olim...piyoda
reportajini chalaroq bo‘lsa-da sizlarga
yetkazishga ulgurdim-ku.
Furqat Yusupov
ning tushdagi reportajini
Ilhom Rahimov
sizlar-
ga bir amallab “translyatsiya” qildi.
2010
47
FUTBOL FALSAFASI
HIKOYALAR
PUSHAYMON
Bolaligimdan futbolga mehr qo‘ygandim. Keyinchalik to‘garak-
ka qatnay boshladim va asta-sekin qishloqda kelajagi porloq futbol-
chi sifatida tanildim. Bu orada yoshlar terma jamoasidan ham taklif
ol dim. Jamoadoshlarim orasida obro‘im kundan kunga oshib bo-
rardi. O‘zimni xuddi dunyoga dong‘i ketgan mashhur futbolchiday
tutib, atrofimdagilarga mensinmay qaray boshlardim. Navbatdagi
muhim o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushib, xavfli vaziyatlar-
ning birida raqib darvozasini ishg‘ol qilishga ham muvaffaq bo‘ldim.
O‘z quvonchimni sheriklarim bilan baham ko‘rayotganimda, ko‘zla-
rim nogahon bir qizga tushib qoldi. U butun o‘yin davomida meni
qo‘llab-quvvatlab turganini sheriklarimdan biri aytib qoldi. Men
esa unga e’tibor bermaslikka qaror qildim. Chunki ortimda bir-biri-
dan chiroyli son-sanoqsiz qizlar yurardi. Bu qiz esa negadir ma’yus
ko‘rinardi. Lekin mening o‘yinlarimni diqqat bilan kuzatayotganini
darrov sezdim. Uchrashuv nihoyasiga yetganidan so‘ng o‘sha qiz
oldimga keldi.
– Assalomu alaykum, – tortinibroq salomlashdi. Shunda qizning
boshqalarga sira o‘xshamasligini angladim, – Sizdan dastxat olsam
bo‘ladimi?
– Vaqtim yo‘q, – deya qo‘pollik qilib ketib qoldim. Yo‘lda bo-
rar ekanman, o‘sha qizga “katta” ketganimdan biroz afsuslangan
bo‘lsam-da, o‘zimni baribir, mag‘rur tutdim. “Hamma qizlar ortim-
48
Yusupov FURQAT
da yuribdi-ku” dedim o‘zimga o‘zim. Uyga kirib borishim bilan,
otam meni maqtay boshladi:
– Qoyil o‘g‘lim. Bugun zo‘r o‘ynading-da o‘ziyam.
– Rahmat, ota.
– Bergan saboqlarim zoe ketmasligini bilgandim.
– Nimalar deyapsiz? Men hammasiga o‘z kuchim bilan erish-
dim. Siz menga nima qilib berdingiz? Hech nima! Menda talant bor.
Shuning uchun mashhur o‘yinchiga aylandim.
O‘shanda bu gaplarim bilan otamning dilini qanchalik og‘rit-
ganimni bilmagandim. Vaholanki, onamdan erta ayrilganman. Otam
esa boshqa ayolga uylanmadi. Meni birovdan kam qildirib qo‘ymadi.
Katta maosh ola boshlaganimdan so‘ng ko‘zlarimga otam ko‘rinmay
qoldi. U stadionda har bir o‘yinimni kuzatar va yomon o‘ynagan pay-
tlarimda ham meni maqtab qo‘yardi. Men esa uyga borgandan so‘ng,
charchaganimni bahona qilib, otam bilan gapla shish u yoqda tursin,
hatto birga o‘tirmasdim ham. Shunday vaqtlarda otam mendan ranjisa
ham, buni sezdirmasdi aslo. Bir kuni safarga jo‘nashimdan oldin men-
ga 50 ming so‘m berdi: “U-bu narsa olarsan, o‘g‘lim”. Men esa yana
qo‘pollik qildim: “Bu pul bir kunlik ish haqimdan ham kam-ku. Nima
qilaman buni? Pulingiz o‘zingizda tura tursin”. Bu gapimdan so‘ng
otam turgan joyida qotib qolgan bo‘lsa-da, parvo ham qilmay chiqib
ketdim. Afsuski, safardan yirik hisobda mag‘lubiyatga uchragan hol-
da qaytdik. Ustiga-ustak, qizil kartochka olib maydonni muddatidan
oldin tark etishimga to‘g‘ri keldi. Balki otamni ranjitib ketmaganim-
da, bunday bo‘lmasmidi? Jamoamizning navbatdagi uy uchrashuvida
stadion yana muxlislar bilan to‘lib-toshdi. To‘pni yon chiziqdan o‘yin-
ga kiritib berish arafasida yana o‘sha notanish, men xafa qilib qo‘ygan
qiz bilan nigohla rimiz to‘qnashib qoldi. “Hali ko‘p keladi, meni ko‘rish
uchun”, – de dim o‘zimga o‘zim g‘ururlanib. Uchrashuv men uchun
omadli keldi. Raqib darvozasini ikki bora ishg‘ol qilishning uddasi-
49
FUTBOL FALSAFASI
dan chiqdim. Muxlislar ham meni qahramonday olqishlardilar. Hatto
raqib jamoa murabbiyi qo‘limni siqib tabriklab qo‘ydi. Kiyinish xo-
nasida esa jamoadoshlarim meni boshlariga ko‘tarib olishdi. O‘yindan
keyin g‘alabani nishonlash maqsadida biror joyga borishni mo‘ljallab
turganimizda, notanish qiz yana huzurimga keldi.
– Assalom alaykum. Iltimos, menga dastxat bersangiz.
Shu payt qizni nazarimga ilmay, unga yana qo‘rs gapirdim:
“Dast xat yo‘q. Sendaqa qiz bilan gaplashishga vaqtim yo‘q. Tushin-
dingmi?” – deb unga baqirib ketdim. Nogahon qizning ko‘zidan
yosh qalqib chiqdi.
– Said, jinnimisan, o‘rtoq, qara, yig‘latding-ku, – deya e’tiroz
bildirdi jamoadoshim. Bu payt qiz yig‘laganicha ketib qolgandi.
– Senga nima, Akbar?! O‘sha qiz kerakmi senga? Bor unda or-
tidan, nima qilib turibsan?
– Mashhur bo‘lib ketdim deb, hammaga shunaqa munosabatda
bo‘lasanmi endi o‘rtoq...?
– Men yulduzman. Sen kimsan? Oddiy zaxira o‘yinchisi. Bilding.
Menday bo‘lishingga hali ancha qovun pishig‘i bor.
Xullas, bolaligimdan beri birga o‘sgan yaqin do‘stimni ham, sta-
dionga kelib menga mahliyo bo‘lib o‘tiradigan notanish qizni ham
xafa qilib qo‘yganimni anglashim kerak edi. Lekin bunday bo‘lma-
di... Jamoadoshlarim bilan g‘alabani tungi soat 2:00gacha nishonla-
dik. Shu qadar ko‘p ichgan edimki, uyga zo‘rg‘a kirib borsam, otam
hali ham uxlamay meni kutib o‘tirgan ekan.
– Shu paytgacha qayoqda yuribsan o‘g‘lim, – deb so‘ray boshladi
otam.
– Yulduzman. Menga hamma narsa mumkin. Ko‘nglim tusagan
ishni qilaman... nimani xohlasam, uni sotib olaman.
– Bu dunyoda pulga sotib olib bo‘lmaydigan narsalar ham bor,
bolam.
50
Do'stlaringiz bilan baham: |