Yusupov FURQAT
– Ey yig‘ishtiring nasihatlarizni...
Shundan keyin bo‘lgan voqealarni eslay olmayman. Ertalab bi-
roz kech uyg‘ondim. Otam nonushta tayyorlab, kutib o‘tirgan ekan.
Men esa salom ham bermay chiqib ketdim. Mashg‘ulotlarga kech
qolganim bois murabbiydan dakki eshitdim: “Nimaga mashg‘ulot-
larga kech kelyapsan?”
– Uxlab qolibman.
– “Uxlab qolibman”mish. Nima, senga mashg‘ulotlar o‘yinchoq-
mi?
– Nimaga buncha baqirasiz? Jamoada men o‘ynayotganim uchun
ham biz doimo yutib kelyapmiz. Siz esa mening orqamdan murab-
biylik kursisida o‘tiribsiz.
Shundan keyin murabbiy bilan og‘zaki aytishib qoldik. Kayfiya
-
tim rasvo tarzda uyga qaytsam, otam ham meni koyiy boshladilar.
– O‘glim senga nimalar bo‘lyapti o‘zi? Keyingi paytlari ichib ke-
ladigan odat chiqarding. Buni qanday tushinay bolam...?
– Men bilan nima ishingiz bor sizni? Yoki mendan qutulolmayap-
sizmi, dada? – baqirdim otamga qarata.
– Bu nima deganing? Axir sen meni o‘g‘limsan-ku.
– Jonimga tegib ketdi hammasi. Uydan ketsam qulog‘im tinchiy-
dimi, ota? Bo‘ldi, bu uyda ortiq bir soniya ham turmayman. Pulim
o‘zimga yetadi. Kvartiraga ko‘chaman.
Jahl ustida lash-lushlarimni yig‘ishtirib uydan chiqib ketdim.
Otam esa ortimdan zor yig‘lab qoldi.
Ko‘p o‘tmay kvartiraga joylashdim. Navbatdagi uchrashuvda
ham jamoamiz ajoyib tarzda g‘alaba qozondi. Yana raqib darvoza-
sini ishg‘ol qildim. O‘sha qizni yana stadionda ko‘rdim. Lekin u bu
safar uchrashuvdan so‘ng dastxat olishga kelmadi. Rosti, kelishini
kutgandim. Jamoamiz keyingi uy uchrashuvini oradan bir oy o‘tgan-
dan so‘ng o‘tkazdi. Lekin ushbu bahsda notanish qiz ko‘rinmadi.
51
FUTBOL FALSAFASI
Stadionning to‘rt tomonini ko‘zdan kechirib chiqdim. Ammo u yo‘q.
Qizga o‘rganib qolgandim shekilli, bu safar uni ko‘rmaganimga bi-
roz kayfiyatim tushib ketdi. Aksiga olib, o‘yinim ham qovushmadi.
Hattoki, bo‘m-bo‘sh darvozani ishg‘ol qilolmadim. Buning natijasida
bosh murabbiyimiz meni zaxira o‘yinchisi – bolalikdagi do‘stim Ak-
bar bilan almashtirdi. Bir oy ilgari meni olqishlab, sha’nimga maq-
tovlar aytayotgan muxlislar bu safar tinmay haqorat qilayotgandi-
lar. Ularning haqoratlari kamlik qilayotgandek, murabbiydan ham
nordon so‘zlarni eshitdim. Shundan keyin barcha ishlarim orqaga
keta boshladi. Jamoada zaxira o‘yinchisiga aylanib borayotgandim.
Maydonga tushganimda esa, muxlislar tinmay hushtakbozlik bilan
“siylashardi”. Endi jamoadoshlarim orasida ham nufuzim tusha
boshlagan, asosiy tarkibdagi o‘rnimni esa Akbar olib qo‘ygandi. Ikki
oydan beri otamning holidan xabar olmay qo‘ygandim. Bir payt-
lari mendan dastxat olish ilinjida yurgan qiz ham ko‘rinmay ketdi,
ishlarim yurishmagandan buyon yor-u birodarlarimdan tortib, ke-
timda yurgan, qiyo boqishimni kutadigan qizlar ham mendan yuz
o‘girishgandi. Tushkun kayfiyatda yurgan kunlarning birida pochta
orqali xat keldi. Konvertning ustiga hech narsa yozilmagandi. Xatni
alamzada yurgan muxlislardan bo‘lsa kerak, deb, ochmasdan yo-
qib yubordim. Oradan bir hafta o‘tib, ikkinchi marotaba nomimga
bitilgan maktub keldi. Yana, muxlislar meni haqorat qilib maktub
yozgan bo‘lsalar kerak, deb o‘yladimda, olovga tashladim.
O‘yinlarim murabbiylarimni umuman qoniqtirmay qo‘ygach,
meni jamoadan haydadilar. Boshimdan og‘ir kunlar o‘tayotgan
damlarning birida pochta orqali navbatdagi maktubni oldim. Bu sa-
far nima bo‘lsa mayli, dedim-da xatni o‘qiy boshladim.
“Assalomu alaykum, Said aka. Men sizdan dastxat olish
maqsadida 2 marotaba huzuringizga bordim. Afsuski, menga
imzo qo‘yib berishdan bosh tortdingiz. Nazarimda, o‘shanda meni
52
Do'stlaringiz bilan baham: |