IJARACHI FANAT
Ertalab uyg‘ondim, choy-poyimni ichdim-da, mollarni qaradim,
tovuqlarga don soldim va mayda-chuyda ishlarni bitirgach bozorga,
gazeta olishga borish uchun kiyina boshladim. Ustimga O‘zbekiston
terma jamoasining 6-raqamli libosini oldim. Shundoq shippagimni
kiymoqchi edim, kecha mahalladagilar bilan futbol o‘ynab, uni yirtib
qo‘yganim esimga tushdi. Yaxshiyam, baxtimga ukam Alisher bor-
da. U mendan ertaroq turib, maktabga ketadi doim. Mendan 2 yosh
kichik bo‘lsayam, ikkalamizning oyoq kiymlarimiz bir o‘lchamda.
Uning shippagini kiydim-da, uydagilarga doimgidek “Kollejga ket-
dim” deya chiqib ketdim.
Yo‘lga chiqib avtobus kutib turgandim. Bir payt do‘stim Sunna-
tulloni ko‘rib qoldim. Menga pul kerak bo‘lib qolgan paytlari Sun-
natullo eng yaqin og‘aynim bo‘lib ketadi-da o‘ziyam. Gazeta olish
u yoqda tursin, hatto avtobusga kirasiga pulim yo‘q edi. “Sunnat
-
chik, horma, kecha kollej oldida qizlar bilan turgan ekansan. Bunaqa
asallarni qayerdan topasan, hayronman. Shu, diding chakkimas-da.
Senga havasim baland”, – deya uni qulog‘iga “tepa” boshladim. Sun-
natulloga bitta shirin gap aytsang bo‘ldi, qaymoqday suzilib ketadi
60
Yusupov FURQAT
o‘ziyam. Qisqasi, avrab-avrab undan 10 ming so‘m qarz oldim.
“Qachon qaytarasan?” – deya so‘ragandi, o‘ylab ham o‘tirmay
“Bugun kechqurun uyingga o‘zim tashlab ketaman”, – desam laqqa
ishondi. Keyin avtobusga o‘tirib, qarasam, yosh boladan tortib,
sochlari to‘kilib, uchtagina tishi qolgan chollargacha, gulday ochilgan
qizdan boshlab, boboyini “jo‘natib” erkin yurgan momoylargacha
futbol haqida gaplashishyapti. Ustimdagi terma jamoamiz libosini
ko‘rib, ko‘rinishidan 70 yoshdan oshgan onaxon so‘rab qoldi:
“O‘g‘lim, bugun Navbahor kim bilan o‘ynaydi?”. Ehh... esing qursin
Shomurod. Axir bugun “Vodiy derbisi” bo‘ladi-ya. Esimga solgani
uchun onaxondan xursand bo‘ldim va “Jamoamiz Andijon bilan
o‘ynaydi”, – deya javob qaytardim.
Avtobusda qiy-chuv. Sababi, bugun futbol bayrami. Buning usti-
ga, “Vodiy derbisi”! Futbol haqida bahs-munozaralar shu darajada
qizidiki, avtobus bozor bekatiga qanday kelib qolganini sezmab-
man ham. Avtobusdan tushganim hamono kioskaga qarab chop-
dim. Borsam, bittagina “InterFutbol” qolgan ekan. Sotuvchi ayolga
pul berib-bermay odatdagidek gazetani varaqlashni boshladim va
ko‘zim kichik bir e’longa tushdi. “Bugun bo‘lib o‘tadigan “Poytaxt
derbisi”ga viloyatlardan, ayniqsa, Namangandan muxlislar ijaraga
olinadi va ularga qo‘shimcha haq to‘lanadi. Demak, shoshiling”.
E’lonning oxiri juda manzur bo‘ldi-da. Shartta telefonimni qo‘limga
oldim-da, “911” raqamini terib, Ucelldan 1 dollar qarz oldim. “Tosh-
kentga bora olsam, albatta qarzni to‘layman”, dedim o‘zimga o‘zim.
Keyin o‘rtoqlarimga telefon qila boshladim. Ular bugun “Vodiy
derbisi”ni o‘tkazib yuborishni 100 dollarga ham almashmasliklarini
ta’kidlashdi. Xayolimni bitta narsa o‘rab oldi. O‘yinga kirish uchun
50 ming tomoshabin stadionga boradi, lekin ularning kamida 10
ming nafari tashqarida qolib ketadi. “E, mayli”, dedim-da, mardikor
bozorga chiqdim. Qarasam, ish topolmay o‘tirgan odamlar ko‘p.
61
FUTBOL FALSAFASI
Shunda asta-sekin ularning ichidan “akaxon”larini izladim. Xuddi
menga o‘xshab terma jamoamizning 6-raqamli futbolkasini kiyib
olgan, aft-angorlari qorayib ketgan, Taysonnikidan kam bo‘lmagan
kuchga ega bo‘lgan insonga ko‘zim tushdi. Keyin u bilan tanishish-
ga ahd qildim. “O, adash qalaysiz”, – degandim, ko‘zlari katta-kat
-
ta ochilib, xuddi qizil shapkachani yeyishga tayyor turgan bo‘riday
menga qaradi: “Meni qayerdan taniysan? Yoki sening isming ham
Olimmi?” Bunaqa paytlarda suhbatdoshning qulog‘iga “lag‘mon
cho‘zish”da mening oldimga tushadigani yo‘q.
– Aka, bugun futbolga borasizmi?
– E uka, qanaqa futbol? Biletga pulni katta xolangdan olamanmi?
– deya menga o‘shqirib ketdi haligi kishi. O‘zi shundoq ham kayfi
-
yati yo‘q odam, battar ezilayotganini ko‘rdim-da, unga gazetadagi
e’lonni ko‘rsatdim. E’lonni o‘qigach, xuddi jahon chempioni bo‘lgan
insondek quvonib, hammani bir joyga yig‘di. Xullas,, hozircha ham-
masi men o‘ylagandek ketyapti. Endigi muammo, bu – transport.
Endi nima qilsam ekan-a? Soatga qarasam, 12 ga 5 daqiqa qolibdi.
O‘yin 16:00 ga belgilangan. O‘zi saraton bo‘lsa, o‘yinni kechroq-
qa qo‘yishsa bo‘ladi-ku. Shundoq ham o‘yinni seshanba kuniga
qo‘yishgan. A mayli...
– Ana bo‘sh ulov keldi, – dedi oramizda kimdir. Hammamiz xur-
sand bo‘lib ketdik. Keyin haydovchining oldiga bordim.
– Hormang, aka, ishlaringiz yaxshimi, bola-chaqa, kelinoyim,
qaynota-qaynona, amma-yu, xola... – shu payt haydovchi gapimni
bo‘ldi.
– Ey, uka, buncha ko‘p gapirasiz-a? O‘zi issiqdan rosa ezildim.
Qani, maqsadga o‘ting-chi?
Unga bor gapni tushintirdim. Kira haqini qaytib kelganimizdan
so‘ng berishimizni aytdim. Xullas,, yo‘lga tushdik. Hamma xursand,
sho‘x-shodon, kayfiyatlar a’lo. O‘yin boshlanishiga 5 daqiqacha qol
-
62
Do'stlaringiz bilan baham: |