Yusupov FURQAT
***
Qizimning tug‘ilgan kunida ilk bor qatnashganimda, adash-
masam, u 8 yoshga to‘lgandi. Uyda kam bo‘lganim bois, bun-
day marosimlarni ko‘p o‘tkazib yuboraman. Aynan shu sabab-
li, rafiqam oilamizning boshlig‘iga aylangan. U ham ona, ham ota.
***
Hech nima meni qo‘rqitolmaydi, hech nima jiddiy qayg‘urishimga
sabab bo‘lolmaydi. Kuniga 7-8 soat qattiq uxlayman. O‘ylashimcha, bu
yog‘iga futbolda men bilan bog‘liq biror muhim yangilik ro‘y bermaydi.
***
Albatta, Makiavellining yozganlarini o‘qiganman. Darhaqiqat, ba’zan
fikrlar bildirish chog‘ida uning farazlaridan foydalanaman. Shu xolos.
***
Nomim dunyoning kelishgan, qad-qomati raso kishilari ro‘yxatida shahzo-
da Uilyamdan keyin 38-o‘rinda qayd etildi. Ha, aynan 38-pog‘ona. Bu fakt.
***
Mabodo klub salbiy natijalar uchun meni iste’foga chiqarishni xohlasa,
buni o‘yinning bir qismi sifatida qabul qilaman. Zero, shu tariqa millioner-
ga aylanib, keyingi ikki oy ichida boshqa nufuzli jamoa murabbiyiga ayla-
nish imkoni tug‘iladi.
***
Diego Kosta Terri bilan mushtlashdi? Ha, albatta, jangdan oldin ular
bir-birini tushunish uchun hatto tarjimonni ham chaqirishgan. Diego
inglizcha gapirmaydi, Jon esa ispan tilini bilmaydi. Xuddi g‘arbdagiga
111
FUTBOL FALSAFASI
o‘xshab duelga chaqiramiz, tarjimon chaqiramiz. Siz jurnalistlar doimo
haqiqatdan yiroqda ishlaysizlar va bu juda ajoyib. (Diego Kosta va Terri
janjallashishgani haqidagi savolga javobi)
***
Men “Arsenal” bilan 15 yoki 16 marta uchrashganman. . . Faqat bir
martagina ular o‘yindan keyin hech narsadan shikoyat qilishmagan va
bu, ehtimol, o‘sha o‘yinni yutganlari uchun bo‘lsa kerak (“Arsenal” bilan
bahsdan so‘ng)
***
Juda yaxshi o‘yin namoyish qilayapmiz va muayyan sifatlarimizni
qaytardik, biroq ikkita mag‘lubiyat sabab jamoa o‘lib qolmaganidek, ikki-
ta g‘alaba bizni cho‘qqiga ko‘tarib qo‘ya olmaydi. Keling yaxshisi keyingi
uchrashuvlarga e’tibor qaratamiz. Menga jamoamizning ishi yoqayapti.
(Ketma-ket mag‘lubiyatlardan keyin, “Makkabi” mag‘lub etilgach)
***
Men bu qarorni sharhlamoqchi emasman. Agar fikr bildirsam, ushbu
vaziyat mayda tafsilotlarigacha o‘rganib chiqiladi va his-hayajonga beri-
lib gapirganim uchun o‘zimni ham diskvalifikatsiya qilishlari mumkin.
Bu narsa na menga va na jamoamga kerak. Biz o‘zi shundoq ham muhim
o‘yinchimizni uchta o‘yinga yo‘qotdik. Murabbiysiz futbol o‘ynab bo‘lmay-
di. Shu sababli jim turganim ma’qul (“Arsenal” bilan o‘yindan keyin Diego
Kosta 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingani haqida)
***
Hammasi joyida. Ha, men yaxshi kayfiyatdan emasman, chunki buncha
ko‘p yutqazishga o‘rganmaganman, ammo bu holatga ko‘nikishga harakat
qilyapman. (2015 yili “Makkabi” bilan o‘yindan oldin)
112
Do'stlaringiz bilan baham: |