Nukus futbolim...piyodasi yakuniga yetdi
Ismim Olim. O‘zim fermerman. Uzoq yillar davomida tinim-
siz mashqlar qilib, sportda turli natijalarga erishgan yigit-u qizlar-
ga besh ketaman-da. Qanday qilib jismoniy bosimlarga chidarkin,
ular? Tunov kuni uyimizdan uch chaqirimcha narida joylashgan fer-
mer xo‘jaligimizga piyoda borgandim. Arang yetib oldim o‘ziyam.
Sillam qurib do‘lananing soyasiga o‘zimni tashladim. Ko‘zim ilinib,
naqd tushgacha dam olibman. Odam horiganda tushiga allamba-
lolar kirarkan. Lekin rosa qiziq tush ko‘ribman-da o‘ziyam. Shuni
sizga hikoya qilib bera qolay...
Bahorning ikkinchi oyi tugab, uchinchisiga o‘tgan kunlarda Nu-
kusda 1-futbolimpiyodasi bo‘layotganmish. Unda dunyoning o‘n
mingga yaqin mamlakatidan ikki yuz nafar sportchi, e-e, nimalar
deyapman, dunyoning ikki yuzga yaqin mamlakatidan o‘n ming-
dan ortiq sportchi ishtirok etishibdi. Futbolimpiyodaning asosiy xu-
susiyatlaridan biri shundaki, unda dunyoning eng mashhur, futbol-
ga sal bo‘lsa-da aloqasi bor sportchilari yoshlari va jinslaridan qat’i
nazar ishtirok etaverishar ekan. Xalqaro futbolimpiyoda qo‘mitasi
vakillarining gaplariga qaraganda, bu musobaqa yaqin orada eng
nufuzli turnirlardan biriga aylanarkan.
Xullas,, ana shu “tush-turnir” hisoboti bilan tanishtirib o‘tay.
Musoboqaning tantanali ochilish marosimi juda qiziqarli, bayramo-
na ruhda o‘tdi. Nukusdagi “Turon” stadioni braziliyaning “Mara-
kana”sida qayd etilgan rekordni butunlay yangilab tashladi. Shu
kuni stadionga 200 ming atrofida muxlis tashrif buyurdi. Bu rasmiy
ma’lumot. Aslida stadionda bundan ancha ko‘p muxlis to‘plangandi,
chipta sotuvchilar va nazoratchilarning tanish-bilish, oshna-og‘ayni-
38
Yusupov FURQAT
lari kassaga bosh suqib o‘tirisharmidi? Ulardan tashqari, ba’zi olg‘ir-
lar ham borki, nazoratchilarning qo‘llariga chiptaning yarim narxi-
ni sekin qistirib, lippa kirib olaverishadi... yana chalg‘idim, uzr.
Musobaqa mash’alasi shundoqqina Muborakda yoqilib, Nukusga
tuyalar karvonida olib kelindi. Stadionga o‘rnatilgan kottakon uchar
likob chani eslatib yuboradigan “gorelka”ni yoqish huquqi mashhur
akrobatikachi Server Jeparov va undan ham mashhurroq baqaloq
“gandbolchi” Diego Maradonalarga berilgandi. Ular o‘z vazifala-
rini sharaf bilan bajarib, muxlislar olqishlariga sazovor bo‘lishdi.
Shundan so‘ng futbolimpiyoda prezidenti Zepp Blatter musobaqani
ochiq, deb e’lon qildi.
Birinchi bo‘lib musobaqalarga yengil atletikachilar kirishishdi.
100 metrga yugurish bahslarida angliyalik Teo Uolkott jahon re
-
kordchisi Useyn Boltni ortda qoldirib, marraga birinchi bo‘lib ye-
tib keldi. Bu masofada uchinchi sovrindor bo‘lgan portugaliyalik
Krishtianu Ronaldu 200 metrli distansiyada barchadan alamini oldi.
Uning ortidan tillarini osiltirib gollandiyalik Aren Robben va fransi-
yalik Frank Riberilar yetib kelishdi.
