***
Hatto Iso payg‘ambar ham hammaga birdek yoqqan emas. Endi mening
qanday vaziyatda ekanligimni tasavvur qilib olavering.
***
“Yuventus” meni tashvishlantiryaptimi? Ko‘zim ostidagi qora chiziqlar-
ga e’tibor bering – tuni bilan uxlolmayapman.
***
Bizning ixtiyorimizga atiga 45 ta mijozli “Inter Channel” bor xolos.
Milanda esa 3 ta telekanal va bitta gazeta mavjud. Yuventus ham o‘zining
gazetasi – Tuttosportga ega. Bahsli munozaralar aynan shu gazetalarda yu-
ritiladi. ( Matbuotning noxolisligiga qaratilgan shikoyat)
***
Mening shogirdlarim yuzaga keltirgan xavfli vaziyatlar hamda ular ning
raqibdan to‘la ustunlik qilayotganliklarini ko‘rdingizmi? Biz bemalol 5:1 hi-
sobida g‘alaba qozonishimiz, men esa darvozani qo‘riqlashim mumkin edi.
***
“Yuventus” ishtirokidagi o‘yinni ko‘rgan ko‘rmaganim bilan qiziqi-
shadi. Ha, tomosha qildim, faqat Amaurining goligacha. Qolganini ko‘rma-
ganimga sabab – o‘sha vaqtda kechki taomni keltirishdi.
***
O‘zimni italyan futbolidagi Robin Gud o‘rnida his qilayapman. Shu sa-
babli “Inter”da ishlash men uchun yoqimli.
104
Yusupov FURQAT
***
Biz bilan durrang natijani qayd etgan “Yuventus” futbolchilarining
yosh bolalardek quvonishgani menga yoqdi. Vaholanki, ular peshqadamdan
10 ochkoga ortda qolishmoqda. ( Raneriga navbatdagi zarba)
***
Pedro Leon deganlari kim o‘zi? U Maradona ham, Zidan ham, Di Ste-
fano ham emas. Uning asosiy tarkibga kiritilmagani haqida nega so‘rayap-
siz? Axir, Leon bundan bor yog‘i 2 oy muqaddam “Xetafe” a’zosi edi.
***
Agar biz sening xohishing bilan mashg‘ulot o‘tkazganimizda, mashq-
larni soat 12:00 da boshlagan bo‘lar edik. Biz soat 10:00 da ishga kiri shamiz.
Sen esa 11:00 gacha uyqini urasan. (Karim Benzemaga qaratilgan tanbeh)
***
“Levante” futbolchilaridan hech biri shifoxonaga tushmaganidan
xursandman. ( Raqib futbolchilari haddan ko‘p simulyatsiya ishlatgan-
liklariga sha’ma)
***
Umuman olganda “Barselona”ga qarshi muntazam tarzda 10 kishi
bo‘lib o‘ynayverish jonimga tegdi. Umid qilamanki finalda bunday bo‘lmay-
di. (“Barsa” bilan 1:1 hisobda durrang o‘ynagach. 2011-yil)
***
Ta’til paytida Manolinni ko‘proq sog‘indim. Chunki har gal uni
ko‘rganimda, o‘zimni kulgidan tiyolmayman.
105
FUTBOL FALSAFASI
***
Men ChLda 2 marta g‘olib bo‘ldim, o‘z jamoamning kuchliligi tufay-
li, Gvardiola esa bir marta g‘olib bo‘ldi, lekin uning o‘rnida bo‘lganimda
uyalardim. ( ChL-2011 yarim finalida Barsa bilan o‘yinda hakamlarning
adolatsiz qarorlari haqida)
***
Ko‘rib turganimdek, sizlar ancha ulg‘ayibsizlar. ( “Portu”-“Deportivo”
uchrashuvi arafasida ispaniyalik jurnalistlar sha’niga bildirilgan fikr)
***
Nima uchun kasbdoshlarim meni tanqid qilishadi? Chunki shu yo‘l bi-
lan gazetalarning 1-sahifasidan joy olishadi. Bu ular uchun bepul reklama.
Do'stlaringiz bilan baham: |