Yusupov FURQAT
Murabbiy jim bo‘lib qoldi. Bo‘yoqchi bazani tark etdi. Shunda
murabbiy o‘ylay boshladi: “Bu yigitcha mashg‘ulotlar paytidagi
mag‘lubiyatni hazm qilolmay, urgan 3 ta goli hech narsani anglat-
masligini aytdi. Vaholanki, bu mashg‘ulotdagi oddiygina mashq
o‘yini. Agar u ertaga haqiqiy futbol bahslarida maydonga tushsa,
mag‘lubiyatni hech qachon tan olmasligi muqarrar...”
Ertasi kuni murabbiy haligi bo‘yoqchini yana huzuriga chaqir-
di va uning qo‘liga shartnoma varag‘ini tutqazdi. Sardor buni kut-
magandi. U, go‘yo, “shok” holatida edi. Axir bolaligida futbolchi
bo‘lishni orzu qilgan, ammo keyinchalik taqdiriga tan berib, bo‘yoq-
chilik kasbini tanlagandi. Endi esa birdaniga orzulari ushalishi
mumkin. Sardor zudlik bilan o‘zini o‘nglab oldi-da, quvonchidan
shartnomaning bandlariga qarab o‘tirmay imzo chekdi.
Murabbiy uni 2 kundan so‘ng “Soliqchi” jamoasi bilan bo‘lgan
uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushirdi. Murabbiy ishon-
chini oqlab, raqib darvozasini 2 bora o‘qqa tutgan Sardor Sapayev
muxlislar mehrini qozonishga muyassar bo‘ladi. Mavsum yakuniga
qadar ishonchli tarzda to‘p surgan Sapayev kelasi yilni oliy liga ja-
moasida boshlaydi. Muxlislar tomonidan “Bo‘yoqchi” laqabi bilan
siylangan Sardor yana bir yildan keyin terma jamoadan taklif olib,
butun mamlakatda shuhrat qozonsa, ajabmas.
2012
XAYOLPARAST FUTBOLCHI
Birinchi liga jamoalari o‘rtasidagi markaziy uchrashuv. O‘yin-
ning 90-daqiqasi, mezbonlarning 18 yoshli hujumchisi darvozabon
bilan birga bir vaziyatga chiqib bormoqda...
– To‘pni darvozabonning ustidan oshirib tashlasammikan yoki
aldab o‘tib, bo‘sh darvozani ishg‘ol qilsammikan? Iye, yonimdagi
69
FUTBOL FALSAFASI
jamoadoshim yanayam qulay vaziyatda turubdi-ku.. Agar to‘pni
uzatsam-u, u gol ursa, mashhur bo‘lib ketadi. Men esa soyada qolib
ketishim aniq. Shunday ekan, o‘zim zarba berganim ma’qul. Agar
hozir gol ursam, muxlislarning yoqimtoyiga aylanish bilan birgalik-
da juda mashhur bo‘lib ketaman-da o‘ziyam. Keyin oliy ligaga yo‘l
olamiz. Shundan so‘ng grand jamoalar meni talashishadi. Bu paytga
kelib, yoshlar terma jamoasidan taklif olsam, Osiyo chempionati-
ga boraman va biz chempionlikni qo‘lga kiritsak, o‘zim eng yaxshi
to‘purar bo‘lsam, yil yakunlariga ko‘ra, qit’aning eng yaxshi yosh
futbolchisi maqomini olaman. Milliy chempionatimiz starti arafasi-
da biror grand klub safidan o‘rin olsam, chempionlik bilan bir qator
-
da to‘purarlikni ham qo‘lga kiritaman va milliy terma jamoaga jalb
qilinaman. Keyinchalik yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida mu-
vaffaqiyatli to‘p surib, Yevropaning kuchli klublari skautlarini ko‘zi
-
ga tushaman va avvaliga Rossiyaga yo‘l olaman. Qaysi jamoada to‘p
sursam ekan-a? Ha, topdim “Anji”ga o‘taman. Maxachqal’aliklar bi-
lan premyer-ligada zafar quchib, to‘purar bo‘lsam, tarixdan joy ola-
man, keyin Yevropaning manaman degan jamoalaridan “sovchi”lar
kelishi muqarrar. Terma jamoa tarkibida Osiyo chempionatida ham
zafar quchib, to‘purarlik salohiyatimni ishga solaman. Natijada, yil
yakunlariga ko‘ra, Osiyoning eng yaxshi futbolchi sifatida e’tirof
etilaman. Qarabsizki, shundan keyin Madridning “Real” jamoasiga
yo‘l olaman. Galaktikos tarkibida Ronaldu bilan ajoyib tandem hosil
qilib, nafaqat Ispaniya, butun Yevropani larzaga solamiz. Ispaniya
chempionati va kubogi, Chempionlar ligasi, undan keyin Ispaniya
va Yevropa superkubogi hamda klublar o‘rtasidagi mundialda biz-
ning yo‘limizga to‘g‘anoq bo‘ladigan raqib chiqmaydi. Milliy jamoa
safida jahon chempionatiga chiqadigan bo‘lsak, debyut mundial
uchun bronza medal ham yomon emas. Ana shundan keyin meni
butun dunyo tan oladi. Yil yakunlariga ko‘ra, jahonning eng yaxshi
70
Do'stlaringiz bilan baham: |