44
Misol.
Grizeofulvin suspenziyasidan 100 ml iga retsept yozib berilsin. 1
desert qoshiqdan kuniga 3 mahal ichish uchun buyurilsin.
Rp.: Suspensionis Griseofulvini 100 ml
D.S. 1 desert qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin. Ishlatishdan oldin
chayqatilsin!
Mavzu bo‘yicha talabalarning mustaqil tayyorlanishlari uchun topshiriqlar
I. Quyidagilarga retsept yozing:
1. Natriy bromidi (Natrii bromidum) eritmasidan 200 ml ga shunday hisob
bilan retsept yozingki, unda bemor 1 osh qoshiq eritmada 0,3
g natriy bromidi
qabul qilsin. 1 osh qoshiqdan kuniga 2 mahal ichish uchun.
2. Kaliy xloridi (Kalii chloridum) ning 10% li eritmasidan 200 ml ga. 1 osh
qoshiqdan kuniga 3 mahal ichish uchun.
3. Kaliy bromidi (Kalii bromidum) eritmasidan 180 ml ga shunday hisob
bilan retsept yozingki, unda bemor har safar ichganida 1 osh qoshiq eritmada 0,5
g kaliy bromidi qabul qilsin. 1 osh qoshiqdan kuniga 2 mahal ichish uchun.
4. Kalsiy xloridi (Calcii chlotidum) ning 10% li eritmasidan 200 ml ga. 1
osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichish uchun.
5. Natriy salitsilati (Natrii salicylas) eritmasidan 5 kunga etadigan qilib
shunday
hisob bilan retsept yozingki, unda bemor 1 osh qoshiqda 1,0 natriy
salitsilati qabul qilsin. 1 osh qoshiqdan kuniga 4 mahal ichish uchun.
6. td=5 sg bo‘lgan kofein natriy-benzoati (Coffeini natrio-benzoas)
eritmasini 12 marta qabul qilishga, 1 desert qoshiqdan kuniga 3
mahal ichish
uchun.
7. Natriy salitsilati (Natrii salicylas) eritmasiga (td=0,5 g), qoshiqlab ichish
uchun. 1 choy qoshiqdan kuniga 3 mahal, 4 kunga.
8. td=2 dg bo‘lgan kaliy bromid (Kalii bromidum) eritmasiga. 4 kunga, 1
desert qoshiqdan kuniga 3 mahal ichish uchun.
45
9. Natriy bromidi (Natrii bromidum) eritmasiga (td=5dg), 4 kunga, 1 osh
qoshiqdan kuniga 3 mahal ichish uchun.
10. td=2 sg bo‘lgan natriy bromidi (Natrii bromidum)
eritmasiga, choy qo-
shiqlarda, 4 kunga. 1 choy qoshiqdan kuniga 3 mahal ichish uchun.
11. td = 3 dg bo‘lgan ammoniy xloridi ( ammo nii chloridum) eritmasiga. 4
kunga mo‘ljallab, 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichish uchun.
12. md=5 dg bo‘lgan amidopirin (Amidopyrinum) eritmasiga, 4 kunga
etadigan qilib. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichish uchun.
13. td=5 dg bo‘lgan kaliy yodid (Kalii iodidum) eritmasiga, osh
qoshiqlarda, 4 kunga etadigan qilib. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichish
uchun.
14. td=5 dg bo‘lgan kaliy xlorid (Kalii chloridum) eritmasiga, osh
qoshiqlarda, 4 kunga etadigan qilib. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichish
uchun.
15. td=2 dg bo‘lgan kaliy bromidi (Kalii bromidum) eritmasiga, choy
qoshiqlarda, 4 kunga etadigan qilib. 1 choy qoshiqdan kuniga 3 mahal ichish
uchun.
16. td=1,5 g bo‘lgan kalsiy xloridi (Calcii chloridum)
va oddiy sirop
(sirupus simplex)
dan tashkil topgan aralashmaga, 4 kunga. 1 osh qoshiqdan
kuniga 3 mahal ichish uchun.
17. td=1 g bo‘lgan kalsiy xloridi (Calcii chloridum) va olcha siropi (sirupus
cerrasi) dan tashkil topgan aralashmaga, 4 kunga etadigan qilib, 1 desert
qoshiqdan kuniga 3 mahal ichish uchun.
18. td=0,5 bo‘lgan xloralgidrat (Chlorali hydratum)
va suv bilan teng
miqdordagi arabiy elim shilimshig‘i (Mucilago Gummi arabicum) dan tashkil
topgan aralashmani 4 marta qabul qilishga. 1 osh qoshiqdan uxlashdan oldin
ichish uchun.
19. td=0,5 bo‘lgan vismut asosli nitrati (Bismuti subnitras)
va suv bilan
teng miqdordagi o‘rik elimi shilimshig‘i (Mucilago Gummi Armeniacae) dan
46
tashkil topgan aralashmani 10 marta qabul qilishga. 1 osh qoshiqdan kuniga 3
mahal ichish uchun.
20. Levomitsetin stearati (Laevomycetini stearas) ning 5% li
suspenziyasidan 100 ml ga. 1 desert qoshiqdan kuniga 4 mahal ichish uchun.
21. Oletetrin (Oletetrinum) ning 100 ml suspenziyasiga. 1 osh qoshiqdan
kuniga 4 mahal ichish uchun.
22. Baktrim (Bactrimum) ning 200 ml suspenziyasiga. 1 choy qoshiqdan
kuniga 3 mahal ichish uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: