***
Meni haqiqiy futbolda mag‘lub etishga ishonmaydiganlar FIFA simul-
yatorlarini o‘ylab topishgan.
***
Londonda oldimga yetmish yoshlar atrofidagi bir chol keldi-da, yig‘lab
yubordi. “Chelsi” chempionlikni nishonlagan kuni u ham Boltonda bo‘lgan
ekan. Yana u menga aytib berdiki, “Chelsi” oxirgi marta chempion bo‘lgani-
da, ya’ni ellik yil oldin, g‘alabani otasi va bobosi bilan birga nishonlashgan
108
Yusupov FURQAT
ekan. Ular bu olamni allaqachon tark etishgan. Bunday voqealar meni ni-
hoyatda ta’sirlantiradi
.
***
Futbolchilarim hozir jimgina uylariga borishi, turmush o‘rtoqlariga bir
bo‘sa hadya etishi va bolalarini quchishi kerak. Boshni mag‘rur tik ko‘ta-
rib yurishda davom etaverish lozim. Ha, menga ham og‘ir. Lekin o‘zim-
dan ko‘ra futbolchilarim uchun ko‘proq qayg‘uryapman (“Bavariya”dan
uchralgan mag‘lubiyat haqida. 2011-yil.).
***
Men buyuk insonlarning avtobiografiyalarini o‘qishni yaxshi ko‘raman.
Ammo hali o‘zimnikini yozib ulgurganim yo‘q. Shu sababdan ham hozir-
cha hech narsa o‘qimayapman.
***
Men qattiq mehnat qilishim mumkin, lekin Merlin yoki Garri Poterdek
mo‘jiza yoki afsun qila olmayman.
***
Mashhurlik menga muammolar tug‘dirmaydi deb o‘ylaysizlarmi? Bir
paytlar men xotinim va bolalarim bilan Disneylendga bordik. U yerdan
qayt ganimizdan so‘ng ular menga keyingi safar birga bormasligimni ilti-
mos qilishdi. Buni men mashhurlik va katta futbolda faoliyat yuritganim
uchun to‘langan soliq deb bilaman
.
***
Bu dunyoda men uchun asosiy narsa-sevgi. Meni fikrimcha inson o‘z
oilasini, farzandlarini, kasbini, o‘zi bilan ishlaydigan insonlarni sevishi,
yaxshi ko‘rishi kerak. Xotiningga muhabbating yo‘qmi, demak ajrashi-
109
FUTBOL FALSAFASI
shing kerak. Bolalaringni yaxshi ko‘rmasang – sen inson emassan, yaxshisi
o‘zingni osganing ma’qul. Agar o‘z kasbingni sevmasang – uni almashti-
rishing kerak.
***
Jurnalistlar bilan bo‘ladigan uchrashuvni men o‘yinni bir bo‘lagi deb
bilaman. Miyamdagi match men uchun press-konferensiyaga kirishim bi-
lan boshlanadi.
***
Hujumchilarni himoyachilar tomonidan qoida buzish yordamida
to‘xtatib qolish normal holat. Himoyachi uchun 90 daqiqa davomida bitta
ham qoida buzmaslik juda qiyin vazifa. Shuning uchun futbolda sariq, qizil
kartochka va hakamlar bor.
***
Agar “Barselona” raqibdan kuchli o‘ynasa, albatta, g‘alaba qozonadi.
Agar raqib undan kuchli o‘yin namoyish qilsa, hakamlar shunday yo‘l tu-
tadilarki, baribir “Barselona” g‘alaba qozonadi.
***
Insonlar xomxayolga berilish orqali jamoatchilik fikriga ta’sir o‘tka-
zishadi. Biroq futbol hech qachon o‘zgarmaydi. Futbol g‘alabalar uchun
o‘ynaladi.
***
Futbolni, asosan, o‘g‘lim bilan kuzatamiz. Rafiqam va qizimning qizi-
qish doirasida sportning bu turiga joy yo‘q. Shunday ekan, oilamizda ikki
ishqiboz - boshqalardan aqlliroq ikki kishi bor.
110
Do'stlaringiz bilan baham: |