Furqat indd



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/228
Sana14.04.2022
Hajmi1,77 Mb.
#550051
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   228
Bog'liq
2 5193075911422903705

QO‘SHALOQ BAYRAM
Fozil qishloqda “Turon” bolalar jamoasiga murabbiylik qilardi. 
Doimgidek ertalab shogirdlariga futbol sir-asrorlarinini o‘rgatish 
uchun maydonchaga yo‘l oldi. Bo‘yi o‘rtacha, biroz nimjonroq, 
sochini doim tepaga tarab turadigan, qo‘yko‘z, qishloq qizlari-
ning yoqimtoyi bo‘lgan Fozil futbolni jonidan ham ortiq ko‘rardi. 
Bolaligida koptokka ko‘ngil berib, u bilan ovunardi. Erta-yu kech 
to‘pning ortidan yugurar, ancha yaxshi o‘ynardi ham. Shu bois uni 
mahalladagilar Maradona deb chaqirishardi. Odatdagidek qishloq-
ning taqir maydonida sevimli mashg‘uloti bilan shug‘ullanayot-
ganida, kutilmaganda, lat yeydi. Shunday bo‘lsa ham, og‘riqqa par-
vo qilmay kechgacha futbol o‘ynaydi. Ertasi kuni shifokor huzuriga 
borganida jarohati jiddiy ekanligi ma’lum bo‘ladi. Natijada, Fozilni 
zudlik bilan jarrohlik stoliga yotqizishadi. Garchi operatsiya mu-
vafaqqiyatli kechgan bo‘lsa ham, endi uning futbol bilan jiddiy 
shug‘ullana olmasligi tayin edi. Tushkunlikka berilgan Fozil yarim 
yil mobaynida hech kim bilan gaplashmay qo‘ydi. Keyinchalik o‘zi-
ni o‘nglab oldi va bolalarga murabbiylik qilish imkoniyatini qo‘ldan 
chiqarmay ularga futboldan dars bera boshladi. To‘g‘ri, maoshi un-


54
Yusupov FURQAT
chalik katta emas, ammo, eng muhimi, o‘zi sevgan mashg‘ulotiga 
qaytgandi. Otasidan erta ayrilgani uchun haligacha oilasida yetish-
movchiliklar mavjud edi. Maktabda farrosh bo‘lib ishlaydigan ona-
sining esa o‘g‘lini uylantirish u yoqda tursin, ro‘zg‘orni tebratish-
ga ham qurbi yetmayotgandi. Shu boisdan ham sevgan qizining 
ota-onasi ular ning to‘ylariga rozilik bildirishga ikkilanishayotgandi. 
To‘yga ruxsat olgani bilan, tantana qilish, dasturxon yozishga mab-
lag‘ni qayerdan oladi? Fozil bularni o‘ylayverganidan sochlariga oq 
ham oraladi. Boshi qotgan yigit stadionga qanday yetib kelganini 
ham bilmay qoldi.
– Assalomu alaykum, – deya shogirdlari uni qarshi olishdi. Shun-
dagina o‘ziga keldi. Fozil shogirdlarining unga umid bilan tikilisha-
yotganini ko‘rib, biroz g‘am-tashvishlarini unutayozdi:
– Vaaleykum assalom, – deya salomlashishdi va odatiy 
mashg‘ulotlar avj oldi. Dastlab shogirdlarining jismoniy tayyorgar-
liklarini ko‘zdan kechirdi. Ularga yanada tezroq yugurish haqida 
tavsiyalar berdi. Keyinchalik esa texnika ustida ishlashishni o‘rgatdi 
va bolalarni maydon markaziga to‘pladi.
– Bolalar, bilasiz, yakshanba kuni hal qiluvchi uchrashuv bo‘la-
di. Demak, 2 kun qoldi. Finalgacha yetib kelishning o‘zi bo‘lmadi. 
Shuncha qiyinchiliklarni yengib o‘tdik. Endi kubokni qo‘lga kiritish 
uchun bir qadam qoldi. Xo‘sh, nima qilamiz? Shuning o‘zi ham katta 
jasorat, bizga yetadi, deb, shu yerda to‘xtaymizmi yoki oxirigacha 
kurashib, viloyat chempionligini qo‘lga kiritamiz?
– Yo‘q ustoz, biz oxirigacha kurashamiz, – deya javob qaytardi ja-
moa sardori Rahmatullo. – Faqat va faqat g‘alaba uchun kurashamiz, 
qanday qilib bo‘lsa ham g‘olib chiqamiz, ustoz. Shundaymi bolalar?
– Ha, g‘alaba uchun kurashamiz, – jo‘r bo‘ldi butun jamoa.
– Mayli, qanday qilib yutmoqchisizlar, – yuzida tabassum bilan 
so‘radi murabbiy.


55
FUTBOL FALSAFASI
– Farqi yo‘q ustoz. Raqibni ayamaymiz, gol urib olsak, vaqtni 
cho‘zamiz, muhimi, natija, – javob qaytardi jamoaning eng semiz 
futbolchisi Shukrullo.
– Muhimi, natijami, vaqtni cho‘zmoqchimisizlar hali?
– Ha, murabbiy, buni nimasi yomon.
– Sizlar futbolchimisizlar yoki aktyor? Yoki masxarabozmisiz-
lar? Bu qanaqa gap? – qizishib ketdi Fozil, – Agar bilsanglar, fut-
bol – millionlar o‘yini. Shunday ekan, faqat va faqat halol o‘ynamoq 
lozim. Ya’ni “feyr-pley”ga amal qilmoq darkor. Sizlar shunday o‘yin 
ko‘rsatingki hatto mag‘lubiyatga uchragan taqdiringizda ham, sta
-
dionga kelgan muxlislar faqat olqishlasin. Axir aytishadi-ku: “Oltin 
olma, olqish ol” deb. Tog‘ri, natija ham kerak, albatta... Lekin eng 
muhimi, halollik va chiroyli o‘yin. Bu gapimni barchangiz miya-
ngizga singdirib oling. Gapim tushinarlimi?
– Tushunarli ustoz, aytgan gapimdan xijolatdaman, – pomidor-
day qizarib ketdi Shukrullo.
– Hechqisi yo‘q. Gaplarim esinglardan chiqmasin-a? Qani 
mashg‘ulotlarni davom ettiramiz bo‘lmasa. 
Bolalar endigina shug‘ullanishni boshlagan bir paytda, Fozil-
ning sochlari uzun, hatto jayronni ham uyaltiradigan jodu ko‘zli, 
qaddi-qomati kelishgan sevgilisi Farida stadion atrofidan o‘tib ke
-
tayotgan edi. Fozil fursatni boy bermay, darrov, o‘zini maftun etgan 
qizning yoniga oshiqdi.
– Bugun qo‘shni qishloqdan sovchilar kelar ekan. Otam meni siz 
bilan uchrashishimni taqiqlab qo‘ydi, – yig‘lamsiradi Farida. 
Fozil esa hech narsa demadi. U biror so‘z aytishga ojiz edi. Qizni 
yupatishni ham eplolmadi. Kayfiyati rasvo tarzda, mashg‘ulotlarni 
bajarayotgan shogirdlari huzuriga keldi. Uning ko‘zlaridan naqadar 
alamzada bo‘layotganini payqash qiyinchilik tug‘dirmasdi. Hayot-
dan to‘yib ketgan odamga o‘xshab o‘tirgan murabbiyni bu ahvolda 


56

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish