4-lаbоrаtоriya ishi
Mavzu: Tuzning erish issiqligini aniqlash.
Ishning maqsadi: Termokimening asosiy qonunlarini reaktsiyalarini entalpiya o’zgarishini hisoblash usullarini o’zlaщtirish, tuzning erish issiqligini tajriba yo’li bilan aniqlashdan iborat.
Reaktivlar: N2O-distillangan suv, kaliy nitrat tuzi KNO3(oq kristall modda), ammoniy xlorid tuzi-NH4Cl(oq kristall modda),natriy karbonat tuzi(oq kristall modda)Na2CO3, bariy xlorid tuzi BaCl2(oq kristall modda), mis sulьfat tuzi CuSO4(xavo rang kristall modda).
Asbob uskunalar: Ikki hil hajmli stakanlar, qopqoq, suyuqlikni haroratini o’lchovchi termometr, shisha varonka, shisha tayoqcha, texnik kimyoviy tarozi.
Tajriba-1. Tuzning erish issiqligini aniqlash.
Bu tajriba rasm-1 da tasvirlangandek soddalashtirilgan kalorimetrda bajariladi.
Rasm 1.Soddalashtirilgan kalorimetr.1-tashqi stakan; 2- ichki stakan; 3- qopqoq;4-termometr; 5-aralashtirgich; 6- voronka.
Kalorimetrning ichki stakaniga 50 ml suv quying va uni termometr va aralashtirgich o’rnatilgan qopqoq bilan berkiting. Aralashtirgich bilan suvni aralashtiring xamda suvning xaroratini yozib oling va uni t1 bilan belgilang. O’qituvchining ko’rsatmasi bilan kukun xoligacha maydalangan tuzdan 0,04 molь texnik kimeviy tarozida tortib oling va uni kalorimetrning ichki stakandagi voronka yordamida suvga soling. Tuzni aralashtirgich orqali aralashtirib eriting. Tuz suvda to’liq erigach, eritmaning termometr ko’rsatgan xaroratini yozib oling va uni t2 bilan belgilang.
Tajriba natijalarini xisobot jadvaliga yozing va tuzning erish issiqligini xisoblang. Tuzning erish issiqligining nazariy qiymatini jadvalda berilgan.
Jadval -4
Moddalarning 180C dagi moddalarning erish issiqlik effektlari
Moddalar
|
Erish issiqligi
|
Moddalar
|
Erish issiqligi
|
|
kkal
|
kDj
|
|
kkal
|
KDj
|
KNO3
|
-8,54
|
-35,75
|
ZnSO4*7H2O
|
-4,28
|
-17,9
|
NaNO3
|
-5,04
|
-21,08
|
ZnSO4
|
+18,54
|
+77,59
|
NH4NO3
|
-6,42
|
-26,90
|
CuSO4*5H2O
|
-2,80
|
-11,7
|
K2SO4
|
-6,42
|
-26,88
|
Na2SO4*10 H2O
|
-18,76
|
-78,51
|
NH4Cl
|
-3,89
|
-16,30
|
CuSO4
|
+15,90
|
+66,54
|
Na2CO3
|
+5,63
|
+23,60
|
H2SO4
|
+18,09
|
+75,70
|
Na2CO3*10H2O
|
-15,91
|
-66,58
|
HNO3
|
+7,45
|
+31,16
|
NaOH
|
+10,10
|
+42,24
|
KOH
|
+12,70
|
+53,18
|
Tajriba-2 Neytrallanish reaktsiyasining
issiqlik effektini aniqlash.
O’qituvchidan topshiriq olib neytrallanish reaktsiyasining termokimeviy tenglamasini yozing.
Kalorimetrining ichki stakaniga byuretkadan kerakli xajm 1 M ishqor eritmasidan quying va unga termometr tushuring, undagi ishqor eritmasining (t1) xaroratini o’lchang. Boshqa quruq stakanga byuretkadan bir xil xajmdagi 1 M kislota eritmasidan quying. So’ngra uni voronka orqali kalorimetrining ichki stakandagi ishqor eritmasiga quying va aralashtirgich bilan yaxshilab aralashtiring. Neytrallanish reaktsiyasi nihoyasiga etib, xarorati ortishi to’xtagandan keyin eritmaning maksimal xaroratini (t2) yozib oling.
Natijalarni xisoblash jadvaliga yozing va neytrallanish reaktsiyasining issiqlik effektini xisoblang.
Tajriba-1 natijalarini xisoblash.
1. Tuz erish issiqlik effektini quyidagi formula bo’yicha xisoblang Q(namuna)=s*m(eritma)*t0;
Bu erda: s - eritmaning solishtirma issiqlik sig’imi:
s=1 kal/(g*grad) yoki s=4,2J/(g*grad);
m(eritma)=m(tuz)+m(suv); t0=t2-t1.
Proportsiyadan foydalanib
1 molь------ NA------M g/molь-----Qerish (modda)kJ/ molь
n molь------ N------m g -----------Q(namuna) kJ,
Tuzning erish issiqlik effektini quyidagi formula bilan xisoblang:
Q(tuz erish)= Q(namuna) M(modda)\ m(modda)
3. Tajribaning absolyut va nisbiy xatosini xisoblang:
abs Q=Qerish(modda)nazariy- Qerish(modda)tajriba.
nisbiy Q=Q/Qnazariy*100%
Tajriba- 2 natijalarini xisoblash
Eritmaning umumiy xajmini xisoblang: V(er-ma)=V(ishkor)+V(kislota)
Kuzatilgan issiqlik effektini xisoblang: Q(kuzat)=c*V(eritma)**t0
Bu erda : eritma zichligi - r=1g/ml ;
t0=t2-t1; s=4,2 J/g*grad.
Proportsiyadan foydalanib berilgan xajmdagi ishkorni miqdorini
toping
1000 ml eritmada 1 molь NaOH , chunki S=1M
Vml ___________n molь NaOH, n=V/1000=V*10-3(molь)
Berilgan proportsiyadan foydalanib neytrallanish reaktsiyaning issiklik effektini xisoblang:
n molь ----------------- Q(kuzat)
1 molь ----------------- Q(neytrallanish)
Q(nazariy) = + 57,54 J/molь kilib olib tajribani absolyut va nisbiy xatosini toping
abs Q=Q(neytrallanish)nazariy- Q(neytrallanish)tajriba.
nisbiy Q=Q/Qnazariy*100%
Do'stlaringiz bilan baham: |