O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

siroplar
(
Sirupus simplex
– oddiy sirop, 
sirupus cerrasi
– olcha siropi 
va boshqalar) – suyuq dorilarning mazasini yaxshilash uchun; 
2) 
hushbo‘y (aromatik) suvlar
(
aqua Menthae
– yalpiz suvi, 
aqua 
Foeniculi
– shivit suvi) – dorilarning hidini yaxshilash uchun; 
3) 
shilimshiqlar
(
Mucilagines
)
– dori moddalarining ta’sirlantiruvchi 
xossasini kamaytirish uchun qo‘llaniladi. Bunda ko‘pincha kraxmal shilimshig‘i 
(
mucilago Amyli)
dan foydalaniladi. Shilimshiqlarning hammasi ofitsinal 
bo‘lganligi sababli retseptda ularning faqat nomi va miqdori ko‘rsatiladi xolos.
Shilimshiqlar bilan birga spirtli preparatlarni, kislota hamda ishqorlarni 
qo‘llash mumkin emas, Chunki ular shilimshiqning konsistensiyasini o‘zgartirib 
yuborishlari mumkin. 
Korrigenslar suyuq dori umumiy miqdorining 1/3 qismini tashkil qiladi 
(xushbo‘y suvlar dorining suyuq qismini to‘liq qoplashi mumkin). 
Misol.
Ta’sirlantiruvchi xossaga ega bo‘lgan xloralgidrat (td=1,0) dan 4 
marta osh qoshiqda qabul qilishga mikstura holida retsept yozib berilsin. 
Hisoblash: 
1) Xloralgidrat – 1 g x 4 marta = 4 g 
2) Suv 1 osh qoshiq – 15 ml x 4 marta = 60 ml 


43 
3) Shilimshiq – 60 ml x 1/3 = 20 ml 
Rp.: Chlorali hydrati 4,0 
Mucilaginis Amyli 20 ml 
Aquae destillatae ad 60 ml 
M.D.S. 1 osh qoshiqdan uyqudan 30 daqiqa oldin ichilsin 
Suspenziyalar 
Suspenziyalar
– 
suspensio
(bosh kelishik, birlik sonda suspensio, 
qaratqich kelishik, birlik sonda suspensionis, qisqartirilgan holda – susp.). 
Suspenziyalar – suyuqlikda erimaydigan qattiq dori Moddalarning
suyuqlikdagi muallaq holatdagi mayda-mayda zarrachalaridir. Ular dispers 
muhit (suv, o‘simlik moylari, glitserin va b.) va dispers faza (suyuqlikda 
mutlaqo erimaydigan qattiq dori Moddalarning zarrachalari) dan tashkil topgan 
dispers tizim hosil qiladi. Suspenziyalar kolloid eritmalardan muallaq holatdagi 
zarrachalarining o‘lchamlari bilan farq qiladi (0,1 mkm dan katta). 
Zarrachalarning o‘lchamiga bog‘liq holda yupqa (0,1-1 mkm) va dag‘al (1 mkm 
dan katta) suspenziyalar farqlanadi. Suspenziyalar ichish va sirtga qo‘llash 
uchun buyuriladi. Steril suspenziyalarni mushak ichiga yuborish mumkin. 
Suspenziyalar retseptda kengaytirilgan va qisqartirilgan shakllarda yoziladi. 
Retseptda suspenziyani chayqatish to‘g‘risida albatta ko‘rsatma berilishi shart!
Agarda suspenziyalarni tayyorlashda suyuqlik o‘rnida suv ishlatilsa, bunday 
suspenziyaga retsept faqat foizli shaklda yoziladi.
Misol.
Gidrokortizon atsetatning suvdagi 0,5 % li suspenziyasidan 10 ml 
yozib berilsin. Ko‘zga 2 tomchidan kuniga 4 mahal tomizib turish uchun 
buyurilsin. 

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish