BITTA GOL MUHOKAMASI
Milliy terma jamoamiz Eron bilan o‘yinning so‘nggi daqiqasida
gol “yeb” mag‘lub bo‘lgach, avvalgi bir voqea esimga tushib ketdi.
Ha, adashmadingiz, o‘sha Bahrayn bilan bo‘lgan alamli o‘yindan
keyingi voqea-da. O‘shanda mag‘lubiyat butun mamlakatimiz qa-
tori kichikkina maktabimizda ham g‘oyat katta munozaralarga yo‘l
ochgandi-da o‘ziyam. Keling, yaxshisi, tarixga aylangan kun xroni-
kasini sizlarga ham so‘zlab bera qolay.
Odatdagidek ertalab maktabga bo‘ynimga arqon solingandek
xohlamaygina chog‘landim. Lekin meni oldinda sal boshqacha
24
Yusupov FURQAT
“darslar” kutib turgan ekan. Maktab ostonasini hatlab o‘tganim
hamono hammaning og‘zida kechagi o‘yinning tafsilotlari ekanligi-
ga e’tibor qaratdim. 1-sinfdan tortib, 8-sinf o‘quvchilari – barcha-bar-
cha futbol haqida munozara yurityapti. Sekin sinfga kirsam, bolalar-
dan burun qizlar gap boshladilar-ov: “Kechagi o‘yinni ko‘rdingizmi?
Juda maqtardingiz, nima bo‘ldi endi?” Bu holatni ko‘rib, bilmagan
holda o‘zimga hayrat atalmish ko‘chani ixtiro qilib qo‘ydim. Aksiga
olib, navbatchi ekanman, o‘qituvchilar xonasiga jurnalni olish uchun
borgandim,... hozirgina ochgan ko‘chamning tub-tubiga tushib
ketdim. Menga doimo zahrini sochib yuradigan chet tili domla-
mizning “atagani” bugun menga yetmasligiga tezda amin bo‘ldim.
O‘zi shu domlamizga hayronman-da. Bir kishi ko‘zlariga yomon
ko‘rinib qoldimi, tamom, bor nafratini unga bemalol sochadi. Xul-
las,, ko‘rdimki, “shirin-shakar” tanbehlar bugun men emas, kecha-
gi o‘yin, aniqrog‘i, futbolchilarga atalgan. Domlamiz hamkasblarini
o‘zlariga qaratib, kuyungancha gapirardilar: “Futbolchilarimizga
o‘zi nima bo‘lgan? So‘nggi daqiqada raqibga nisbatan fol ishlatish-
ga balo bormidi? Himoyachilarga ham hayf, sun’iy ofsayd qilolmas
ekansan, nimaga ortiqcha chiranasan? Ana, manavi (menga ishora
qilgancha) inglizchaga tilim o‘tmaydi, deb tan olganidek, soddaroq
o‘ynayvermaysanmi? To‘pni autga tepib yubor – tamom-vassalom”.
Domla inglizcha so‘zlarini ham qo‘shishni boshlagandilarki, gaplari
yarim yo‘lda qoldi. Ya’ni estafetani olgan matematika o‘qituvchimiz
o‘yinni raqamlar asosida tahlil qilishga tushdilar: “Gapingizga yuz
foiz qo‘shilaman. To‘p yumaloq, maydon tekis. Gol jarima maydoni
tashqarisidan, darvozadan 30 metrcha uzoqlikdan urildi. Nahotki,
himoyachilarimiz oddiygina Pifagor teoremasini bilishmasa?” Bir
yoqda 70 yoshga kirib ham allambalo qoidalarni dastak qilgancha
menga doimo jimjimador “2” qo‘yadigan fizika fani domlamiz jav-
rab ketdilar: “To‘pni qaytarishda nafaqat Pifagor teoremasi, balki
25
FUTBOL FALSAFASI
uning vazni, holatini ham bilish zarur-da. Axir to‘p havo bo‘shlig‘ida
o‘z og‘irligiga qarab harakatlanadi. Shuning uchun uning inersiya-
sini, tortishish kuchini ham hisobga olish kerak edi”. Shu domlamiz
bir gap boshlasalar odatda kamida 30-35 daqiqa tinmaydilar. Lekin
bu safar negadir 10 baravar kam gapirdilar. Shu fizik domlamiz men
uchun birinchi marta to‘g‘ri ish qildilar-ov. Navbat rus tili o‘qituv-
chimizga keldi, shekilli. Ular, o‘z odatlariga ko‘ra, ikki tilni omuxta
qilib, bahsga qo‘shildilar: “Anavi sudyada ham ayb yo‘q emas. U bir
necha shtraflarni bermadi. Bahrayn komandasining treneri ayyorlik
qilish bobida tulkiga dars beradiganlar tipidan shekilli. Eh, attang,
loaqal bitta udarimiz gol bo‘lganida, anavi masxaraboz varatarni
yig‘lashini ko‘rardik-da. U futbolist emas, byurokrat ekan, qancha
minutni “yeb tashladi” bir o‘zi”. Ha domlamiz cho‘g‘da pishayot-
gan kabobdek yonayotgandi-da o‘ziyam”.
Ana endi kimyo fanidan dars beradigan ayamizga qarang.
To‘g‘risi, kimyochilar futbolning “F” harfini ham tushunmasalar
kerak, deb o‘ylardim. Yo‘q, adashibman. Ayol o‘qituvchimiz shun-
day “razbor” qilganlaridan keyin qolganlarini tasavvur qilish qiyin
emas. “Eng asosiysi, hujumchilarimiz no‘noq, – deya gap boshladi-
lar aya. – Gol uruvchi hujumchi bizga suv va havodek zarur. Mu-
rabbiylarimizning ayblari shundaki, ular futbolchilarni xuddi Men-
deleyevning elementlar davriy sistemasiga o‘xshatib, joy-joylariga
qo‘yishmadi. Shunday qilinmagani natijasida o‘yinchilar jipsla shib
o‘ynolmadi va yetarli reaksiyaga kirisha olishmadi”. Shu orada
jim o‘tirgan geografiya fani domlamiz chetda turishni istamadilar,
chog‘i, davraga qo‘shildilar. O‘zi u kishining sportga unchalik toblari
yo‘qroq. Shunday bo‘lsa-da, buni sira bilintirmadilar: “Bu Bahrayn
deganlari o‘zi do‘ppiday mitti davlatcha. Yer maydoni biznikidan
naq 639 baravar kichik. Ko‘pchilik aytganidek, UEFAga o‘tish kerak.
Zepp Blatter O‘zbekistonga Yevropada nima bor, debdimi? To‘g‘ri,
26
Do'stlaringiz bilan baham: |