qabul qilingan. Bozor sharoitida ishlab chiqarish sotib oluvchilarning talablarini qondirish
maqsadida iste’mol va buning natijasida tovar ishlab chiqaruvchi tomonidan foydaning olinishi
uchun amalga oshiriladi. Demak, past iste’mol qiymatiga ega bo’lgan tovarlar past qiymatga ega
bo’ladi va aksincha, yuqori darajadagi iste’mol qiymati qiymatning ham yuqori darajada bulishini
ta’minlaydi. SHuning uchun ham narxni aniqlashda faqat tegishli
nehmatni ishlab chiqarish
xarajatlarini inobatga olib qolmasdan, balki tovarning sifati orqali namoyon bo’ladigan uning
iste’mol qiymatini, uning foydaliligini ham hisobga olmoq lozim.
Bundan narx bozor
mexanizmining pulda ifodalangan muhim elementidir, degan xulosa kelib chiqadi. Narx
yordamida mol yetkazib beruvchi va iste’molchi foydalanayotgan resurslarning hajmi ifodalanadi,
ular bir resurs bilan ta’minlanadi, bir vaqtning o’zida ikkinchi resursni oladi, buning natijasida
resurslarning foydaliligi oshadi. SHunday qilib, narx kerakli mahsulot yoki xizmatga ega bo’lish
uchun kishi berishi lozim bo’lgan resurslarning mikdoridir.
Narxning ijtimoiy zaruriy mehnat harajatlariga yaqinlashishini ta’minlovchi modeli ana
shundan iborat. Yuqorida bayon qilingan xolatlarga asoslanib vujudga keltirilgan narx o’ziga
tegishli bo’lgan funktsiyalarni bozor iqtisodiyotida yaxshi bajaradi. Eng avvalo, narx yordamida
barcha tovarlarning yoki tovar birligining hajm, dona va og’irlik
birliklaridagi qiymati pul
birliklarida o’lchanadi.
Narx o’rnatish uslubiyati narx o’rnatishning barcha miqyoslari uchun bir xil bo’ladi va uning
asosida narx hosil bo’lish strategiyasi ishlab chiqiladi. Narx o’rnatilishining asosiy qoidalari ularni
kim va qaysi muddatga o’rnatishidan qat’iy nazar, o’zgarmasligi lozim va bu narxlarning yagona
tizimini yaratish uchun zarur shart- sharoit bo’lishi lozim. Narx o’rnatish uslubiyatining asosini
narxlar shakllanishining tamoyil va uslublari tashkil etadi.
Narx o’rnatish uslublari tanlangan narx hosil bo’lishi strategiyasini amalga oshirish uchun
amaliy tavsiyalar va vositalar (mexanizmlarni) ishlab chiqishga yordam beradi. Narx o’rnatish
amaliyotida bozor turi (kong’yunkturasi), mahsulotning iste’mol xususiyatlari, sifati, raqobati va
tovarlar ishlab chiqaruvchisi (sotuvchisi) ko’zlagan maqsadlarning qanday ekanligiga qarab
qo’llanilishi mumkin bo’lgan bir qator turli - tuman narx hosil qilish uslubiyatlari mavjud.
Hozirgi paytda tovarlar va xizmatlarning yangi turlarining narxini aniqlashning narx hosil
qilishda ishlab chiqarishga ketgan harajatlar va daromadni, tabiiy-geografik omillarni hisobga
olishning uslubiyatlari hamda boshqaruvning turli miqyoslari, narxlar turi, tovarlar guruhlarining
uslublari ishlab chiqilgan va qo’llanilmokda.
Hozirgi kunda korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga narx belgilashda quyidagi
tamoyillarga asoslanib, faoliyat olib borish mumkin:
-
Mahsulot tannarhiga asoslangan narx belgilash. Ya’ni, bunda korxona mahsulot tannarhiga
soliqlar va korxona foydasini qo’shgan
xolda narx belgilaydi;
-
SHartnomaviy (kelishilgan) narxlar;
-
Qat’iy o’rnatilgan narxlar
Uslubiyatning muhim elementi deb narxlarni shakllantirish uslublari bilan chambarchas
bog’iq narx o’rnatish tamoyillari hisoblanadi. Narx o’rnatish tamoyillari- bu doimiy ravishda amal
qiladigan va butun narxlar tizimiga xos bo’lgan hamda uning uchun asosiy hisoblangan asosiy
qoidalardir. Narxlarning ilmiy jihatdan asoslanganligi, ularning maqsadga yunaltirilganligi, narx
o’rnatilish jarayonining uzluksizligi, mazkur jarayonning narxlarga amal
qilishni nazorat qilish
bilan birgalikda amalga oshirilishi - narx o’rnatilishining asosiy tamoyillari hisoblanadi.
Narxlarning ilmiy jihatdan asoslanganligi tamoyili narx o’rnatish jarayoniga iqtisodiy
rivojlanishning ob’ektiv qonunlarining, va avvlambor qiymat, talab
va taklif qonunlarining
ta’sirini o’rganishdan iboratdir. Narxlarning ilmiy jihatdan asoslanishi bozor kong’yunkturasi,
barcha bozor omillari hamda milliy iqtisodiyotda amal qilayotgan narxlar tizimining chukur
tahliliga tayanadi. SHu munosabat bilan ishlab chiqarishning istiqboldagi rivojlanish
tendentsiyalarini aniqlash,
harajatlar, talab, tovar sifatining o’zgarishlarini prognozlashtirish,
narxlarni o’rnatishda turli tuman ma’lumotlar, shu jumladan iqtisodiy axborotlarni hisobga olish
lozim buladi.
Narxlarning maqsadga yo’naltirilishi tamoyili narxlar yordamida hal qilinishi lozim bo’lgan
ustuvor iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni aniq belgilab olishdan iborat. Masalan, aholini ijtimoiy
himoya qilish yoki narxlarning yangi samarali mahsulotni o’zlashtirishga, uning sifatini oshirishga
yo’naltirilishi. SHu maqsadda ma’lum bir vaqtgacha printsipial jihatdan yangi mahsulot turlariga
maksimal daromadni ta’minlovchi baland narxlar o’rnatiladi.
Narx o’rnatish jarayonining birligi (yaxlitligi) va narxlarga amal qilish ustidan nazorat
tamoyili narx o’rnatish jarayonining umumiy tamoyillari va qoidalarining davlat tomonidan
o’rnatilishi, birinchi navbatda energetika, neft va gaz soha i, transport, aloqa, kommunal xo’jalik
va boshqa sohalarda monopoliyachi korxonalarning va boshqa ishlab chiqaruvchilarning mahsulot
va xizmatlariga belgilangan narxlarni nazorat qilishdan iboratdir.
Milliy iqtisodiyotning har bir tarmog’ida narx
va tariflar shakllanishining, narxlarga
qo’shimcha qiymat solig’i, aktsizlar, qo’shimchalar, chegirmalarning qo’llanilishi, mahsulot
rentabelligi va tannarxi
darajasiga amal qilish, tannarxning tasdiqlangan me’yorlar, soliqlar,
yig’imlar va to’lovlarni hisobga olgan holda shakllanishini nazarda tutishning uziga xos
xususiyatlari bo’ladi. SHu munosabat bilan qonunchilik va huquqiy tartibda ko’zda tutilgan barcha
umumiy qoidalar va tamoyillar, tavsiyalar, narx o’rnatish bo’yicha nizomlarni bajarish korxona
narx intizomining majburiy sharti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: