdon o‘lchamlarini 
kattalashishiga va ular funksiyasini kuchayishiga olib keladi. Shundan kelib chiqib 
bu kabi dori vositalar masalan klomifen sitrat (klostilbegit)ni ayollar bepushtligida 
qo‘llaniladi. Bundan tashqari tamoksifen va toremifen (fareston) kabi antiestrogen 
vositalar sut bezi xavfli o‘simtasini davolashda qo‘llaniladi. 

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   397   398   399   400   401   402   403   404   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish