Narxning iqtisodiy mohiyati va turlari



Download 364,5 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana14.04.2022
Hajmi364,5 Kb.
#550093
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
resources



9-mavzu. Korxona mahsulotlariga (xizmatlarini ishlarini) narxini shakllantirish
Reja 
9.1
. Narxning iqtisodiy mohiyati va turlari 
9.2. Korxonaning narx siyosati 
9.3. Narxning shakllanish strategiyasi va usullari 
9.4. Tarmoqda narxning shakllanishi 
9.5.Narxni aniqlash
usullari 
9.1. Narxning iqtisodiy mohiyati va turlari
Mahsulot bahosi, narxi- korxona iqtisodiy tizimining asosiy tushunchalaridan biri 
hisoblanadi. U tovarlar qiymatining ijtimoiy foydaliligi ifodasi sifatida namoyon bo’lib 
ayirboshlash jarayonida pul belgilarining ma’lum miqdori ko’rinishini qabul qiladi. 
Mahsulot bahosi - bu , tovar qiymatining puldagi ifodasidir, mavjud xo’jalik mexanizmida 
amal qiluvchi talab va taklif munosabatini o’zida aks ettiruvchi iqtisodiy mexanizmdir. 
Zamonamiz sharoitida narxlar va narx xosil bo’lishi bozor iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy 
omillaridan biriga aylangan. Mutaxassislarning fikricha, mamlakatimizdagi barcha kelgusi 
o’zgarishlarning muhim sharti - avvalo maqsadga muvofiq tarzda shakklantirilgan va samarali 
qo’llaniladigan narx o’rnatish tizimini shakllantirishdan iborat. Bir qator omillar aynan bahoni 
shakllantirish mexanizmi qanday amalga oshirilishiga bog’liqdip. Masalan, xo’jalikni 
boshqarishning iqtisodiy uslublaridan iborat yaxlit tizimni ishlab chiqish, bozor munosabatlarini 
moliyaviy jihatdan sog’lomlashtirish va rivojlantirish, milliy iqtisodiyotning muvozanatga 
solinishi, mulkchilikning turli shakllariga mansub korxonalarni o’zini- o’zi qoplash, 
moliyalashtirish va boshqarishga o’tishi, ijtimoiy ishlab chiqarish va milliy daromad 
samaradorligini oshirish, umuman butun xo’jalik mexanizmini takomillashtirish va uning 
korxonalar (birlashmalar, kontsernlar, uyushmalar, firmalar, kompaniyalar, tashkilotlar) moliya-
xo’jalik faoliyati natijalariga ta’sirini kuchaytirish kabilar shular jumlasidandir.
Narxning mohiyati, uning vazifalari, erkin narxlar hosil bulishi mexanizmini to’g’ri 
tushunish, bozor sharoitida qo’llaniladigan narxlar tizimi va turlarini bilish, ularning o’rnatilishiga 
ta’sir ko’rsatuvchi omillarni aniqlash, shuningdek, ham hozirgi payt, ham kelajak uchun narx 
o’rnatish strategiyasini aniqlash uchun avvalo qiymat yaratish jarayonini ko’rib chiqish kerak. 
Bunda qiymat qonunining tovar ishlab chiqarishida narx shakllanishi jarayoniga ta’sirini tushunish 
muhim. Qiymat qonuni- bu tovar ishlab chiqarishining asosiy qoidasi bo’lib, unga ko’ra tovarlar 
almashinuvi ularni ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zarur mehnat miqdoriga muvofiq 
ravishda amalga oshiriladi. SHu tariqa, tovarlar qiymati qonuniga muvofiq, mahsulotlar bir- biriga 
qiymati bo’yicha almashiniladi. Ya’ni, almashinilayotgan tovarlar bir xil miqdorda 
cyg’yptalangan ijtimoiy zarur mehnat mikdorini saqlashi lozim. Demak, tovarga belgilangan narx 
uning qiymatiga mos bo’lishi kerak. Biroq, aslida u yoki bu tovarlarning narxlari yana bir muhim 
konun- talab va taklif qonuniga muvofiq o’z qiymatidan baland yoki past bo’lishi mumkin. Qiymat 
kattaligi sotilayotgan tovarda mujassam bo’lgan mehnat miqdori bilan o’lchanadi. Bunda turli 
tovar ishlab chiqaruvchilari bir xil mahsulotga turlicha mehnat mikdorini sarflaydilar. Biroq, 
qiymat kattaligi har bir tovar ishlab chiqaruvchining amaldagi mehnat sarflari bilan o’lchanishi 
mumkin emas, shu bois bir turdagi tovarlar bozorda bir xil qiymatga ega bo’ladi. Tovar qiymati 
har bir alohida tovar ishlab chiqaruvchisining individual ish vaqti bilan emas, balki mazkur tovarni 
ishlab chiqarish uchun ijtimoiy zarur bo’lgan mehnat sarflari bilan belgilanadi. SHu tariqa, qiymat-
bu tovarlarda moddiylashgan (ularni ishlab chikarishga sarflangan) ijtimoiy mehnatdir. Kiymat 
mohiyatan narxning asosini tashkil etadi.
Umumiy ko’rinishda narx quyidagicha buladi:

Download 364,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish