Yusupov FURQAT
rini ayab o‘ynashdi. Ko‘rinishidan, salomatliklarini xavf ostiga
qoldirishni istamadilar, chog‘i”. “Vakillarimiz aslida rang-barang
o‘ynashga intildilar. Biroq raqiblar o‘yin chizgilarini belgilab, sura-
tini hosil qildilar”. Bu endi chizmachilik fani bilimdonining fikrlari.
Shu orada ona tili fani o‘qituvchimiz yana gap oldilar va adabiyot-
dan so‘z ochdilar: “Afsus, kecha futbolchilarimiz g‘alaba qozongan-
larida, ularga atab doston-u romanlar bitardik. O‘yin tragediya bilan
tugagani yaxshi bo‘lmadi-da”. “Raqiblarimiz o‘yinni yuqori nota-
da o‘tkazishdi, buni tan olish darkor. Ular avj pallasini o‘z o‘rniga
qo‘yishdi”, – deya luqma tashladilar musiqa fani ustozi.
Shovqin-suron direktor xonasiga yetib bordi, shekilli, qo‘qqis-
dan sochlari oqargan katta domla kirib keldilar va kechagi mag‘lu
-
biyat sabab kayfiyatlari yo‘q, chog‘i, darrov zahar sochdilar. “Bu qa
-
naqasi? Nima qilib o‘tiribsizlar, 45 daqiqalik darsning yarmi o‘tib
bo‘ldi-ku!? Hammangga ogohlantirish! Yana bir marta shunday
holat takrorlansa, ishdan ayrilasizlar, tushunarlimi...? Endi hamma
darsga!” To‘g‘risi, direktorimizning vajohatlaridan cho‘chib, sinfga
qanday qaytganimni-yu, dars qanday o‘tganini bilmay qoldim. Ish-
qilib, bunday o‘yinlar soni kamaysin-da, bo‘lmasa ham mayli. Axir
mag‘lubiyatning muhokamasidan ko‘ra, g‘alabani madh etish o‘n
chandon yoqimli-ku.
2012
SHIRIN YOLG‘ON
Autsayder maqomidagi jamoa prezidenti bayonatidan: “Azizlar,
men rahbarlik qilayotgan klub yurtimizdagi eng ko‘zga ko‘ringan ja-
moalar sirasiga kiradi. Barcha murabbiylarimiz PRO litsenziyasi so-
hiblari, futbolchilarimiz esa haqiqiy professional. Bir-biridan tartib-
li, barchasi to‘pga chanqoq. Mashg‘ulotlarga hech kim kechikmaydi.
29
FUTBOL FALSAFASI
Bunaqa muammolar allaqachon hal etilgan bizda. Lekin shunga
qaramay birgina kamchiligim bor. Bu haqda keyinroq to‘xtalaman.
Har yili klubimiz tarbiyalanuvchilari turli musobaqalarda birinchi
o‘rinni olishadi. Noprofessional futbolchilarni jamoamizda kunduzi
chi roq yoqib ham topa olmaysiz. Hatto Messidan ham zo‘r o‘ynay
-
digan futbolchilar bor. Bular barchasi aniq tizim yo‘lga qo‘yilganidan
dalolat. Murabbiylar shtabi biror marta o‘yinga puxta tayyorlanmay
chiqmaydi. Bunga yo‘l qo‘ymayman. Ammo taassufki, birgina kam
-
chilik menga ko‘p hollarda pand berib qo‘yadi.
Jamoada ichki intizomga jiddiy e’tibor qaratganman. Stadioni-
miz qishin-yozin doimo yam-yashil bo‘lib turadi. Jurnalistlar uchun
matbuot lojasi, martabali mehmonlar uchun VIP-lojasi ham kam-
chiliklardan xoli. Shuningdek, TV xodimlari uchun alohida xonala-
rimiz bor. Matbuot kotibimiz va klubimiz veb-sayti tun-u kun, 24
soat izlanishda.
Mashg‘ulotlar paytida futbolchilarimiz o‘zaro samimiy muno-
sabatda. Kelishmovchiliklar haqida esa gap bo‘lishi mumkin emas.
Baribir bitta kamchilikni o‘ylab siqilib ketaman-da. Bo‘lmasa, ja
-
moamizning grantlardan sirayam kam joyi yo‘q. Stadionimiz ta’mir-
dan chiqarilgan va doimo muxlislar bilan gavjum. Tarbiyalanuvchi-
larimiz uchun behisob futbol maydonchalarini qurganmiz. Ular
qishda dalada mashg‘ulot o‘tkazishmaydi. Jamoa baquvvat homiy-
larga ega. Darvoza to‘sinlari kechagina zavoddan chiqqandek yarqi-
rab turibdi. Tarbiyalanuvchilarimiz formalar va to‘plar bilan to‘liq
ta’minlangan. Maydonchalarimiz erta-yu kech yosh futbolchilari-
miz ixtiyorida. Xullas,, bolalar futboliga e’tiborni kuchaytirganmiz.
Lekin baribir bitta kamchilik bor-da. Aytgancha, biz hakamlardan
ham to‘la minnatdormiz. Biror marta hakam ustidan arz qilmagan-
miz federatsiyaga. Tartib-intizom kuchli bo‘lgach, futbolchilarimiz
ular bilan tortishishmaydilar-da. Shu boismi, butun mavsum davo-
30
Do'stlaringiz bilan baham: |