Yusupov FURQAT
ganida stadionga yetib keldik. Har o‘yindagi kabi atrof suv sepgan-
day huvillab yotibdi. Nahotki, bugungi derbi ham ishqibozlarni
qiziqtirmayotgan bo‘lsa...?
– Uka, nima balo, bu yerda futbolga umuman qiziqishmay-
dimi deyman-a? Nima deding? – xayolimni buzib yubordi haligi
“Tayson”. Stadionga yaqinlashgandik, eshikdan qarovul chiqib qol-
di.
– Xo‘sh kelinglar, xizmat...
– Bugun o‘yin bo‘lishi kerak edi – “Poytaxt derbisi”. Gazetaga
e’lon berishgan ekan. Shunga stadionga muxlislikka kelgandik.
Yo‘g‘-ey, uzr, ijaraga...
– Ha-a, tushindim, tushindim. Lekin o‘yinni keyinroqqa qoldi-
rishdi-da.
– Nimaaaaa? – hamma hamrohlarim bu savolni berishdi-yu,
menga yuzlanishdi. Obbo, o‘lding endi, Shomurod. Yo‘lkirani kim
to‘laydi endi? Kim ham senga qarz berib turardi? Bitta narsani unut-
ganim chatoq bo‘ldi-da. Shu “O‘zbek klassikosi” qachon o‘z vaqti-
da bo‘lganini bir eslab ko‘rmabman-da. Na iloj...? Yana chuchvarani
xom sanabman-da...
2011
VIRTUAL FINAL
Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari. Mana, nihoyat,
jahon chempionatining hal qiluvchi bahsiga ham yetib keldik. Ko‘rib
turganingizdek, sap-sariq yumaloq maydonga mezbon – Braziliya
va... kutilmaganda, hammani ajablantirayotgan O‘zbekiston milliy
jamoalari chiqishmoqda. Xo‘sh “pentakampionlar” 6-marta jahon
kubogini “oyoq”qa ilib, o‘zlariga yangi nomni qabul qilishadimi
yoki sovrin ilk bor Osiyo qit’asi, ya’ni Amir Temur ajdodlari yurti –
63
FUTBOL FALSAFASI
O‘zbekistonga yo‘l oladi? Buni ushbu o‘yin yakunlanganidan so‘ng
bilib olamiz.
Bugun “Maradona” o‘yingohi, yog‘-e-e, “Marakana” jahon re-
kordini o‘rnatgan holda o‘z bag‘riga 250 ming futbol “jinni”larini
sig‘dirdi. Ekranlar qarshisida joy olgan ishqibozlar soni esa shub-
hasiz, milliardlardan oshib ketgan. Qiziq omad va hakam xuddi
Ro naldinonikiday qilib kim tomonga kulib boqarkin? Darvoqe,
bellashuvni Bahraynda xizmat ko‘rsatgan, Osiyoning eng kuchli
o‘rtamiyona hakami – Yoshida amaki boshqarib boradi. Endi diqqa-
timizni bevosita o‘yinga qaratamiz. To‘pni “oq bo‘rilar” o‘yinga kiri-
tishdi. Demak, jamoalar tarkibi... Hozir mezbonlar hujum ketidan
hujum uyushtirish bilan ovora. Robinev, Neymarov va Kakayev to-
monidan yo‘llanilayotgan ketma-ket kuchli va aniq zarbalar yo‘liga
o‘zbeklar posboni Ignatior to‘g‘anoq bo‘lmoqda. Shuni ta’kidlash
joizki, o‘yindan oldin ko‘pchilik Braziliya jamoasini favorit sanab,
mezbonlarning o‘ta yirik g‘alabasini taxmin qildi. Biroq mehmonlar
ham bo‘sh kelmasliklari aniq. Mana, nihoyat, o‘zbekistonliklar ham
o‘z uslublariga mos ravishda asta-sekinlik bilan hujumga o‘tishmoq-
da. “Arsenal”da o‘ynovchi Odildino to‘pni hujum chizig‘i, “Real” va-
kili Temurdoga uzatdi. Zarbaaaaaaa! Afsus, to‘p darvozadan 40 metr
balandlikdan o‘tib ketdi... 27-daqiqa: Kakayev to‘pni Neymarovga
uzatdi. U chaqqonlik bilan Anzurdino va Sahobdolarni aldab o‘tib,
to‘pni kuchli tarzda darvozaga yo‘lladi. Goooolll! Hisob ochildi 1:0.
Kakayev Neymarovning butsasini tozalab, golni nishonlashmoq-
da. “Marakana” larzaga keldi. Braziliyaliklar ustozi Ronaldoyev,
yordamchilari Romariov hamda Rivaldoyevlar xursandchiliklari-
dan do‘ppilarini osmonga irg‘itishmoqda!. O‘zbekistonliklar ustozi
Vadimlari esa jahli chiqqanidan mo‘ylovini asabiy tarzda silamoq-
da. “Maradona” (qanaqa “Maradona”, axir “Marakana”-ku?! Shu
sharh lovchiga bir narsa bo‘lgan o‘zi...) darhol bayramni boshlab
64
Do'stlaringiz bilan baham: |