Marafon bahslarida argentinalik Lionel Messidan boshqa biror
sportchi marraga yetib kelolmadi. Oqibatda, kumush va bronza
medallarini tashkilotchilar esdalik uchun o‘zlarida qoldirishdi.
Kurash bahslarida barcha raqiblarini chalib yiqitgan italiyalik
Gattuzo va ispaniyalik Puyollar finalda o‘zaro ro‘para kelishdi. Unda
omad italiyalikka nasib qildi. Bronza medallariga esa serb Vidich va
vatandoshimiz Xayrulla Karimovlar ega chiqishdi.
Og‘ir atletika bahslarida kurash unchalik qizimagan bo‘lsa-da,
baribir g‘olib nomi aniqlandi. O‘z vazni barobarida toshni boshi uzra
baland ko‘targan braziliyalik Ronaldoga teng keladigan “dushman”
topilmadi. G‘olib qancha vazn bilan g‘alaba qozondi? Buni uning
o‘zidan so‘ray qoling. Har holda, 150 kilodan kam bo‘lmasa kerak.
39
FUTBOL FALSAFASI
Boks bo‘yicha o‘tkazilgan turnirning eng ajoyib jangi yarimog‘ir
vaznda kuzatildi. Finalda fransiyalik Zidan va italiyalik Materatssi-
lar uchrashishdi. Jangni jahonning eng no‘noq hakamlaridan biri,
o‘zbekistonliklarga juda yaxshi tanish bo‘lgan Yoshida boshqardi.
Yoshidaning qat’iyatsizligi tufayli jang necha kun davom etishini
aytish qiyin edi-yu, ammo unga Zidan yordamga keldi. Uning taqir
boshi bilan bergan zarbasidan so‘ng Materatssi polga cho‘zilib yotib
oldi. Uning na uxlayotganini, na hushidan ketganini bilib bo‘lardi.
Nihoyat, yaponiyalik hakam mashhurlikda o‘zidan qolishmaydigan
hamkasbi – Evrebening maslahati bilan Zidanga texnik mag‘lubiyat
yozib qo‘ydi.
Gandbol bo‘yicha o‘tkazilgan turnir finalida Argentina va Fran siya
jamoalari o‘zaro kuch sinashdilar. Ochig‘ini aytsak, bu uchrashuv-
da argentinaliklar favorit hisoblanishardi. Chunki jamoa sardori
Maradona qo‘l bilan o‘ynash usulini san’at darajasiga ko‘tarishga
erishgan, o‘zining mahorati bilan necha-necha hakamlarni dog‘da
qoldirgandi. Ammo fransuzlar sardori Terri Anri ham mahorat bobi-
da baqaloqdan qolishmasligini barchaga namoyish qildi. Uchrashuv
yakunlanishiga sanoqli soniyalar qolganida, g‘alaba baribir argen-
tinaliklar tomoniga o‘tib ketdi. Bir tomondan, tajriba ustun kelgan
bo‘lsa, ikkinchi tomondan, pakana Messi jasorat ko‘rsatdi.
Basketbol musobaqasining butun tafsilotini hikoya qilib, boshi-
ngizni og‘ritmoqchi emasman. Bunga vaqt ham yo‘q. Chunki tush-
likka chiqishim kerak. Aks holda, ulfatlarimdan dakki eshitishim
hech gap emas. Shuning uchun qisqa qilib finalda Chexiya va Ar
-
gentina termalarining uchrashganlari va unda janubiy amerika-
liklar g‘olib chiqishganini aytishim mumkin. G‘alabaga argentina-
lik “daroz” Xaver Saviola ulkan hissa qo‘shdi. Uning tepadan ikki
qo‘llab savatga to‘p tashlashiga Yan Koller ham to‘sqinlik qilolmadi.
Futbol musobaqasi finalida esa Shveytsariya va Ispaniya terma
-
40
Do'stlaringiz bilan baham: |