72
Yusupov FURQAT
Bizni o‘ziga chorlashda
davom etar mundial orzusi,
Mundial har bir yurtdoshimizning eng ideal orzusi.
Endi ko‘rsatgaymiz
maydonda chinakam bir jasorat,
Yildan-yilga oshib bormoqda bizda ham zo‘r mahorat,
Endi so‘rab o‘tirmaymiz, bunga qolmagay umuman hojat,
G‘alabalar sari intilamiz, qalbimizda to‘la shijoat.
Bizni o‘ziga chorlashda davom etar mundial orzusi,
Mundial har bir yurtdoshimizning eng ideal orzusi.
Shu kun kelganda ko‘zda
yosh bilan qarshi olaylik,
Dunyodagi eng shirin onlardan bahramand bo‘laylik,
Baxtiyor lahzalarda, dillarimizda armonlarsiz qolaylik,
Yurtimizda katta bayram, tantana, shodiyona qilaylik.
Bizni o‘ziga chorlashda davom etar mundial orzusi,
Mundial har bir yurtdoshimizning eng ideal orzusi.
Mardi maydonda ko‘rsatayotgan jasoratlarimizni ko‘rib,
Mardlik degan buyuk tushuncha ham ketib qolsin uyalib,
Jahonga bo‘y cho‘zib, boshimizni turganda mag‘rur ko‘tarib,
Hatto Everest cho‘qqisi tursin oyog‘imiz ostidan boqib,
Bizni o‘ziga chorlashda davom etar mundial orzusi,
Mundial har bir yurtdoshimizning eng ideal orzusi.
Mundial havosidan bahra
olib qilgaymiz baland parvoz,
Butun dunyo ahliga qalbimizda g‘ururlanib solgaymiz ovoz,
Maqtanib yozishimizga yetmagay dunyodagi barcha qog‘oz,
Mundialda ovimiz omadli kelsa, barcha ishimiz bo‘lar soz,
Bizni o‘ziga chorlashda davom etar mundial orzusi,
Mundial har bir yurtdoshimizning eng ideal orzusi.
73
FUTBOL
FALSAFASI
Nihoyat, yo‘lga tushar uzoq davom etguvchi karvon,
Yo‘llanmani yutish uchun bo‘lmagaymiz endi sarson.
Maydonga tushar o‘n bir nafar ko‘ksida g‘ururli o‘g‘lon,
Yo‘limizga g‘ov bo‘lolmagay bu safar hattoki to‘fon.
Bizni o‘ziga chorlashda davom etar mundial orzusi,
Mundial har bir yurtdoshimizning eng ideal orzusi.
So‘nggi soniyalargacha aslo ko‘tarmaymiz qo‘limizni,
Shunda albat xudo ko‘rsatgay bizga to‘g‘ri yo‘limizni,
Yuraklar quvnab, to‘ldiramiz suvga, qurigan cho‘limizni,
El-yurtimizga to‘y beraylik, kerak bo‘lsa so‘yib molimizni.
Bizni o‘ziga chorlashda davom etar mundial orzusi,
Mundial har bir yurtdoshimizning eng ideal orzusi.
G‘alabalardan so‘ng o‘zimizga
achchiq bilaylik asalni,
Orzuimiz ushalmog‘i tuzatgay, hatto bedavo kasalni,
Yutuqlardan mast bo‘lib, yo‘latmagaymiz aslo ajalni,
Yutuq yo‘lida qurbon
qilaylik rozimiz mayli amalni,
Bizni o‘ziga chorlashda davom etar mundial orzusi,
Mundial har bir yurtdoshimizning eng ideal orzusi.
Mundialga bormoqqa bo‘lgaymiz barchamiz amin,
Baxtiyor kunimizda titrasin butun kurrayi zamin,
Xudo xohlasa, totib ko‘raylik biz ham mundial ta’min,
Inshoolloh, bizga madadkor bo‘lsin parvardigor, omin.
Bizni o‘ziga chorlashda davom etar mundial orzusi,
Mundial har bir yurtdoshimizning eng ideal orzusi.
29.05.11