Yusupov FURQAT
dunyoda ancha mashhur bo‘lib ketgan. Lekin beks stilist emas, ar-
xitektor bo‘lishni orzu qilgan. Kim biladi deysiz, arxitektor bo‘lgani-
da Londonda Eyfel minorasidan ham ajoyib bino qurib, shuhratini
butun dunyoga tanitarmidi? Axir u har jihatdan talantli-ku!
Endilikda sobiq darvozabonga aylangan, gollandiyalik Kipper
Edvin Van der Saar futbolni tanlamaganida sport do‘koni egasi yoki
jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi bo‘lardi. Ha, u haqiqiy sportchi.
Baribir sport ichida qolardi.
“Arsenal” klubi tarixidagi eng kuchli futbolchilardan biri bo‘lgan
Terri Anri futbolchi bo‘lmaganida “Otam hovuzga yetaklab borgani-
da suzuvchi bo‘lardim” deya ta’kidlaydi. Demak, Qirol Anrining
futbolchi bo‘lishida otasining hissasi ko‘proq bo‘lgani o‘z-o‘zidan
ayon.
Aleshandro Pato balkim hozir futbolchi emas, fizioterapevt bo‘lib
yurgan bo‘larmidi? Yana kim biladi deysiz? “Chelsi”ning ishongan
tog‘i Jon Terri bolaligida futbolchi bo‘lishni emas, aksincha yong‘in
o‘chiruvchi bo‘lishni orzu qilgan. Uning ham orzusi sarobga aylan-
gan. Lekin “Temir odam” o‘z taqdiridan xafa desam katta xatoga
yo‘l qo‘ygan bo‘laman.
2007-yili jahonning eng kuchli futbolchisi bo‘lgan Kaka otasi kabi
muhandis bo‘lardi. Agar u muhandis bo‘lganida 2007-yili jahonning
eng kuchli futbolchisi kim bo‘lardi? Afsuski, muhandislar ana shun-
day kasbdoshlari bo‘lishidan futbol tufayli mahrum bo‘lishgan. Ajab
bo‘lsin! Nima dedingiz?
“Manchester Yunayted” himoyachisi Rio Ferdinand futbolchi
bo‘lmaganida kim bo‘lardi? Reppermi? O‘qituvchimi? Aktyormi
yoki arxitektor? Yo‘q! Hech biri. U o‘zi tug‘ilib o‘sgan Sautvarkda
faqatgina oddiy ishchi bo‘lardi xolos. “Inter” himoyachisi Xaver Za-
netti ham o‘zi tug‘ilib o‘sgan joyda ishlardi. U poytaxtning port qis
-
mida ulg‘aygani uchun balki, dengizchi bo‘lgan bo‘lardi.
33
FUTBOL FALSAFASI
Futbolchilarning aksari bo‘sh vaqtlarida baliq ovlashni yaxshi
ko‘rishlarini bilib olgan bo‘lsangiz kerak. Ammo yoshligida baliq-
chi bo‘lishni orzu qilgan futbolchilarni bilmasangiz kerak. Agar bil-
masangiz, marhamat, bilib olishingiz mumkin. Bular “Milan”dagi
“Sheryurak” himoyachi Jennaro Gattuzo va “Liverpul” hujumchisi
Dirk Kuytlardir. Ularni baliq ovlab, bozorda baliq sotib yurishlarini
ko‘z oldingizga keltira olasizmi? Ha, darrov kulasiz-a!
“Zidan kushandasi” italiyalik “maxluq” Marko Materatssi bo-
laligida basketbolchi bo‘lishni orzu qilgan, afsonaviy Maykl Jor-
dan uning sportdagi kumiri hisoblanardi. Markoning aynan Jordan
o‘ynagan 23-raqamni o‘ziga olgani bejiz emas albatta. Uning basket
-
bolchi bo‘lishiga faqatgina futbol qarshi chiqqan. Markoda basket-
bolchilarga xos barcha omillar mavjud. Bahaybat gavda, uzun bo‘y
va uzun til… bo‘yi kichkina bo‘lishiga qaramay germaniyalik Filip
Lam ham bolaligida basketbolchi bo‘lishni xohlagan. Bu sizni biroz
taajublantirgan bo‘lsa ne ajab.
Sobiq Ittifoq davrida tug‘ilib voyaga yetgan rossiyalik Konstantin
Ziryanov va ukrainalik Andrey Shevchenkolar bolaligida xokkeyga
ham ko‘ngil berishgan. Agar, ular futbolni tanlamaganlarida bugun
xokkeychi sifatida ko‘z oldimizda gavdalanishgan bo‘lisharmidi?
Sheva, shuningdek, tennischi bo‘lishi ham mumkin edi. Agar u ten-
nischi bo‘lganida Roje federer-u, Rafael Nadallar bilan bir qatorda
bo‘larmidi? Lekin futboldagidek muvaffaqiyatlarga erishishi baribir
mushkul bo‘lardi. Yoshligida tennischi bo‘lish orzusida yurgan fut-
bolchilardan yana biri bu JCH-2010ning “Eng yaxshi futbolchisi” va
yangi neradzuri a’zosi Diego Forlandir. U ham futbolni tanlaga niga
yaratganga rahmatlar aytsa arziydi.
Mana azizlar, bugungi kunda biz yuqoridagi futbolchilarni
aynan futbol tufayli taniymiz. Ular “millionlar o‘yini” sababli mil-
lionlab muxlislarga egalar hozir. Agar, boshqa sohani tanlaganlari-
34
Do'stlaringiz bilan baham: |