Ser Aleks Fergyusson
Asrimizning eng buyuk va kuchli murabbiyi hisoblanadigan
“Manchester Yunayted” klubining tirik afsonasi Ser Aleks Fergyus-
son ham o‘zining iboralari bilan jamoatchilik e’tiborini o‘ziga tortib
kelgan. Quyida siz uning diqqatga sazovorli iboralari bilan tani shish
imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
U bor yo‘g‘i havaskor... yapon futbolida uzoqroq ishlab tursa yaxshiroq
bo‘lardi (Arsen Venger “Arsenal”ga kelgan paytda).
***
Ochig‘i, ularga aniq ayb qo‘yolmayman. Ammo kelgusi yili biror-bir
kishini yuborib, ularni nazorat ostiga olamiz. Men hayronman, qanday
qilib, bunday taqvim tuzish mumkin? Rahbariyatning aytishicha, qur’aga
ko‘ra, shu holat yuzaga kelganmish, e... Men bunga ishonmayman. Bun-
day balandparvoz gaplar Benitesning A4 formatidagi qog‘ozga bitgan
ro‘yhatidan ham o‘z aksini topdi (APL rahbarlari yangi mavsumga tuzgan
taqvimi haqida).
114
Yusupov FURQAT
***
Kim o‘zi ular? Kichik bir klubda... Tarixi-yu an’analari ham xuddi
shunday... (“Manchester Siti” haqida).
***
Uylanmasdan oldin Devidda hech qanday muammo yo‘q edi. U aka-
demiyaning murabbiylari bilan yarim tungacha ishlar, g‘ayrat ko‘rsatar
-
di. Oilali bo‘lgach esa, tamoman o‘zgardi, turmush tarzi ham boshqacha
tus oldi. Devid yulduzga aylandi-yu, futbol uning hayotida ikkinchi o‘rin-
ga, kichik bir qismga aylandi. Katta qismidan esa o‘z shahsi o‘rin egalladi
(Bekxemning to‘yidan keyin).
***
Albatta, bu hol favqulotda ro‘y berdi. Agar bu ishni ataylab qilgan,
uning qoshini aniq mo‘ljalga olganimda, bugungiday murabbiylik qilmas-
dan,maydonda to‘p surishim kerak edi (Bekxem bilan o‘rtadagi ziddiyat
haqida).
***
Uni aqlli hisoblashadimi? Yana 5 tilda gaplasha olarkanmi? meni ja-
moamda Kotd’Ivuarlik 15 yoshli futbolchi bor. U ham 5 tilda bemalol gapla-
shadi (Arsen Vebger haqida).
***
U bekor ketdi, premer liga endi biroz zerikarli bo‘lib qoldi (Mourino
“Chelsi”ni tark etgach. 2007-yil).
115
FUTBOL FALSAFASI
***
Uning inglizchasi, xuddi mening italyancham singari kulgili. Ammo
ikkimiz ham fransuzcha gaplashamiz (Lippi inglizcha gapirishi haqida).
***
Shaxsan men o‘sha vaziyatda biron-bir jiddiy qo‘pollikni sezmadim.
Biroq unda Runi ishtirok etgani bois matbuot nashrlari pashshadan fil
yasashni boshlab yuborishdi. Kimdir Runini osishni taklif qilsa, boshqa-
si elektr stuliga o‘tqazishni yoki shunga o‘xshash jazoni maslahat beradi...
(Runining “Uigan” futbolchisiga ishlatgan qo‘polligi haqida).
***
Bir marta Paola Maldini masalasida Chezare Maldiniga murojaat qil-
gandim. Lekin u menga shunday qaragandiki, nigohidan mutlaqo rozi
emasligi ko‘rinib turardi.
***
Filippo Inzagi juda ko‘p bor ofsaydda qolib ketdi... Menimcha, ushbu
futbolchining o‘zi ham o‘yindan tashqari holatda tug‘ilgan bo‘lsa kerak.
***
Men Madridliklarga hatto o‘lat keltiruvchi virus yoki bakteriyani ham
sotmagan bo‘lardim ( Ronalduni Realga sotmasligi haqida. 2008-yil.).
***
Shu ham gapmi? Bir narsa aniq: u ajoyib futbolchi, sizlar esa ahmoq!
(Xuan Sebastyan Veron haqidagi jurnalistlar savoliga javobi).
116
Do'stlaringiz bilan baham: |