***
Menga har doim chiroyli yiqilish yoqqan. Yana to‘pni qaytarganimda,
haqiqiysiga rohat olaman.
***
Butun hayotim davomida shu klub ruhiyatini o‘zimga singdirdim,
uning an’analari bilan tarbiyalandim. O‘zimni “Real”dan boshqa klubda
tasavvur ham eta olmayman.
***
Har ikki daqiqada darvozamga zarbalar berishsa yaxshiroq bo‘lardi.
O‘yin davomida bu narsa to‘rt-besh marta yuz bersa, bundan yomoni yo‘q.
***
Gohida dasthatimni olish ishtiyoqida meni qurshab oladigan kishilar
ko‘pligidan jo‘shib ketaman. Axir bolaligimda men ham “ularbing biri”
edim.
***
Menga omad kulib boqqan. Chunki futbol o‘ynashni bilaman.
Jon Terri (Angliya):
Tarkibimizda chap qanotda o‘ynaydigan kuchli himoyachi bor - Ueyn
Bridj. Marhamat, unga imkoniyat beringlar. Ishonchim komilki, Ueyn am-
pluadoshlari orasida eng kuchlilardan biri. Shunday ekan, Eshli Koul bizga
nimaga kerak? U ajoyib o‘yinchi, biroq qalbi “Arsenal”ga tegishli, xuddi
meniki “Chelsi”ga tegishli ekani kabi (“Chelsi”, “Arsenal”dan Eshli Koulni
sotib olishi haqida).
128
Yusupov FURQAT
***
Sen bilan bo‘layotgan barcha hodisalarning muallifi faqat o‘zingsan.
Krishtianu Ronaldu (Portugaliya):
Odamlar meni gerdayib vertalyotda keldi, deb o‘ylashlari mumkin.
Ammo men mashg‘ulotlarga kechikishdan qo‘rqdim, xolos (Terma jamoa
mashg‘ulotlarining biriga vertalyotda kelgani haqida).
***
Biz bu yerga “Barselona”dek klubni hurmat qilganimiz uchun kelgan-
dik. Aslida kelmasak ham bo‘lar ekan. Kelasi yili kubokni o‘ynamasdan tu-
rib to‘ppa-to‘g‘ri “Barsa”ga berib qo‘yaveringlar. (ChL-2010-2011 yarim
finalida “Barsa” bilan o‘yindan keyin, hakamlarning xatti harakatlarini
tanqid qilib).
***
Iguainning toza goliga kelsak bunaqa bo‘lmag‘ur ishlarni hakamdan
kutgandik. Shuni bilingki, Maskerano Angliyada bunaqa “sho‘ng‘iyver-
masdi”, bu yerda bo‘lsa xuddi uni o‘ldirishgandek yiqilaveradi (ChL-2011
yarim finalida “Barsa” o‘yinchisi Maskeranoning “aktyor”ligi haqida).
***
Men shuncha gol urishdan ko‘ra uning yarmini urib, Chempionlar Li-
gasi yoki La Liga kubogini qo‘lga kiritish afzalroq edi (La Ligada 40 ta gol
urib, rekordni yangilagani haqida, 2011).
***
Bu qadar ko‘p gol urishga meni nima majbur qiladi? Ishtiyoq? Shuhrat?
Pul? Jamoa? –Yo‘q, faqat o‘g‘lim.
129
FUTBOL FALSAFASI
***
Dunyoda yomon odamlar juda ko‘p. Ular meni imkon qadar yerga
urish ga harakat qiladilar. Ular men haqimda hech narsani bilmaydilar,
faqat to‘qson foizi yolg‘ondan iborat bo‘lgan gazeta va jurnallarda yozilgan
safsatani gapirishini yaxshi ko‘radilar. Ular haqiqiy Krishtianuni bilmay-
dilar, afsus…
Do'stlaringiz bilan baham: |