Yusupov FURQAT
lari o‘zaro kuch sinashdilar. Roje Federer yetakchiligidagi chapdast
yigitlar Rafael Nadal jamoasini ikki taym natijalariga ko‘ra, 6:2 va
6:4 hisoblarida dog‘da qoldirishdi.
Ayollar futbolida ham qizg‘in kurash kuzatildi. Unda bosh sovrin
uchun AQSH va Rossiya termalari da’vogarlik qilishdi. Rossiya-
liklar sardori Mariya Sharapova va vitse-sardor Anna Kurnikovalar
har qancha noz-qarashma qilib, hakamlarni chalg‘itishga harakat
qilmasin, opa-singil Uilyamslar qarshiligini yengolmadi. Natijada,
uchrashuvda 6:4 va 4:6 hisoblari qayd etildi. Penaltilar seriyasida Di-
nara Safina xatoga yo‘l qo‘yib, mag‘lubiyat sababchisi bo‘ldi.
Akrobatika bahslarida maydon egalari vakili Server Jeparov
O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga ilk oltin medalni tuhfa qildi.
Futbolimpiyoda bahslariga shaxmat ham kiritilgandi. Uning
finalida gollandiyalik tajribali shaxmatchi Guus Xiddink va angli
-
yalik Aleks Fergyussonlar ro‘para kelishdi. Klassik shaxmatda Xid-
dink ustunlik qilgan bo‘lsa, tezkor, ya’ni vaqti cheklangan o‘yinda
Fer gyusson g‘olib chiqdi. Natijada, hakamlar brigadasi g‘oliblikni
Yoaxim Lyovga tuhfa qilib yuborishdi.
Eng qadimiy sport turlaridan biri bo‘lgan muxlislar bilan torti-
shuv bahsida italiyalik Balotelli, raqibga tupurish musobaqasida Rudi
Fyoller g‘olib chiqib, o‘z nomlarini tarix sahifalarida qoldirishdi.
Shu tariqa Nukusda o‘tkazilgan va tush orqali “efir”ga uzatilgan
1-futbolimpiyoda o‘yinlari nihoyasiga yetdi. Uni Furqat Yusupov,
Ilhom Abdurahmonovning yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi yordamida sharh-
lab bordi. “InterFutbol”da yana do‘lananing tagida pinak qilguncha
xayr, azizlar. Sog‘-omon bo‘ling.
2010
41
FUTBOL FALSAFASI
II-Futbolim...piyoda oxiriga yetmadi
Meni yaxshi tanimaysiz. Ammo kimning farzandi ekanligimni
aytsam, qisman bo‘lsa-da tanish chiqamiz. Bundan roppa-rosa to‘rt
oy muqaddam mening otam olim “piyoda” o‘zining fantaziyasi bi-
lan yaratilgan yangi musobaqa – futbolim...piyoda haqidagi repor-
tajni sizlarga havola etgandi. Agar yodingizdan ko‘tarilgan bo‘lsa,
eslatib qo‘yishim mumkin, reportaj “Nukus futbolim...piyodasi
yakuniga yetdi”, deb nomlangandi.
Ushbu yangi musobaqa tufayli otam Perd Kuberten kabi tarixdan
munosib joy egalladi. Bilasiz, o‘zbekning bolasi otasiga o‘xshashni
orzu qiladi. Men ham bundan mustasno emasman. Hech bo‘lmagan-
da “Interfutbol” sahifalarida muhrlanib qolsam deyman. Qachondir
ushbu gazetaning sarg‘aygan sahifalarini titkilab farzandlarimga
“Mana, ko‘rlaring, bobong kim bo‘lgan-u, otang kim bo‘lgan”,
deb
bir maqtanib olaman. Farzandlarim otalaridan faxrlanib yurishsin.
Nima dedingiz?
Yoshing nechada deysizmi? Buning nima ahamiyati bor? Juda
bilgingiz kelayotgan bo‘lsa mayli, aytsam ayta qolay. Endi 15
ga to‘ldim. Hozircha maktabda o‘qib-uxlab yuribman. Kelajak-
da zo‘r jurnalist bo‘lmoqchiman. Otam kabi fermer bo‘lib yurish
menga to‘g‘ri kelmaydi. To‘g‘ri, otamdan hozircha o‘tib tushgan
joyim yo‘q. U kabi men ham uyquchiman. Yana xayol surishni
yaxshi ko‘raman. Xayollarimda Maradona, Messi, Ronaldular bi-
lan birga futbol o‘ynayman. Ko‘pincha ularni dog‘da qoldirib olq-
ishlarga (aniqrog‘i, dashnomlarga) sazovor bo‘laman. Otamdan
farqim shuki, u do‘lananing tagida mijja qoqishni yaxshi ko‘ra-
di. Men esa partaga bosh qo‘yib uxlash ma’qulroq deb hisoblay-
man. Ham dars o‘tadi, ham vaq tim. Qalay, mantiqan fikrlashim
chakkimasa?
42
Do'stlaringiz bilan baham: |