MURABBIY HASRATI
Kecha shogirdim Germaniyadan qaytib keldi. Albatta, u yerga
o‘ynash uchun bormagandi, shunchaki, davolanib keldi. Aytishi-
cha, mazza qilib dam olib kelibdi. Ha, u jonining qadrini biladi-da.
Mashg‘ulotlar paytida ataylab darvoza ustunini tepib oldi va bar-
mog‘ini sindirdi. Shu arzimagan sabab tufayli Germaniyani ko‘rib
keldi. Men shuncha yil murabbiylik qilib loaqal Rossiyaga ham
chiqmadim. Unga hasad qilyapman. Qiziq, murabbiylarning jarohat
olish sirlari haqida kitob bormikan-a? Agar jarohat olib qolsam, men
ham shu bahona nemislarni ko‘rib kelarmidim.
Nihoyat, bir amallab jarohat oldim. Mashg‘ulotlar paytida
shogird larimga qo‘shilib to‘p tepdim va qulay vaziyatni qo‘ldan
boy bermay shogirdim bilan ataylab to‘qnashdim. Endi men ham
nemislarni ko‘raman. Ha, haqiqatdan ham meni nemislar davolash-
di. Farqi shuki, u nemislar o‘zimizni shaharda yashashardi. Umrim-
da birinchi marta murabbiy bo‘lganimga afsuslanib ketdim...
2012
PORA OLMAGAN HAKAM
Hakamlar ittifoqiga yangi rahbar saylanibdi. “Qora kiyim”
egalari orasida “Yangi rahbar o‘ta qo‘pol, hech kimni ayamas ekan,
aldaganlarni esa aslo yoqtirmas emish” qabilidagi gaplar tarqalibdi.
36
Yusupov FURQAT
Ertasi kuni esa yangi tayinlangan rahbar barcha hakamlarni yig‘ib
majlis qilibdi. Shunda boshliq adolat posbonlariga qarata kutilma-
gan buyruq berdi: “Orangizda shu paytgacha biror marta bo‘lsa
ham, pora olganlar bo‘lsa darhol o‘rnidan tursin”. Stollarda o‘tir-
gan 20 tacha hakam birdaniga oyoqqa turdi. Faqatgina bitta hakam
pinagini ham buzmay o‘z o‘rnida jim o‘irardi. Bunga hamkasblari
hayrat ko‘zi bilan qarabdi: “Qoyil bitta bo‘lsa ham oramizda vijdoni
pok, pora olmagan hakam bor ekan”. Shundan so‘ng rahbar “vij-
doni toza” hakamni turli xil maqtovlar bilan siylab, unga nishon,
estalik uchun sovg‘a-salomlar va mukofot puli bilan taqdirladi. Bu-
tun mamlakatda mashhur bo‘lib ketgan adolat posboni bilan suh-
bat uyushtirishni rejalashtirgan jurnalistlar uzundan-uzun navbatga
turishibdi.
– Barcha hamkasblaringiz pora olganlarini tan olib, o‘rinlaridan
turishdi. Siz esa jimgina o‘rningizda qoldingiz. Nahotki, biror marta
bo‘lsa ham pora olmagan bo‘lsangiz, – savol berishdi OAV xodim-
lari.
Hakam esa xotirjam javob berdi: “Agarda pora olganligimni fe-
deratsiyadagilarga aytmasam, men pora olgan kimsalar yana mu-
kofot berishga va’da berishgandi. Endi medallarni qo‘lga kiritgan
jamoa prezidentlari va’dalariga vafo qilishsa bo‘ldi. Men federatsiya-
dagilarga pora olganimni aytmadim-ku”.
2012
37
FUTBOL FALSAFASI
FANTAZIYALAR
Do'stlaringiz bilan baham: |