Yusupov FURQAT
mas buyuk “seyv”! Braziliyaliklar ustozi Ranoldoyev o‘z shogirdiga
e’tiroz bildira boshladi. Stadionga kelgan muxlislar esa Neymarov-
ga yashil va qizil pomidorlar, kartoshka, piyoz hamda “Rolton”lar-
ni ham uloqtirishmoqda. Bundan foydalangan o‘zbekistonliklar esa
tezlik bilan qarshi hujumga o‘tmoqdalar. Ivandino to‘pni hujumdagi
sherigi Temurdoga uzatdi. Temurdoning o‘ta kuchli zarbasidan to‘p
darvozaning “to‘qqiz”ligidan joy oldi. Gooooooooool!!! Butun jahon
ahli “shok”da. Xuddi shu onlarda Yoshida amaki final hushtagini
chaldi va O‘zbekiston terma jamoasi JAHON CHEMPIONI bo‘ldi...
– Furqat, o‘chir kompyuteringni! Biz seni imtihonga tayyor-
lanyapti desak, futbol o‘ynayotganing nimasi-a?!
Oyimning nogahon kirib kelishidan cho‘chib ketdim. Qarasam
soat 24 bo‘libdi. Jin ursin, axir ertaga imtihon-ku! Virtual finalga
berilib ketib, paqqos yodimdan ko‘tarilibdi-ya! Lekin final uchrashu
-
vi juda zo‘r o‘tdi. Qani endi bu haqiqat bo‘lib chiqsa! Nima dedingiz?
2011
BO‘YOQCHILIKDAN FUTBOL YULDUZIGACHA
1-ligada ishtirok etuvchi “Shifokor” jamoasida kadrlar muam-
mosi tug‘ildi. Moliyaviy qiyinchiliklar sababli jamoaning zaxira
o‘rindig‘i ancha tor edi. Murabbiy odatdagidek mashg‘ulot o‘tka-
zish uchun futbolchilarni to‘pladi. Jamoa safida atigi 16 nafar fut
-
bolchi qolgandi. Boz ustiga, o‘yinchilardan 3 nafari jarohatlangan.
Demak, ular mashg‘ulotlarda qatnasholmaydilar. Murabbiyning
esa boshi qotgan. Chunki ixtiyorida bor-yo‘g‘i 13 nafar ijrochi bor,
xolos. Shulardan 11 nafari asosiy tarkibda maydonga tushadi. Qis-
qasi, zaxirada atigi 2 futbolchi qoladi, ulardan biri darvozabon. Mu-
rabbiy jamoani ikki tarkibga bo‘ldi. Qarasa, ikkinchi jamoada bitta
futbolchi kam. Shunda murabbiyning ko‘zi stadion o‘rindiqlarini
67
FUTBOL FALSAFASI
bo‘yayotgan bo‘yoqchiga tushdi va zudlik bilan uning yoniga bor-
di. Bo‘yoqchi murabbiyni huzurida paydo bo‘lganini ko‘rib, g‘oyat
taajublandi.
– Futbol o‘ynashni bilasanmi? – so‘radi murabbiy. Bo‘yoqchi
“Ha” degandek boshini chayqadi.
– Unda ortimdan yur, – murabbiyning bu gapidan so‘ng bo‘yoq-
chi unga ergashdi. Yo‘l-yo‘lakay ular tanishib borishdi.
– Isming nima?
– Sardor.
– Unda eshit. Sardorbek, bizga yordaming kerak bo‘lib qoldi.
– Mendek oddiy bir bo‘yoqchining sizga qanday yordami tegishi
mumkin, – ajablandi Sardor.
– Bizda kadrlar muammosi mavjud. Hozir mashg‘ulotlarda biz
bilan ishtirok etib bersang, shuning o‘zi kifoya.
– Gap yo‘q, trener,
Sardor quvonganicha futbolchilar safiga borib qo‘shildi.
Xullas, murabbiy yettitaga yetti futbolchini bir-biriga qarshi
maydonga tushirdi. Qarasa, bo‘yoqchilik qilib yurgan bu yigitcha,
bino yidek to‘p teparkan. Garchi uning jamoasi – ikkinchi tarkib 5:7
hisobida yutqazgan bo‘lsa ham, “xet-trik”ka erishish barobarida
yana bitta golga assisentlik qildi. Asosiysi, ancha faol harakatlari bi
-
lan ajralib turdi. Mashg‘ulotlar tugagach, bo‘yoqchi kiyimlarini al-
mashtirib bo‘lib, uyiga otlanayotgan paytda murabbiy uni yoniga
chaqirdi.
– Tuzukkina futbol o‘ynar ekansan.
– Qo‘ysangiz-chi uncha o‘yinim qovushmadi-ku!
– Nega endi? Axir darvozaga naq 3 ta to‘p kiritding. Bu ajoyib
natija!
– Lekin baribir, mening jamoam imkoniyatni boy berdi. Shunday
ekan, bu gollarning nima ahamiyati bor?
68
Do'stlaringiz bilan baham: |