a) ulgurji narxlar. Ular firmalar o’z mahsulotlarini katta hajmda boshqa firmalarga yoki
vositachilarga va ulgurji savdo tashkilotlariga sotayotganlirida qo’llaniladi. Ulgurji narx
korxonalarga ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashni, zarur foyda olishni ta’minlab berishi zarur;
b) chakana narxlar. Ulardan tovarlarni bevosita iste’molchilarga sotishda foydalaniladi. Bu
narxlarga davlat savdosi, xususiy mulk egalari do’konlari va bozorda yuzaga kelayotgan narxlar
kiradi. CHakana narx darajasi aholining real daromadlari bilan belgilanadi.
v) xarid narxlari qishloq xo’jaligi mahsulotlarining davlat tomonidan sotib olinishida
ishlatiladi.
g) dunyo narxlari xalqaro savdo munosabatlarida qo’llaniladi.
Narxlar tovar ishlab chiqarishning rivojlanishiga o’z vazifalari orqali tahsir etadi. Bozorda
turli mehnat sarflari umumiy, ya’ni ijtimoiy zarur mehnat sarfiga keltiriladi va shu sarfning pulda
ifodalanishi narxni hosil qiladi.
Bozorda sotuvchi bilan xaridor o’rtasidagi iqtisodiy munosabat bo’lganidan narxning
shakllanishida har ikki tomon ishtirok etadi. Xaridor deganda, biz tovar va xizmatlarni iste’mol
etuvchilar – fuqarolar, ishlab chiqarishni yurgizish uchun resurslarni sotib oluvchi firmalarni
tushunamiz. Narxlarning shakllanishida tovarni ishlab chiqarishdan tortib, iste’molga yetgungacha
bo’lgan mehnat sarflari ishtirok etadi. Jamiki xarajatlar narx tarkibiga kiradi.
Narxni shakllantiradigan asosiy omillar esa quyidagicha:
1. Iqtisodiy xarajat darajasi;
2. Tovarlarning naflilik darajasi;
3. Tovarga bo’lgan talab va uning taklifi;
4. Raqobat shakllari va usullari;
5. Tovarni iste’mol qilish vaqti.
Raqobat cheklangan bozorlarda (sof monopoliya, monopolistik raqobat, oligopoliya) ishlab
chiqaruvchilarning o’rni bozor narxlarini belgilovchi muhim omillardan hisoblanadi. Monopoliya
sharoitida bozorda bir turdagi mahsulotlar taklif qilinishi sababli narx ustidan to’liq nazorat
amalga oshiriladi.
Bu degani monopolist ishlab chiqaruvchilarning narx belgilashdagi hukmronligi, iste’molchi
daromadlari cheklangani bo’lib, to’qnash keladi. O’rnini bosuvchi tovarlarning mavjudligi ham
ularning narx belgilashdagi mutlaq imkoniyatini cheklaydi.
Oligopoliya sharoitida esa alohida ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) bir-biriga bog’liq
bo’lganliklari sababli narxlarni mustaqil belgilashga botina olmaydilar. Faqat narx belgilashda
yashirincha kelishishlari mumkin.
Narxning shakllanishini quyidagicha ifodalash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: